O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.08.2019

FAOLIYATIMIZGA HAQIQIY BAHONI XALQ BERADI

Yurtimizda demokratik islohotlar ham mazmuni, ham mohiyatan butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida koppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar xilma-xilligi tamoyillari amalda ta’minlanmoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hayotimizning demokratik nuqtai nazardan yangi darajaga kotarilishi kop jihatdan siyosiy partiyalarning bugungi faoliyati, qatiyati va tashabbuskorligiga bogliq bolib qolmoqda. Ammo tan olishimiz kerakki, partiyamiz zamonning yuqori talablariga mos ravishda ish yurita olmayapti. 2014 yildagi saylovdan keyingi faoliyatimiz tahliliy-tanqidiy korib chiqilganda bunga yana bir bor amin boldik.

Muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashuvda parlament va mahalliy Kengashlarga otkaziladigan saylovga puxta tayyorgarlik korish, bu galgi saylovning oziga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan bogliq dolzarb masalalarga etibor qaratildi. Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish boyicha siyosiy partiyalar zimmasida ulkan masuliyatli vazifalar turganini chuqur his etdik.

Uchrashuvda har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bolib, uning otkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay olishi takidlandi. Darhaqiqat, hayot oldimizga qoyayotgan vazifalarga munosib bolmasak, jamiyatda oz ornimizni topolmaymiz.

Albatta, keyingi yillardagi izchil islohotlar natijasida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faollik, aytish mumkinki, siyosiy-huquqiy madaniyat ancha yuksaldi. Bugun saylovchilar qanday dastur, qaysi nomzodlarga ovoz berishni yaxshi biladi.

Bunday tarixiy sharoitda saylovga kirib borayotgan har bir partiya avvalo pishiq-puxta Saylovoldi dasturi tayyorlashi, uni hayotiy goyalar bilan boyitishi, asosiysi, aholini oylantirib kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qodir bolgan takliflarni ilgari surishi talab etiladi. Partiyamiz saylovga tayyorgarlik jarayonlarida ana shu masalalarga katta etibor qaratmoqda.

Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda umumiy uchta goya asos sifatida olinmoqda: Ijtimoiy tenglik va adolat, Ijtimoiy birdamlik, Ijtimoiy demokratiya.

Partiyamiz ushbu maqsadga erishish yollarini belgilashda, birinchi navbatda, davlat va jamiyatning manzilli ijtimoiy himoyasiga muhtoj aholi qatlamining manfaatlaridan kelib chiqish zarur, deb biladi. Mamlakatning osib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish ijtimoiy barqarorlik va fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashning asosiy omili, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi.

Partiyamiz Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda shu masalaga alohida etibor qaratilyapti. Dastur loyihasi partiya Markaziy Kengashida ekspert va mutaxassislar ishtirokida bir necha marta chuqur muhokama etildi. Ayni kunlarda dastur loyihasi barcha darajadagi hududiy partiya tashkilotlarida, xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi guruhlarimiz hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tahliliy korib chiqilyapti. Shu asosda dastur uchun joylardan takliflar shakllantirilyapti.

Barcha partiyaviy tuzilmalarning harakatini Saylovoldi dasturi ijrosiga yonaltirishga erishishimiz kerak. Buning uchun Saylovoldi dasturida aniq goya va vazifalar qoyilishi zarur boladi. Shuni kozlab, Saylovoldi dasturimizni yangicha yondashuv asosida, «piramida» shaklida tuzishga qaror qildik. Bunda dasturiy goya va vazifalar okrug-tuman (shahar)-viloyat-respublika mexanizmi boyicha shakllantiriladi. Biz shu tarzda har bir hudud uchun eng muhim muammo va masalalarni belgilab olishni rejalashtirganmiz.

Asosiy maqsadimiz oz himoyamizga olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning muammolarini imkon qadar toliq qamrab olish, eng muhimi, ularni rejali va tizimli ravishda yechib borishdan iboratdir.

Mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar ota rasmiy kayfiyatda, quruq tadbirlar otkazishi kop tanqid qilinadi. Biz yillar davomida shakllanib qolgan konikmalarni tez va qisqa muddatda ozgartirmasak, saylovchilar etibori va ishonchini qozona olmaymiz.

Shuning uchun partiyamiz kopchilikni oylantirib kelayotgan, mamlakatimizdagi dolzarb ijtimoiy masalalarga etiborni kuchaytirdi. Malumki, oxirgi paytlarda tushunmovchiliklarga sabab bolayotgan masala kam taminlanganlik darajasini belgilash boyicha aniq mezonlar mavjud emasligi bilan bogliq. Buning oqibatida ijtimoiy nafaqalarni belgilash, moddiy yordam korsatish jarayonlarida qator chalkashliklar kuzatilyapti. Bu muammo kecha yoki bugun paydo bolgani yoq. Ammo partiyamiz shu vaqtga qadar ozining amaliy takliflarini bildirgan emas. Bu boradagi xalqaro amaliyotni organish boyicha partiyamiz ishchi guruhini tuzish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yashash minimumi va istemol savatchasi kabi tamoyillarni mamlakatimiz qonunchiligida mustahkamlash vazifasi Saylovoldi dasturida nazarda tutilyapti.

Yana bir masala olis qishloq joylarida maktab okituvchilari, shifokorlar va boshqa ijtimoiy soha mutaxassislariga ehtiyoj juda yuqoriligi bilan bogliq. Bu holatda asosiy kamchilik yaxshi mutaxassislar uchun yaxshi sharoit yaratilmaganiga borib taqalyapti. Ana shu muammolar yigilib, kattalashib, qishloq joylarining ijtimoiy rivojlanishiga salbiy tasir korsatyapti. Bu partiyamiz dasturiy maqsadlariga uzviy aloqador masala. Garchi turli yigilish va tadbirlarda muammo bir necha bor aytilgan bolsa-da, aniq amaliy taklif berilmagan.

Mutaxassislar olis qishloq joylariga borib ishlashini ragbatlantirish, bu borada mexanizm yaratish va uni qonun darajasida mustahkamlash dolzarb ahamiyatga ega. Shu masala yuzasidan takliflar tayyorlash kozda tutilmoqda.

Jamiyatimizda nogironligi bolgan shaxslarning talim olishi, bandligi taminlanishi boyicha qator muammolar yigilib qolgan. Shuningdek, bunday shaxslarning haq-huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlarning moddiy va moliyaviy taminoti ayanchli holatda. Ochigi, ushbu masala partiyamiz otkazgan turli tadbirlarda kop tilga olingan, lekin biz tomondan qatiy harakat sezilmagan. Eslatib qoyish, takidlash bilan cheklanilgan. Ammo bu bilan muammo hal bolib qolmaydi. Shuning uchun mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga nogironligi bolgan shaxslarning haq-huquqlari himoyasiga bel boglagan nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat subsidiyalarini ajratish boyicha takliflar shakllantirish ustida ish olib borilyapti.

Parlamentdagi fraksiyamiz BMTning Nogironlar huquqlari boyicha konvensiyasini ratifikatsiya qilish tashabbusini ilgari surishga tayyorlanayapti. Agar bu amalga oshsa, nogironligi bolgan shaxslarning huquq va manfaatlari taminlanishi boyicha kafolatlar mustahkamlanadi, xalqaro maydonda mamlakatimizning obro-etibori yanada oshadi.

Muruvvat, Saxovat va Mehribonlik uylarida istiqomat kiluvchilar uchun qulay sharoit yaratish boyicha davlat-xususiy sherikligi imkoniyatlaridan foydalanish amaliyoti joriy etilmagan. Xolbuki, bugun koplab davlatlarda mazkur yonalishda ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanayotgani kuzatilayapti. Partiyamiz bu yonalish boyicha targibot ishlarini kuchaytiradi.

Yurtimizda aholini eng kop oylantiradigan masalalardan biri kommunal xizmatlar va ularning tariflari bilan bogliq ekani sir emas. Narx-navo va tariflarni, shuningdek, kommunal xizmatlar korsatuvchi tashkilotlar rentabelligini belgilash, bu borada huquqiy asoslarni qonun darajasida mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Partiyamiz Saylovoldi dasturida shu masala boyicha takliflar nazarda tutilyapti.

Hammamizga malumki, jamiyatda ijtimoiy tenglikni taminlashda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu partiyamiz uchun prinsipial masaladir. Shuning uchun Saylovoldi dasturimizga mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbalaridan qati nazar, barcha tibbiyot muassasalarida bepul taqdim etiladigan majburiy tibbiy xizmatlar hajmini qonuniy jihatdan belgilash haqida ham taklif kiritilyapti.

Xulosa ornida shuni aytish kerakki, davlat boshqaruvini demokratlashtirish, bu yilgi saylovlarda xalqimiz manfaatlariga mos goya va takliflarni olib chiqish, ayni paytda ular amalga oshishi uchun qatiyat bilan kurashish, odamlarda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish masalalarida eng katta masuliyat aynan siyosiy partiyalar zimmasida turibdi. Bu masuliyatga munosib bolish har bir partiyadan talabchanlikni oshirishni, yuqori faollikni talab etadi.



Ulugbek INOYATOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: