O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.10.2019

TIL MILLATNING DUNYoDA BORLIGINI KORSATADURGON OYINAI HAYoTI

Millatning taraqqiyot darajasi milliy tilning xalqaro miqyosdagi nufuziga ko‘ra belgilanadi. Til bunday mavqega erishmogi uchun uning rivojiga davlat siyosati maqomida e’tibor korsatilmogi zarur. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 4 oktabr kuni «Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganining ottiz yilligini keng nishonlash togrisida tarixiy qaror imzolangani ona tilimiz ravnaqiga yuksak etiborning yana bir yorqin ifodasidir.

Bugun Ozbekiston taraqqiyotning yangi bosqichi — bolgan milliy yuksalish davriga qadam qoyayotir. Bu esa, milliy til rivojiga ana shu miqyosdagi yondashuvni taqozo etadi. Til ravnaqining asosiy omillari, bizningcha, quyidagilardir:

1) ona tili taqdiri uchun kuyinish hissi millatning har bir vakili qalbiga kochishi;

2) til ilmining milliy negizda rivojlanishi;

3) zamonaviy texnika-texnologiyalar va tilning ozaro teng tasir asosida taraqqiy etishi;

4) milliy adabiy tilda yaratilgan adabiyotning ravnaqi.

Mabodo mazkur omillardan birortasi mavjud bolmasa ham, tilning rivoji haqidagi gaplar gapligicha qolishi ehtimolga yaqin. Biz mustaqil taraqqiyotning yigirma toqqizinchi yilidamiz. Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga esa, roppa-rosa ottiz yil tolyapti. Bu juda katta muhlat bolmasa-da, kichik ham emas. Yutuqlar ozimizniki. Shu bois asosan kamchiliklarimiz haqida, bajarilishi benihoya zarur bolgan vazifalar haqida soz yuritmoqchimiz. Zero, oynaga qarashdan maqsad – oz-oziga mahliyo bolmoq emas, nuqsni aniqlash va tuzatishdir.

Ona tili taqdiri uchun kuyinish hissi u xoh tilshunos olim, biror soha rahbari yoki muallim bolsin, xoh oddiy dehqon, tijoratchi yoki muhandis bolsin millatning har bir vakili qalbiga kochmas ekan, tilning ravnaqi haqida gapirish mahol. Shukrki, kuyinayotgan olimlarimiz, ziyolilarimiz, oddiy vatandoshlarimiz bor. Eshqobil Shukurning Bobo soz izidan kitobi, shoiru adiblarimiz, ziyolilarimizning matbuotdagi, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari buning yorqin misoli. Lekin kuyinchaklar va loqaydlar nisbatiga etibor qaratilsa, ahvol u qadar quvonarli emasligi ayon boladi. Aks holda reklamalar tili bu qadar achinarli bolmas edi. Dori reklama qilinmoqda: Bu dori ich ogrigidan, unisi tish ogrigidan samarali vosita (Takid bizniki N.J.). Samimiyatdan yiroq, ozga til qolipida yasalgan sozlarning bunday yigindisi, ming afsuski, milliy ruhdan yiroqlashilayotganidan darak. Aks holda Mana bu dori dardingizga malham boladi. Unisi dardingizni oladi singari tinglovchining ongiga ham, kongliga ham yaqin tasirchan sozlardan foydalanilmasmi edi...

Shaharlarimizda aholiga xizmat qilayotgan avtobuslar havas qilarli. Orindiqlari ohorli, yolning tanobini tortadi bu juda yaxshi. Kotarinki kayfiyatda chiqish eshigiga yaqinlashasiz. Mana bu bitikni korganingizda esa dilingiz xufton boladi: Halokat bolgasi. Halokat sodir bolganda, yon oynalar halokat bolgasi yordamida sindiriladi!. Hoy, nafasing issiq bolgur, halokat sozi qanday mano anglatishini nahot bilmasang! Halokat sodir bolganda... odamning ruhi tanasini tark etadi. Nahotki, yaxshi niyatda Qutulish bolgasi yoki Najot bolgasi deb atash mumkin bolmasa?!

Bunday misollarni sanoqsiz keltirish mumkin. Poytaxtdan tortib barcha yirik shaharlarimizda kocha lavhalari ajnabiy tillarda yozilishiga allaqachon konikib bolganimiz... Nazarimizda, buyuk millatparvar bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy qariyb olti yuz yil naridan: Tilga ixtiyorsiz elga etiborsiz deya biz avlodlarga tanali nigohlarini tikib turgandek...

Bugungi kunda atamashunoslik (tilshunoslar tabirida terminologiya) oqsab qoldi. Tadbirkorlar, xususiy va qoshma korxonalar, nodavlat tashkilotlar nom qoyishda, reklamalarda biror mutaxassis bilan maslahatlashmay, ozlari xohlagancha yol tutyapti. Xalqimizning sevikli shoiri, Ozbekiston Qahramoni Erkin Vohidov aynan atamalarni tartibga solish zaruriyati haqida mana bunday yozgan edi: Keyingi sherlarimda ona tilimiz togrisida yozganlarim Marokash safarida tugildi, desam koplar ajablanishi mumkin. Munosabat haqiqatan ham uzoq. Lekin gap shundaki, Marokashdagi Arab tili markazini korib, u yerlik olimlar arab tilini chuqur organish, uni yangi atamalar bilan butun dunyoda targib qilish borasida shunday ishlar qilishmoqdaki, ochigini aytganda, ozbek tilshunoslaridan xafa bolib ketasan kishi. Bu markazda vaqt-vaqti bilan barcha arab mamlakatlaridan tilshunos olimlar yigilib, dunyo tillarida yangi paydo bolgan atamalarni arab tilida qanday ifoda qilish ustida, umuman turli tillar bilan arab tilining ozaro aloqalari xususida ilmiy kengash otkazadilar. Ijtimoiy terminlarga ham, ilmiy-texnik terminlarga ham ekvivalent topadilar. Bizning tilshunoslik markazimiz nima bilan shugullanadi, Xudoning ozi biladi... Tilga etibor elga etibor deymiz-u hech birimiz tilimiz imkoniyatlaridan tolaroq foydalanishni oylamaymiz...

Bizningcha, fan-texnika va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi kunda hayotimizga kirib kelayotgan har bir atamani ona tilimiz tabiatiga mos tarzda qabul kilish, atamalarni muvofiqlashtirish uchun ushbu masalada vakolatli davlat muassasasi faoliyatini yolga qoyish zarurati bor.

Til chin manoda taraqqiy etishi uchun tilshunoslik milliy negizda rivojlanmogi zarur. Afsuski, bu borada ham maqtanarli ahvolda emasmiz. Bugun tilshunoslikda komputer lingvistikasi degan alohida ilmiy yonalish paydo boldi. Shakllanishi va rivojlanishi tola manoda milliy mustaqilligimiz bilan bogliq bolgan ozbek substansial tilshunosligi borasida muayyan yutuqlar qolga kiritilmoqda. Shu yonalish zaminida yuzaga kelayotgan gradual lingvistika boyicha tadqiqotlar olib borilayotir. Ozbek zaminida shakllangan bu tilshunoslik natijalaridan Garb mamlakatlarida, xususan, Germaniyada zamonaviy WortShatz internet lugatlarini tuzishda keng foydalanilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu tilshunoslik yutuqlarini ilmga joriy etish dunyo miqyosida tom manodagi yangi milliy ozbek tilshunosligi shakllanishi uchun zamin yaratadi.

Bundan tashqari, tilshunoslik va sotsiologiya kesishuvida yuzaga kelgan sotsiolingvistika, psixologiya va tilshunoslik sintezida maydonga chiqayotgan psixolingvistika tobora rivojlanayotir. Tilshunoslik va tabiiy fanlar degan alohida ilmiy yonalish shakllandi va u fan sifatida oqitilmoqda. Tilshunoslik va meditsina, jumladan, psixoterapiya va notiqlik sanati, shuningdek, tilshunoslik va psixiatriya, yani turli ruhiy kasallik holatidagi nutqiy xususiyatlar masalalarini tadqiq qilish; matematik metodlarning tilshunoslikka otishi, boshqacha aytganda, ehtimollik nazariyasi va statistik metoddan foydalanish muammolarini ana shu fan organadi. Bundan tashqari, lingvogeografiya, yani tilshunoslik va kartografiya, shevashunoslik hamda areal lingvistika masalalari ham shular jumlasidandir.

Bular yutuqlarimiz. Ular shubhasiz ozimizniki. Biroq... Modomiki ona tilimiz mavqei hozirgidan ham yuksalishini xohlar ekanmiz, kamchiliklarimizni ham etirof etishimiz kerak. Ularni tuzatish choralarini kormogimiz zarur. Men tilshunoslikning jamiyat rivojiga tasirini nazarda tutyapman. Bugun goyo Tilshunoslik tilshunoslik uchun degan qoida amal qilayotgandek tasavvur uygonadi. Vaholanki, tilshunoslik va ijtimoiy voqelik ozaro mutanosiblikda, ozaro tasir asosida rivojlanishi sir emas. Xosh, tilshunoslikning ilmiy natijalari bugungi kunda oquv jarayonidan boshqa (aslida, bu borada ham muammolar yetarli) qaysi jabhaga faol tatbiq etilyapti?

Tahlillar shuni korsatadiki, bugun filologiya sohasida eng kop dissertatsiyalar zamonaviy tilshunoslik muammolari boyicha himoya qilinyapti. Lekin ularning amaliyotga tatbigi qoniqarlimi? Taassufki, bu savolga beriladigan javob biz kutgan darajada ijobiy emas. Ozbek tilshunosligi boyicha himoya qilinayotgan dissertatsiyalarni ozbek tiliga tarjima qilish zarurati paydo bolyapti. Aksar hollarda ingliz, nemis va hokazo xalqlar tilshunoslarining tadqiqotlaridagi nazariy qarashlar hech bir ozgarishsiz olinib, ozbek tilidagi misollar bilan toldirilyapti hamda buning uchun ilmiy daraja talab qilinyapti. Boshqacha aytganda, millatning ruhi bolgan milliy tilshunoslik uni vositai joh etganlarning kasriga tanazzulga yuz tutyapti. Ayrim tilshunoslarimiz esa avholni onglash uchun harakat qilish orniga sohaning reanimatsiyaga tushgani haqida bong urishdan nariga otmayapti.

Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bugungi kunda jahon miqyosida kechayotgan integratsiya va globallashuv jarayonida ozbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqish bilan bogliq. Buning uchun ozbek tilining axborot (kompyuter) uslubini yaratish zarur. Chunki sanalgan barcha muammolarning yechimi shunga bogliq. Zero, jahon andozalari talablariga javob beruvchi, har tomonlama mukammal, qulay va ommabop axborot (kompyuter) uslubi yaratilganidan songgina boshqa muammolarni hal qilish mumkin boladi.

Bir necha yil muqaddam Dunyoviy ozbek tili kitobi bosmadan chiqqan edi. Unda ozbek tilidagi birgina ishlamoq felining taxminan yuz ming shakli (leksik grammatik paradigmalari) rus va ingliz tillariga ogirilgan. Ingliz tilida esa bu felning bor yogi 100 ta shakli borligi malum. Mana sizga qiyos:
100 000 ta va 100 ta.

Til, ulug marifatparvar Abdulla Avloniy tariflaganidek: Millatning dunyoda borligini korsatadurgon oyinai hayoti. Millatning yuzi bolgan oynani doglardan pok tutish har birimizning burchimizdir. Zero, ozini hurmat qilgan, ertangi kuni yorug va nurli bolishini, xalqaro miqyosda oz sozini aytishni istagan har bir millat til taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat bermogi shart va zarurdir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev imzolagan tarixiy qarorni oqiganda ona tilimiz taqdiri, taraqqiyoti bilan bogliq ana shu fikrlar xayolimdan otdi.

Nurboy JABBOROV,

filologiya fanlari doktori, professor


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: