O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.10.2019

SAYLOVOLDI TAShVIQOTINI OLIB BORISh TARTIBI YaNADA TAKOMILLAShTIRILDI

Saylovoldi tashviqoti – bu saylov kampaniyasining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bir oydan ortiq vaqt davom etadi. Ya’ni saylovga 35 kun qolganida boshlanib, bir kun qolganda toxtatiladi. Aynan saylovoldi tashviqoti davrida siyosiy partiyalar va nomzodlar saylovchining ovozi uchun kurash maydoniga chiqib, ozaro raqobat qiladi. Yakunda saylovchilar qaysi partiya va nomzodga ovoz berish togrisida uzil-kesil bir toxtamga keladi.

Shuni inobatga olgan holda yangi tasdiqlangan “Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi togrisida”gi Nizomning avvalgi saylovlarda qabul qilinganlaridan farqi bor.

Xususan, avvalgi nizomlar bilan faqatgina Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti olib borish tartibi belgilangan edi. Endilikda yangi nizom loyihasida mahalliy Kengashlarga deputatlikka nomzodlar tomonidan ham saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi belgilandi.

Saylovoldi tashviqoti otkazilayotganda deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga bir xil hajmdagi efir vaqti va chop etish maydoni bepul taqdim etilishi orqali ularga davlat OAVdan foydalanishda teng imkoniyat beriladi. Bepul efir vaqtidan siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervyu, chiqishlar, saylovchilar yigilishlari, nomzod togrisida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.

Shuningdek, siyosiy partiyalarning sorovlariga asosan saylovoldi tashviqoti boshlanmasdan turib, saylov kampaniyasi davrida umumpartiyaviy tashviqot-targibot tadbirlari uchun siyosiy partiyalarning oz mablaglarini ishlatish masalalariga aniqlik kiritilmoqda. Yani caylovoldi tashviqoti boshlangunga qadar siyosiy partiyalar ozining dasturi, saylovoldi platformasi togrisida tushuntirish va targibot ishlarini oz mablaglari hisobidan, homiylik mablaglaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda eng muhim shart hali deputatlikka nomzodlar royxatga olinmagani sababli, siyosiy partiyani yoki uning deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga davat etish yoki chaqirish mumkin emas.

OAVda, jumladan, hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Yana bir muhim yangiliklardan biri, avvalgi saylov qonunchiligimizda bino-inshootlar va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoyilardi. Mazkur qoida Saylov kodeksidan chiqarib tashlangani sababli, nizom loyihasida saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida olib qoyilishi majburiy hisoblanmaydigan boldi.

Deputatlikka nomzodlarga va ularning ishonchli vakillariga saylovoldi tashviqotini olib borishda saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish uchun teng sharoitlar beriladi. Ushbu jarayonlar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan mustaqil ravishda otkaziladi. Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli boladi.

Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik kabi umumetirof etilgan demokratik tamoyillarga muvofiq otkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Markaziy saylov komissiyasi oz faoliyatida mazkur masalalarga doim alohida etibor qaratib keladi. Ular aholining siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi ishtirokini kengaytirishga faol yordam bermoqda.

Mahmud ISTAMOV,

Ozbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining

raisi orinbosari.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: