O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

SIZ BILAN ADVOKATIM GAPLASHADI...

Keyingi yillarda fuqarolarimizning advokatga murojaati an’anaga aylana boshladi.

Odamlarimiz o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun advokat xizmatidan foydalanishga organishmoqda. Xosh, himoya instituti, deb atalmish advokaturaning qonuniy asoslari yetarlimi, uning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi orni qanday bolmoqda?

Muxbirimiz ana shu mavzuda Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bolim boshligi Amrullo AHMEDOV bilan suhbatlashdi.

— Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan taminlanishi, tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan, dedi biz bilan suhbatda Amrullo Ahmedov. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat korsatishi belgilab qoyilgan. Bu qoidalar Ozbekiston Respublikasi JPKda ham mustahkamlab qoyilgan. Avvalambor qonunni hurmat qilgan xodim gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan bevosita ishlash jarayonida undan advokati bor bolsa, uni taklif qilish huquqiga ega ekanligini yoki unga himoya huquqi taminlab berilganidan keyingina u bilan muloqotga kirishishi lozim. Aks holda qonunchilikda belgilab qoyilgan bir qator qonunbuzilish holatlariga yol qoyilishi oqibatida shaxsning himoyaga bolgan huquqlari paymol bolishiga va u bilan bogliq otkazilgan barcha protsessual harakatlar noqonuniy hisoblanishiga olib keladi.

Gumon qilingan, ushlab turilgan, ayblanayotgan, sudlanayotgan shaxsga tergov va sud jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari advokatga ruhiy bosim yoki jismoniy tasir etish holatlari uchrayaptimi? Advokatlar ishiga aralashish holatlari bormi? Chunki bundan oldin gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qonunsiz harakatlar oz emasdi.

Hozir bunga zoravonliklarga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida bu masalada bizga himoyamizdagi shaxslardan shikoyat bolmayapti. Murojaatlar tahlili esa shuni korsatayaptiki, advokatga ishonch bildiruvchi shaxslar soni ortib borayapti. Buning sababi shundaki, ilgari fuqarolar oz muammolarini hal qilish uchun turli sud-huquq tizimi idoralariga ozlari murojaat qilib, juda kop vaqti va asabini ketkazgan. Endi odamlar advokatga murojaat qilish lozimligini biladi. Davlat ayblovchi bilan advokat tengligi amalda taminlanganligi natijasida aksariyat fuqarolarimizga oz vaqtida sifatli va malakali yuridik yordam korsatilmoqda .

Qolaversa, Ozbekiston Respublikasi JPKning 46-moddasida qayd etilganidek, ayblanuvchi ozining nimada ayblanayotganligini bilishi, ushlab turilganligi va turgan joyi togrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qongiroq qilishi yoxud xabar berishi inson huquqlarining himoyasi amalda taminlanayotganligidan dalolat beradi. Aynan mazkur qoidalarga rioya qilmaslikning ozi ham surishtiruvchi va tergovchining qarorini gayriqonuniy, deb topishga asos boladi. Bu esa inson huquqlarini himoya qilishda oziga xos mexanizm yaratilganligiga misoldir.

Ozbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi xuzurida Advokatlarning buzilgan huquqlarini himoya qilish departamenti ish boshlaganligini aytib otishim lozim. Ushbu departamentning vazifasi advokatlarga nisbatan bolayotgan qonunsiz xolatlarni aniqlash, ularning ish faoliyatiga asossiz aralashish yoki ularga bolayotgan ruhiy bosim holatlarini organadi. Bu advokatning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonlarida himoya ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini imkon qadar sifatli himoya etishiga xizmat qiladi.

Oliy malumotli huquqshunoslarning hammasi ham advokat bola olmaydi. Yani, bu kasbda ishlamoqchi bolganlarga qatiy talablar qoyilgan?

«Advokatura togrisida»gi Qonunning 31-moddasiga kora, advokat maqomiga ega bolishga talabgor shaxs yuridik mutaxassislik boyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bolishi, jumladan, advokatlik tuzilmasida kamida uch oy muddat stajirovka otagan bolishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.

Davlat organlari, xojalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik boyicha ish stajiga ega bolgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan otmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoyiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni otkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari, advokat haq tolanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugullanishga haqli emasligi qonunning 3-moddasida korsatib otilgan. Bular ilmiy va pedagogik faoliyat, Ozbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat, patent vakili va mediator sifatidagi faoliyatdir.

Shuningdek, shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xojalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi, hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatida faoliyat korsatishi mumkin.

Advokatni oqlovchi, deb bilamiz. Aslida ham shunday bolishi kerak. Bazida esa himoyachisidan nolib gapirayotgan odamlar uchrab turadi. Sizning bu holatga munosabatingiz qanday?

Guruch kurmaksiz bolmagani kabi barcha sohalarda ham oz ishiga vijdonan yondashmaydiganlar uchrab turadi. Ammo bu bilan butun bir boshli himoya tizimini ayblab bolmaydi. Ishoch bildiruvchi yoki gumonlanuvchi advokatga barcha holatni ochiq- oydin aytib berishi kerak. Chunki advokatning pozitsiya tanlashi, himoya ostidagi shaxsning huquqlarini sifatli ximoya qilishi u olgan axborotga bogliq. Tushunmovchiliklar kelgusida advokat bilan himoya ostidagi shaxslar ortasida ziddiyat paydo bolishiga olib keladi.

Yana bir etiborli holat shundaki, advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs ortasida tuziladigan bitim ham qonuniy va puxta bolishi kerak.Undagi bandlar va talablar har ikki tomon manfaatlariga putur yetkazmaydigan darajada tuzilishi lozim. Har qanday vaziyatda ham advokat ishonch bildiruvchi yoki himoya ostidagi shaxsga ishning natijasi togrisida oldindan kafolat berishi mumkin emasligini alohida takidlamoqchiman.

Shaxs ushlangan va uning erkinligi amalda cheklangan paytdan boshlab himoyachi bilan taminlanmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?

Shahsning advokat bilan taminlanmasligi ayrim jinoyat qidiruv va surishtiruv bolimi xodimlariga qol keladi. Gumonlanuvchi va ayblanuvchining aybini ogirlashtirishga olib keladi, adolatsizlik boladi, noroziliklar kopayadi.

Gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi oz vaqtida advokat bilan taminlansa, bunday nomaqul harakatlarning oldi olinadi.

Tan olamizmi, yoqmi, kopchilik yaxshi biladi, advokatlar hozircha chinakam himoyachilarga aylanganicha yoq. Advokatura instituti nufuzini oshirish uchun yana nimalar talab etiladi, deb oylaysiz?

Har bir fuqaro, xoh u ichki ishlar xodimimi, prokuror, sudya yoki advokat boladimi qonunni hurmat qilishi lozim. Qonun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga himoya huquqi taminlashni beribdimi, demak, bu talabni bajarishimiz lozim.

Himoya institutini yanada mustahkamlash zarur. Turli tashkilotlaru ayrim huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan tinkasi qurib, adolat yoqligiga konishga majbur bolgan fuqaroga faqatgina advokat yordam bera olishi mumkin.

Buning uchun esa advokatning qonun doirasidagi imkoniyatlarini kengaytirish va advokatning asosli hamda aniq dalillari sud tomonidan chuqur organib chiqilishi darkor. Shundagina advokatlar ishonch bildiruvchining chinakam himoyachisiga aylana oladi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: