O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.09.2019

AVTOMOBILLAR ODAMLARGA XALAQIT BERYAPTI

Muammoni qanday hal etish mumkin?

Yurtimizda avtotransport vositalari soni tez sur’atlarda ortib borayotgani qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Birinchidan, yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelib, harakatlanish qiyinlashayotgan bolsa, boshqa tomondan, avtomashinalarni saqlash jiddiy masalaga aylanmoqda. Aholi punktlari, mahalla va turar-joylarda, shu jumladan, bozor, ishxona hamda boshqa obektlar atrofida maxsus avtoturargohlar yoqligi tufayli odamlar avtoulovlarini piyodalar yolaklarida, kop qavatli uylarning kirish va chiqish joylarida pala-partish va qoidaga zid ravishda qoyib ketishga majbur bolmoqda.

Mamlakatimizda avtomobil zavodi faoliyat boshlagan dastlabki yillarda yiliga 25 300 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bolsa, hozirgi kunda “UZAUTO MOTORS”da yiliga 250 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarilmoqda. Yaqin kelajakda bu korsatkich yanada ortib, Ozbekiston avtotransport sanoati rivojlangan Germaniya, Amerika, Angliya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlar qatoriga kirishi kutilmoqda.

Avtomashinalarni saqlash tizimidagi muammolar butun dunyoda jiddiy tashvish tugdirmoqda. Bu masalani rivojlangan davlatlar misolida korib chiqamiz.

Xalqaro tajriba: avtomobil eng kop bolgan mamlakat — Amerikada parkovka masalasi otgan asrning 30-yillaridayoq kotarilgan. Oshanda avtoulovlarni saqlashga joy qolmagandan keyin yer osti avtotoxtash majmualari joriy qilina boshlangan. Ayni paytda AQShda eng kop tarqalgan parkinglar – bir necha yarusli, kop qavatli binolarga oxshash, devorsiz va tomsiz, maxsus liftga ega bolgan inshootlardir. Bunday avtoturargohga mashina avtomatik tarzda joylashtiriladi. Kopgina yirik shaharlarda odamlar avtoulovini shunchaki yol chetida, aholi istiqomat qiluvi hududda yoki piyodalar yolkalarida qoldirib ketmaydi. Chunki ular buning oqibatida katta miqdorda jarimaga tortilishi yoki shaxsiy avtoulovini tegishli mutasaddi tashkilotlar evakuator bilan olib ketishini bilishadi.

Amerikadagi avtomatlashtirilgan turargohlarning afzalligi shundanki, ular turar joy va xizmat binolariga yaqin hududda joylashgan, inshootda yoritish tizimi, ventilyatsiya, lift, zinapoya, favqulodda holatlarda chiqish yollari va qoriqlash xizmatiga ehtiyoj yoq. Ishlash prinsipi juda oddiy: pul tolab, kvitansiya olingandan song avtomashina platformaga yuboriladi va avtomatik tarzda maxsus yacheykaga joylashtiriladi. Avtoulovni joylashtirish va qaytarib olish 2 daqiqa vaqt oladi. Kop qavatli mexanik avtoturargohlar 250 tagacha avtomashinani sigdira oladi. Masalan, Italiyada shunday avtomatlashtirilgan avtoturargoh borki, uning diametri 30 metrni tashkil qiladi. Mashina maxsus manipulyator yordamida bosh yacheykaga joylashtiriladi. Ammo bu loyiha katta mablag talab etadi.

Niderlandiyada aksariyat aholi qulay velosipedlarda harakatlanadi. Qolaversa, davlat shunchaki yer osti avtoturargohi emas, balki ozida avtomashinalarni yuvish shoxobchasi, avtodokon, sport zallari, basseyn va kinoteatrlarni jamlagan yer osti avto saqlash shaharchasini barpo etish loyihasini tasdiqladi. Loyihani bajarish uchun 10 milliard yevro va 20 yil vaqt talab qilinadi.

Londonda esa markaziy hududga shaxsiy avtotransport vositasida kirish juda qimmatga tushadi, avtomobil saqlash joylari uchun tolov ham nisbatan baland.

Yevropa, Amerika va Janubiy Koreyada avtomobil vositalarini saqlash joylari shahar chetida, metro stansiyalari yonida joylashtirilgan bolib, ertalab va kun davomida shaxsiy avtomashinalarni shu kabi joyda qoldirib, shahar ichida metroda yoki jamoat transportida harakatlanishadi.

Germaniyada shaxsiy avtoulovni xonadon ayvonida saqlash tizimini yolga qoyishgan. Bu uylar 6 qavatdan iborat bolib, har bir qavatda 2 ta xonadon joylashgan. Avtomashinani tepaga kotarish uchun maxsus liftlar ornatilgan.

Bu kabi ilgor va zamonaviy loyihalar yaqin kelajakda mamlakatimizning yirik shaharlarida ham qurilishiga ishonamiz.

Muammoning yechimi: Afsuski, bugun yirik shaharlarimizda avtotoxtash joylari yetishmasligi tufayli yol harakati qoidalarini buzmay turib, mashinani parkovka qilish qiyin. Avtoturargohlar qoriqlanadi va ularda bosh orinlar topish doim muammo. Buning oqibatida aholi yashash joylari, kokalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar oyingohlari va piyodalar yolkalarida qoidaga xilof ravishda, pala-partish joylashtirilgan avtomashinalarga kop kozimiz tushadi. Bu aholi, jumladan, keksalar, nogironlar, bolalar va yosh bolali ayollarning yurishi, sayr qilishi uchun noqulay sharoitni yuzaga keltirmoqda.

Ayniqsa, kop qavatli uylar atrofida mashinalar kopayib ketgani bolalar oyin maydonchalarida ogil-qizlarning sport bilan shugullanishi, oynashiga salbiy tasir etib, ularning xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Bu muammolarni hal etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi Kodeksining 128-moddasiga qoshimcha kiritish haqida oylab korish kerak, deb oylayman.

Boymurod YUSUPOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim boshligi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: