O'zb  
 
01.10.2019

Har bir illatga qarshi

birgalikda kurashamiz

Inson dunyoga kelibdiki, erkin va baxtli umr kechirish uchun intiladi, kurashadi. Lekin baxt avvalo salomatligimizga bog‘liqligini har doim ham oylamaymiz. Kasallikka chalinmasdan sogligimiz haqida qaygurmaymiz, dardning oldini olish choralarini kormaymiz. Ayniqsa, yaqin qarindoshi bilan quda-anda tutinganlar farzandlari baxtini oylashmayapti, bolajak nabiralari taqdiriga qaygurishmayapti. Buning oqibatida afsuslanib, qolayotganlar oz emas. Shunga qaramasdan qarindoshlar ortasidagi nikohlar soni kamaymayapti.

Ozbekiston XDP Toshkent tuman kengashi tashabbusi bilan 2-nazorati kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi tibbiyot xodimlari bilan otkazilgan davra suhbatida soglom turmush tarzini qollab-quvvatlash, jismoniy faollikni oshirish, togri ovqatlanish kabi masalalar keng muhokama qilindi. Qaror ogir kasalliklarning kelib chiqish sabablari qarindoshlar ortasidagi nikohning oqibati ekaniga alohida e’tibor qaratishdi.

Takidlandiki, inson organizmida turli irsiy kasalliklar avloddan avloda kochib yuradi. Tanadagi retsessiv genlar, yani faol bolmagan genlar bir necha avlodda ozini oshkor qilmasligi mumkin. Biroq qarindoshlar oila qurganda, ikkita faol bolmagan gen birlashib, bitta faol kasallikni keltirib chiqarish xavfi yuqori boladi. Kop hollarda kasallik yashirin korinishda bolib, qizlardagi gormonal ozgarishlar vaqtida ozini oshkor qiladi. Ayniqsa, ruhiy xastalikning yengil turlari songgi vaqtlarda kop kuzatilmoqda. Buning oldini olishda esa hamma birdek masuliyatni his qilishi va oz bolasini ana shunday xavfdan asrashi lozim.

Davra suhbatida atroflicha muhokama qilingan yana bir mavzu — odam savdosiga qarshi kurashish muammosi va uning yechimlari boldi. Insonning huquq va erkinliklarini poymol qilayotgan bu illat dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelmoqda. Mazkur jinoyatga qarshi kurashish xalqaro miqyosda olib borilmoqda. Biroq uni yoq qilishga erishilganicha yoq.

Odam savdosi girdobiga tushib qolayotganlarning aksariyati ayollar va voyaga yetmaganlar ekani kop takidlanishiga qaramay, xotin-qizlar bu muammoga etiborsizlik qilmoqda, dedi xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi A.Majidov. Siz bilan bizning vazifamiz ularni ogoh qilish, xushyorlikka, sergaklikka chaqirishdan iborat. Bunda mahalla faollari, oqituvchilar, partiyamizning faxriy azolari kuchi va imkoniyatlaridan keng foydalanishimiz zarur. Shuningdek, sohada qabul qilingan xalqaro hujjatlar, milliy qonunchilik ijrosi dolzarb ahamiyatga ega ekanini hamisha yodda tutishimiz lozim. Aks holda odamlarning ongiga, yuragiga yetib borish qiyin. Xususan, bu borada 2008 yil 17 aprelda «Odam savdosiga qarshi kurashish togrisida»gi qonun qabul qilingan. Unda odam savdosiga qarshi kurashish bilan bogliq munosabatlarni tartibga solish belgilangan. Asosiysi, qonun ushbu illat domiga tushib, undan jabrlanganlarga ijtimoiy yordam korsatishda muhim huquqiy asos vazifasini bajarib kelmoqda. Biz kelgusida odam savdosi jabrdiydalarining sonini kamaytirish yuzasidan keng kolamli tushuntirish-targibot ishlarini olib boramiz. Buning uchun faqat kichik davra suhbatlarida otirib, nutq sozlash usulidan voz kechishimiz shart.

Yigilishda viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi N.Abdullayev ishtirok etib, yigilish kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirdi.

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Ozbekiston vovzi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: