O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

BUYUK SIYOSAT VA JAMOAT ARBOBI XOTIRASIGA EHTIROM

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Yetuk siyosat va jamoat arbobi Islom Karimov 2016 yil 2 sentabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga kora, bu sana har yili Xotira kuni sifatida nishonlanmoqda.

Shuni alohida takidlamoq joizki, yurtimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyot yolida ulkan muvaffaqiyatlarni qolga kiritishida Birinchi Prezidentimizning benazir qatiyati, ulkan azmu shijoati va beqiyos jasorati muhim ahamiyat kasb etgan edi.

Birinchi Prezidentimizning mamlakatimizni hozirgi rivojlanish darajasiga kotarish yolidagi ulkan xizmatlarini xalqimiz doimo yodda tutadi va uning nomini hamisha alohida ardoq va mamnuniyat bilan tilga oladi.

Shavkat Mirziyoyev kop bor takidlaganidek, Islom Karimovning xotirasini qanchalik kop ezozlasak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning manaviyatini shunchalik boyitgan bolamiz.

Ushbu marosim ham Islom Karimov xotirasiga davlatimiz va jamoatchiligimiz hurmat-ehtiromining yana bir ifodasi bolmoqda.

Taomilga binoan Quron tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning hayot yoli va serqirra faoliyati, orzu-istaklari, davlat va jamiyat qurilishi borasidagi ezgu maqsadlari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni taminlash yolidagi buyuk xizmatlari yodga olindi.

Gul qoyish marosimida parlament va hukumat azolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: