O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.01.2013

AYOL SOGLOM BOLSA, OILA MUSTAHKAM VA OBOD BOLADI

Nazira Matyoqubova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

Prezidentimiz Konstitutsiyamizning 20 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida obod turmushning muhim shartlaridan biri inson salomatligini mustahkamlash ekanini alohida takidladi.

Demak, joriy yilda xalqimiz salomatligini himoyalash, buning uchun sogliqni saqlash tizimini eng zamonaviy davolash vositalari, texnika va texnologiyalar bilan taminlash, profilaktika, yani kasalliklarning oldini olish ishlarini yanada kuchaytirish, bu sohada fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va masuliyatli mehnatini moddiy va manaviy ragbatlantirish kozda tutilmoqda.

Ijtimoiy himoya kafolatlari mustahkamlanishi bilan bevosita bogliq bu masalalar Ozbekiston Xalq demoratik partiyasi elektorati manfaatlariga tola mos keladi.

Malumki, mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish tizimini isloh etish va modernizatsiya qilish borasida keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Bunda asosiy etibor millat genofondini asrash, umr korish davomiyligi va turmush darajasini oshirish, soglom avlodni dunyoga keltirish hamda tarbiyalash uchun munosib shart-sharoit yaratishga qaratilayapti. Shuningdek, soglom oilani shakllantirish, aholining irsiy kasalliklarga chalinish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Shuni takidlash lozimki, ana shu islohotlarning negizida inson salomatligini himoya qilish boyicha qonunchilik bazasini mustahkamlashga jiddiy etibor qaratilmoqda. Bugungi kunda «Fuqarolar sogligini saqlash togrisida»gi, Davlat sanitariya nazorati togrisidagi, Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish togrisidagi, Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish togrisidagi, Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi togrisidagi va boshqa qonunlar soha rivojiga, huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish togrisidagi, Silning oldini olish va uni davolashga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunlar loyihalari muhokama etilmoqda.

Mazkur qonun loyihalarida bu kasalliklarning oldini olish va davolashga doir chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan.

Oz navbatida takidlash lozimki, bugungi kunda tibbiyot sohasidagi keng kolamli islohotlar, xususan, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar, ayniqsa, olis qishloq joylarida ham oz natijalarini bermoqda.

Obod turmush yilida mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan ayollar salomatligini muhofaza qilish, bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishda OzXDP tashkilotlarining ishtirokini kuchaytirish zarur. Bu – elektorat manfaatlarini himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tibbiyot sohasiga oid qonunchilik boyicha elektorat vakillari va partiyamiz azolarining bilimini mustahkamlash, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar orasida tushuntirish-targibot ishlarini kuchaytirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuningdek, sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini, mamlakatimizning chekka hududlarida ayollar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni organish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, joylarda sifatli tibbiy xizmat korsatish bilan bogliq muammolarni hal qilishga komaklashish partiya tashkilotlarimiz, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlarimiz zimmasiga alohida masuliyat yuklaydi.

Yana bir ahamiyatli jihat shundaki, bu jarayonda fuqarolar sogligini saqlashga oid qonun hujjatlari ijrosidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularni yanada takomillashtirish boyicha keng jamoatchilikning fikr-mulohaza va takliflarini organish imkoni yuzaga keladi.

Joylarda bolganimizda xotin-qizlarda uchrayotgan kasalliklarning sabablari ayrim hollarda ularning tibbiy savodxonligi yetarli emasligida ekaniga guvoh bolamiz.

Shu bois joriy yilda aholi ortasida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni izchil yolga qoyish lozim. Bu ishlarda OzXDP mahalliy tashkilotlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari, boshlangich tashkilotlarning faolligini yanada oshirish, shu maqsadda ijtimoiy sherikchilik asosidagi munosabatlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshi biladi. Fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat korsatish, xususan, pulli va bepul tibbiy xizmatlar korsatish qanday yolga qoyilgani va boshqa masalalarni joyida, chuqur organishadi.

Obod turmush yilida aholi salomatligini mustahkamlash, olis qishloq joylarda xotin-qizlar uchun soglom turmush tarzini yaratish ishlariga komaklashishda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari, Faol ayollar qanoti va albatta fraksiyamiz tegishli tashkilotlar, ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishi talab etiladi. Zero, xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza qilish, barcha sohada ular uchun munosib sharoit yaratish hayotimiz obodligining muhim shartidir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: