O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

BILASIZMI?

O‘QITUVCHILAR TIBBIY KORIKDAN OTISH UCHUN PUL TOLAYDILARMI?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga talim yoki tarbiya berish bilan mashgul bolgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy korikdan otkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy koriklardan otishdan boyin tovlashga haqli emas.

Tibbiy korikdan otish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek, tibbiy koriklarni otkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va ortacha oylik ish haqi saqlanadi.

FUQAROLIK PASPORTI OGIRLANGANDA QAYERGA MUROJAAT QILISH KERAK?

Pasport ogirlangan holda fuqaro bu haqda ariza bilan jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organiga murojaat qiladi.

Bunday ariza qabul qilingani haqida fuqaroga malumotnoma beriladi va u mamuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Jazoni ijro etish muassasasida jazoni otab chiqqan va tabiiy ofatlar oqibatida pasporti yoqolgani togrisida ariza bilan murojaat etgan va ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham mamuriy javobgarlikka tortilmaydi.

MAKTABLARDA SINFLARDAGI OQUVCHILAR SONI 35 NAFARDAN ORTIB KETISHIGA YOL QOYILMAYDI

Namunaviy loyihalar boyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oquvchilar soni yetarli bolmagan maktablarda, olis (togli, cholli) aholi punktlarida joylashgan maktablarda, shuningdek, ozbek tilida oqitilmaydigan maktablarda oquvchilar soni sinflarni toldirishning oziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Oquvchi kam bolgan maktablarda (filiallarda) boshlangich sinf oquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

— oquvchilar soni 8 nafargacha bolgan I IV sinflar;

oquvchilar soni 12 nafargacha bolgan uchta boshlangich sinf;

oquvchilar soni 24 nafargacha bolgan ikkita boshlangich sinf (I va III, II va IV sinflar).

XODIMNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISHGA YOL QOYILADIMI?

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga kora amalga oshirilishi mumkin.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin:

belgilangan soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni undirish uchun;

sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

oldindan berilgan maqsadli pullar (masalan, xizmat safarlari uchun berilgan va ishlatilmay qolingan avans) boyicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha tolangan summani qaytarib olish uchun;

mehnat tatili boyicha hisob-kitob qilish uchun;

xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;

intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimning ish haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim. Ushbu cheklov aliment majburiyatlari boyicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: