O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
27.08.2019

QADIM KENTDA DUNYO NAVOLARI YANGRAMOQDA

Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida Samarqand yana bir nufuzli xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda. Dunyo e’tirofidagi nufuzli tantana – «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivali munosabati bilan shahar bayramona bezatilgan.

Keng va ozoda ko‘chalarda rang-barang bayroqlar hilpiraydi. Solim bog va xiyobonlar tarovati, odamlar yuzidagi mamnunlik katta bayram ruhini aks ettirgan.

Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali dunyo xalqlari ortasida madaniy hamkorlikni mustahkamlash, musiqa sanati ananalarini asrash va rivojlantirish maqsadida 1997 yildan buyon otkazib kelinmoqda. Har ikki yilda bir nishonlanadigan festival jahon ahlining ozaro madaniy muloqotga bolgan hayotiy ehtiyojini royobga chiqarishda beqiyos vosita bolib xizmat qilmoqda.

YuNESKO shafeligida otkaziladigan yirik madaniy tadbir bugungi murakkab davrda insonlarni tinchlik, hamkorlikka chorlovchi va buni amalda namoyon etuvchi ezgulik minbariga aylanib ulgurdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 26 fevraldagi qaroriga muvofiq, Sharq taronalari XII xalqaro musiqa festivaliga har qachongidan katta hozirlik korildi. Tarix zarvaraqlarida azim shahar deya tarif beriladigan Samarqandda keng kolamda qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Yurtimizda turizmni rivojlantirish borasidagi say-harakatlar natijasida Samarqandda ham yangi mehmonxonalar, restoran va boshqa koplab turistik obektlar bunyod etildi.

Birgina misol. Otgan yigirma yildan ortiq vaqt davomida xalqaro musiqa kechasi mehmonlarini qabul qilish uchun sanoqli mehmonxonalar hozirlangan bolsa, joriy yilning ozida 20 dan ortiq ana shunday xizmat korsatish obektlari sanat ahli uchun shay qilindi.

Samarqand, Registon maydoni. 26 avgust, soat 19.00.



Quyosh ufqqa bosh qoyadi. Muhtasham madrasalar gulgun shafaq va rango-rang chiroqlar yogdusida yanada gozal va salobatli korinadi. Uch muhtasham madrasa ortasida qurilgan, festival ruhiga mos bezatilgan amfiteatrga minglab, millionlab nigohlar qadalgan. Tomoshagoh Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimiga yigilgan odamlar bilan tolgan. Ular orasida anjuman qatnashchilari va mehmonlari, sanat ixlosmandlari, musiqashunos olimlar, chet ellik va mahalliy jurnalistlar, sayyohlar bor.

Festival ishtirokchilari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qarsaklar bilan kutib oladi.

Karnay-surnay, nogora sadolari yangraydi.

Soz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga beriladi.

Davlatimiz rahbari Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy qutlab, jahonda tinchlik va millatlararo totuvlikni taminlashda mazkur sanat anjumanining ahamiyati beqiyos ekanini takidladi, festival ishtirokchilariga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosimda sozga chiqqan YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim Ozbekistonda madaniyat va sanatni rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotgani, Sharq taronalari festivali ana shu etiborning yuksak namunasi ekanini qayd etdi.

Sharq taronalari madhiyasi sadolari ostida sahnaga festival qatnashchilari 75 mamlakat bayrogi olib chiqildi.

Maydon uzra yoqimli kuy taraldi. Bu ohang qalblarga kirib, kongilning nozik torlarini chertadi. Yuraklarga hayajon, hayrat soladi. Bu kuy sehri, ohang zavqi, musiqa qudratining amaldagi ifodasidir.

Sanat odamlarning orzu-havasi, quvonchu shodligi, armon va iztiroblari, ichki kechinmalarini ifodalovchi vositadir. Sozda yoki suratda tasvirlab berish imkoni bolmagan his-tuygular musiqada namoyon boladi, yuraklarda aks-sado beradi. Musiqa xalqlarni, turli millat va elatlarni bir-biriga tanitadi, qalban yaqinlashtiradi.

Dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoshgan ulug allomalarimiz ham musiqa, qoshiq haqida falsafiy-estetik qarashlarni ilgari surib, bu haqda asarlar bitgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy Musiqa haqida katta kitob asarida tovushlarning vujudga kelishi, kuylar uygunligi, marom va ular turlarini sharhlagan. Abu Ali ibn Sino Tib qonunlari kitobida yurak, asab kasalliklarini musiqa vositasida davolash yollari haqida yozgan.

Sohibqiron Amir Temur davrida Samarqandda ilm-fan va sanatning barcha sohalari qatori musiqa va qoshiqchilik ham rivojlangan. Bu yerga dunyoning turli olkalaridan mohir sozanda va xonandalar jam bolgan. Buyuk jahongirning shavkatli yurishlaridan song katta musiqa kechalari otkazilgan, rasmiy qabullar, tantana va marosimlar kuy-qoshiqlarsiz otmagan.

Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy Zafarnoma asarida Amir Temur saroyida otkazilgan musiqiy anjumanlar haqida toxtalib, Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, gazalu naqsh aytur erdilar. Va turku mogul, xitoyu arab va ajamdin har kim oz rasmi bilan nagma aytur erdi, deb yozgan.

Bugun mamlakatimizda musiqa va sanatni rivojlantirish, mazkur soha vakillarini har tomonlama qollab-quvvatlash, yoshlarning bu boradagi istedod va qobiliyatini royobga chiqarishga alohida etibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining mazkur yonalishda bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 noyabrdagi Ozbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori milliy mumtoz sanatimiz rivojida yangi istiqbollarni ochdi. Mazkur hujjat asosida mamlakatimiz poytaxtida Ozbek milliy maqom sanati markazi, hududlarda namunali maqom ansambllari tashkil etildi. Bolalar musiqa va sanat maktablarida maqom alifbosi fani oqitilishi yolga qoyildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yolga qoyish boyicha ilgari surilgan besh muhim tashabbusdan biri ham yosh avlodning musiqa va sanatga ishtiyoqini oshirish, xalqimizning betakror madaniyati va sanatini organishga etiborni kuchaytirishga qaratilgan.

...Marosimdagi mumtoz ashulalar, folklor namunalari, jahon musiqa va qoshiqchilik sanatining nodir durdonalari, zavqli raqslar dillarni josh urdiradi. Tomoshabinlar yurakka yaqin qoshiqlarga jor boladi, shox kuy-qoshiqlardan zavqlanib, raqsga tushadi. Til va tarjimon tanlamas bu ohanglar dillarga kirib boradi. Har bir insonni, u qaysi yurt, qaysi millat, qaysi din vakili bolishidan qatiy nazar, sanat orqali bir-biriga yaqinlashtiradi, dost qiladi.

Sharq taronalari ana shu jihatlarni ozida mujassam etgani uchun ham otgan davr mobaynida nufuzli madaniy tadbirga aylandi. Negaki, xalqaro darajadagi boshqa musiqa festivallari musiqa sanatining muayyan turlariga ixtisoslashgan. Ayrimlarida faqat qoshiq kuylansa, bazilarida musiqa ijro etiladi yoki raqs tushiladi. Sharq taronalari esa sanatning barcha korinishlarini ozida mujassam etgan. Shuning uchun ham dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri Xalqaro folklor sanati tashkiloti yaqinda Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalini azolikka qabul qildi.

Mamlakatimizda shu kunga qadar on bir marta otkazilgan festivalda dunyoning 114 davlatidan vakillar qatnashgan. 1997 yildagi birinchi festival 31 mamlakat vakillari ishtirokida otkazilgan bolsa, bu yilgi qatnashchi davlatlar soni 75 tani tashkil etmoqda.

Festival doirasida Sharq xalqlari musiqa sanati ananalarini organish va targib etishga bagishlangan xalqaro anjuman otkazish ananaga aylangan. Bu yil festival davomida Sharq xalqlari ananaviy musiqa sanatini rivojlantirish istiqbollari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya otkaziladi.

Festivalning yangilangan nizomiga kora, bu yil tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikki yonalish professional tarzdagi xalq musiqa va qoshiqlari hamda ananaviy ijod namunalari zamonaviy musiqa yoki qoshiq yonalishlarida baholanadi.

Festival ishtirokchilari tanlov dasturidan boshqa vaqtlarda Samarqand shahrida, shuningdek, Oqdaryo, Samarqand, Pastdargom, Tayloq, Urgut va Jomboy tumanlaridagi istirohat boglari, madaniyat muassasalarida ijodiy uchrashuvlar, konsertlarda qatnashadi.

Tantanali marosim yurtimiz sanat ustalari, yosh ijrochilarining shox va diltor qoshiqlari bilan davom etdi. Samarqand osmoni uzra porlagan mushaklar, Sharq taronalari musiqa festivali navolari olis-olislarda aks sado berdi.



Ziyodulla JONIBEKOV,

Golib HASANOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: