O'zb  
 
01.10.2019

103 kishiga moddiy yordam berildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash partiyamizning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda mamlakatimiz boylab «Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz» loyihasi doirasida aksiya otkazilmoqda.

Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat va Denov tuman kengashlari tashabbusi bilan yaqinda Denov tumandagi Obodon va Qoraxon mahallalarida ana shunday tadbirlar tashkil qilindi. Aksiya doirasida ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga sovgalar topshirildi.

— Joriy yilning otgan davrida mahalla va qishloqlarda 80 ga yaqin uchrashuv tashkil qilindi, deydi Ozbekiston XDP Denov tuman kengashi raisi Hasan Mirzayev. Muloqotlarda aholini ish bilan ta’minlash, kredit olishdagi muammolar tibbiy xizmat sifati, gaz balonlari yetishmasligi, ichki yollarni tamirlash va boshqa masalalar qiynayotgani aniqlandi. Qisqa davrda 40 dan ortiq muammo bartaraf qilindi.

Shuningdek, elektoratimiz vakillarining turmush darajasini yaxshilash ham nazardan chetda qolayotgani yoq. Sakkiz oyda 103 kishiga moddiy yordam berilgan bolsa, 50 ga yaqin xotin-qiz va yoshlarning bandligi taminlandi. Bunday xayrli va ezgu ishlarni muntazam davom ettirish kozda tutilgan.

Abdumalik HAYDAROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: