O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

HAQIQAT EGILADI, BUKILADI, AMMO SINMAYDI

«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 2019 yil 13 avgust sonida Toshtemir Xudoyqulovning Tadbirkor oz haq-huquqini talab qilayapti, Namangan shahar hokimligi nimani istaydi? sarlavhali hamda Nurulloh Dostonning Maqolani oqidingizmi?.. sarlavhali maqolasini oqib chiqib, haqiqat bor ekan-ku, deya tolqinlanib ketdim. Bunga sabab Prezidentimizning insonparvar siyosatini qollab-quvvatlovchi ijodkorlarning borligidan xursand boldim. Men Prezidentimizning har bir nutqini kuzatib boraman, xalqimiz bugun yaxshi yashashi kerakligini qayta-qayta ta’kidlayotganidan hammamiz xabardormiz va bu fikrni qollab-quvvatlaymiz.

Shuningdek, joylardagi rahbarlarga xalqni rozi qilish, ularning muammosini joyida hal etish lozimligini doimo uqtirib keladi. Ammo bazi rahbarlar mening aytganim boladi, deb kongli tusagan ishni qilayotganini korib, bilib turibmiz.

Birinchi maqolada keltirilishicha, Namangan shahar hokimligi tadbirkorning qonuniy haqqini tan olgisi kelmasdan, yoq joydan muammo yaratmoqda. Ikkinchi maqolada esa bir yolgiz ayolning uy-joyi noqonuniy qurilgan deb, buzib tashlanganiga Andijon viloyat hokimligi befarq qarab kelayotganiga munosabat bildirilgan. Meni juda xursand etgan jihati tahririyat jurnalistlari bu yolgiz ayolni himoya qilib uchinchi bor maqola bergani boldi.

Oylanib qolasan, jurnalistlar uchinchi bor maqola elon qilmoqda, tuman hamda viloyat rahbarlari esa bir yolgiz ayolning muammosini hal etib berishni unchalik istashmayotganga oxshaydi. Prezidentimiz inson haq-huquqi va uning manfaati har narsadan ustun turishini katta-katta minbarlardan turib gapirmoqda. Buning ijrosini taminlashda joylardagi rahbarlar sustkashlikka yol qoyayotgani achinarli holdir. Bugun jurnalistlar joylardagi kamchiliklarni roy-rost matbuotga olib chiqmoqda. Bu bilan qanchalab nohaqlikka uchrayotgan odamlarning ogirini yengil qilishga harakat qilinmoqda. Ammo masul amaldorlar muammoning yechimi topilishiga tosqinlik qilayotgandek, nazarimda.

Biz bugun korrupsiyaga qarshi kurashishga jiddiy kirishganimizni hamma joyda elon qilmoqdamiz. Ammo bunga mansabdorlar qanchalik darajada amal qilmoqda? Bu ikki maqolada kotarilgan masalalar nimaga ozining ijobiy yechimini topishi qiyinlashmoqda. Balkim, bunga ham korrupsiya yoki tanish-bilishchilik aralashayotgandir?..

Zotan, bu korrupsiya degan illat har qanday davlatning ichki dushmani hisoblanadi. Hattoki, tashqi dushmandan ham dahshatliroq qudratga egadir. Ularga qarshi kurashish uchun butun matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari birgalashib, bir yoqadan bosh chiqarib, ozlarining tahliliy, tanqidiy maqolalari bilan kurashishlari lozimga oxshaydi. Men bugun ushbu ikki maqolani Haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi, deb bekorga nomlamadim, bugun bolmasa, ertaga albatta haqiqat qaror topishiga ishonganim uchun shunday nomladim.

Har holda, bizni yaratgan Alloh taolo bunday nohaqliklarni korib, bilib turibdi. Shu sababli har kim oz mansabidan foydalanib, nohaqliklarga yol qoyayotgan bolsa, buning jazosi muqarrardir.

Bir soz bilan aytganda, Ozbekiston ovozi gazetasining muxbirlari joylardagi kamchiliklarni roy-rost yoritayotganidan mamnun boldim. Kamchiliklarni oshkor qilishdan maqsad ularni bartaraf etish, odamlarning ogirini yengil qilishdir. Amaldorlar buni togri tushunishsa, nur ustiga nur bolardi.

Haqnazar ABDURAHMONOV,

pensioner.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: