O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

OZODLIK KURAShChILARI VA ZULM-ISTIBDOD QURBONLARI YoDI XALQIMIZ QALBIDA MANGU YaShAYDI

OZODLIK KURAShChILARI VA ZULM-ISTIBDOD QURBONLARI YoDI XALQIMIZ QALBIDA MANGU YaShAYDI

Xalqimiz tarixning adadsiz to‘fon va suronlariga qaramasdan, milliy ozligi va azaliy qadriyatlarini saqlab qolib, bugungi dorilomon zamonga bezavol yetib kelishida uning qon-qoniga singib ketgan oriyat tuygusi va benazir jasorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Boy tarixga ega ozbek xalqi yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat, beqiyos ilm-fan sohiblari bolgan, oz davrida sivilizatsiyalarni tebratgan ulug mutafakkir va allomalar, tengi yoq sarkardalar vorisidir.

Jumladan, otmishimizning, Qodiriy boboning istilohi bilan aytganda, "eng ogir va qora kunlari"da – turli istibdod, bosqin va shafqatsiz qatagonlar davrida ozodlik yolida jon fido qilganlar, adolatsizlik qurboni bolganlar jasoratining ham vorisidir.

Mustabid va istilolar davrida bu zaminda minglab begunoh insonlar umri xazon bolganini, qancha-qancha oilalar parokanda va xonavayron bolib, qancha-qancha godaklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

Xalqimizning ana shunday fidoyi va matonatli ogil-qizlari nomlarini, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, osib kelayotgan yosh avlod ongu shuurida ular xotirasiga ehtirom tuygusini yuksaltirish maqsadida 2001 yildan buyon 31 avgust sanasi mamlakatimizda Qatagon qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadi.

31 avgust. Subhi saboh. Shahidlar xiyoboni.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida otkazilgan xalqimiz ozodligi va yurtimiz mustaqilligi yolida qurbon bolganlarni yod etish marosimida ishtirok etdi.

Taomilga kora osh tortildi. Quron tilovat qilinib, qatagon qurbonlari haqqiga duo qilindi.

Barchamizga malumki, qurbon bolganlarning nomlarini tiklash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida poytaxtimizda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui va Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi bunyod etilgan.

Muzey 2008 yilda qayta tamirlanib, kengaytirilgan va ekspozitsiya zallari 3 taga yetkazilgan. Osha yili yangilangan ekspozitsiya 10 bolimdan iborat bolib, 14 ming 665 eksponatni oz ichiga oladi. Ayni paytda mingga yaqin tarixiy ashyo namoyish etilmoqda. Ularning ellikka yaqini noyob eksponat hisoblanadi. Zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan muzeyga har yili 50 ming ziyoratchi tashrif buyurmoqda. Ularning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi.

Muzey Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Jazoir va qator boshqa mamlakatlardagi turdosh muassasalar, ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yolga qoygan.

Keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yolidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabi ekani inobatga olinib, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy talim muassasalari huzurida Qatagon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etildi. Bu muzeylar yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, marifatparvar va jasoratli ajdodlar bilan faxrlanish tuygusini shakllantirish, el-yurt uchun munosib farzand bolib ulgayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Fidoyi va vatanparvar ajdodlarimizning hayoti va merosini organish, xotirasini abadiylashtirishga katta etibor qaratilayotgani qayd etildi. Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, qut-barakaning qadriga yetish, "diling Ollohda, qoling mehnatda bolsin" degan goyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni dunyoqarashi keng, vatanparvar insonlar qilib voyaga yetkazish muhimligi takidlandi.

Bugungi yorug va dorilomon kunlar yolida qurbon bolganlar ruhini shod etish, omon-farovonlikning qadriga yetish hissiyoti barchaga katta quvvat bagishlaydi, ruhiyatni poklab, yangi-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi. Zero, ozodlik uchun kurashgan insonlar xotirasi hech qachon unutilmaydi, xalqimiz qalbida mangu yashaydi.

Shu kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qoydi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari ham yodgorlik poyiga gullar qoydi.

OzA

·


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: