O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

MADANIY MEROSIMIZ DUNYO AHLI NIGOHIDA

Qo‘qon shahrida 10-15 sentabr kunlari «Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik» Xalqaro festivali bolib otadi

Ozbek xalqi amaliy sanat va hunarmandchilikda kop yillik tarixga, boy madaniy merosga va oz ananalariga ega. Yillar davomida ustoz-shogirdlik maqomida otadan-bolaga, avloddan-avlodga otib kelayotgan hunarmandchilikning kulolchilik, ganchkorlik, yogoch oymakorligi, kashtadozlik, beshiksozlik, zargarlik kabi koplab turlari mavjud.

Hunarmandchilik mahsulotlari faqatgina sanat namunasi bolib qolmay, kundalik hayotimizda keng foydalaniladigan va ishlatiladigan buyumlar hisoblanadi. Masjidu madrasalarning shiftlaridagi ganchkorlik ishlari va ularning eshigu ustunlarini bezagan yogoch oymakorligi mahsullari bunga yaqqol misol bola oladi. Beshik kirib bormagan birorta ozbek xonadoni bolmasa kerak, xalqimiz sevib istemol qiladigan palovni usta kulollar yasagan sopol laganlarda tanovul qilishning gashti ozgacha. Kelinchak va qizlarimiz sevib taqadigan baldoqlar, uzuklaru bilakuzuklar, zebigardon kabi behisob taqinchoqlarning ijodkorlari ham shu hunarmandlardir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning 10-15 sentabr kunlari Qoqon shahrida otkaziladigan Xalq amaliy sanati va hunarmandchilik Xalqaro festivali ana shu madaniy merosimizni dunyo ahliga tanitish va boshqa ellarning milliy hunarmandchilik durdonalaridan bahra olish uchun qilinayotgan harakatdir.

Festivalga Respublika miqyosida keng tayyorgarlik korilmoqda. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashabbusi bilan Qoqon shahri hokimligi bilan ozaro hamkorlik aloqalari ornatildi. Unda tomonlar oz vazifa va maqsadlarini belgilab oldilar. Arxiv tomonidan mazkur festival doirasida hunarmandchilik tarixini yorituvchi fotokorgazma va mavzuga oid kino hujjatlar namoyishi tashkillashtiriladi.

Arxivda turli soha va yonalishlarga oid XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgacha bolgan davrlarni ozida aks ettirgan fotohujjatlar saqlanadi. Bu yerda ozbek milliy hunarmandchiligi rivoji, sulolalar, ustoz-shogird ananalari aks etgan noyob foto va kinohujjatlar saqlanib kelinmoqda. Hunarmandchilik sohasiga oid koplab qiziqarli, tarixiy fotohujjatlarni qidirib topish va ular asosida koplab ilmiy ishlar olib borishda foydalanish mumkin.

Arxiv xodimlari festival doirasida tashkil etilishi kozda tutilgan fotokorgazma uchun arxiv fondida saqlanayotgan tarixiy kino va fotohujjatlarni tanlash va saralash bilan shugullanmoqda. Tanlangan fotohujjatlarga ozbek, rus va ingliz tilida annotatsiyalar yozish ishlari olib borilmoqda.

Festivalda namoyish etilishi rejalashtirilayotgan milliy hunarmandchilikka va Qoqon tarixiga oid kinotasmalar qaytadan korib chiqilib, sifat va mazmun jihatidan nazoratdan otkazilmoqda. Bu filmlar festival otkaziladigan kunlari Qoqon shahrining turli hududlarida namoyish etiladi.

Festival doirasida Hunarmandchilik va xalq amaliy sanatini rivojlantirish istiqbollari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya otkaziladi. Unda hunarmandchilik va amaliy sanat mavzusida maruzalar tinglanadi, taqdimotlar otkaziladi.

Mohichehra RAJABOVA,

Ozbekiston Respublikasi

Kinofotofono hujjatlar Markaziy

davlat arxivi yetakchi arxivchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: