O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS

Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali oldida davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, fan, madaniyat, adabiyot, san’at namoyandalari va yoshlar jam boldi.

Viloyat hokimi Zafar Roziyev boshchiligidagi jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gullar qoydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

– Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, xalqimizning atoqli farzandi Islom Karimov faoliyatida Qashqadaryoga rahbarlik qilgan davr alohida orin tutadi, deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Eson Rajabov. Viloyatni tanazzuldan chiqarib, yuksalish sari boshlagan Islom Abduganiyevich Karimov bu zaminga alohida farzandlik mehri bilan qarar edi. Qashqadaryo aholisi viloyat mustaqillik yillarida iqtisodiy barqaror, sanoati rivojlangan hududga aylanib, aholi turmush darajasi muttasil osib borayotgani, bunyodkorlik, xalqimiz farovonligini yuksaltirish bilan bogliq barcha ezgu ishlar Islom Karimov nomi bilan bogliq ekanini chuqur his qiladi.

Mardlik, olijanoblik fazilatlari bilan el-yurtga mehr va sadoqat timsoli bolib qolgan Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

Olmas BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: