O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
20.08.2019

HASHAR UYUSHQOQLIK BILAN OTDI

Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida otkazilgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning jipsligi, birdamligi, ahilligini yana bir karra namoyish etdi.

Umumxalq xayriya hashari Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik toyiga munosib tayyorgarlik korish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida xalqimizning daxldorlik hissini yanada kuchaytirish, jamiyatimizda ozaro mehr-oqibat, ahillik, saxovat, begaraz yordam, ozgalarga xayrixohlik tuygularini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boldi.

Umumxalq xayriya hashari yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga undagani, istiqlol bergan ne’matlarni koz qorachigidek asrab-avaylashga, milliy anana va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bolishga chorlagani bilan ham muhimdir.

Hamyurtlarimizning fidoyiligi, ezgu intilishi samarasida umumxalq xayriya hashari kotarinki ruhda otkazildi. Shu kunlarda yurtimizning har bir goshasi yanada chiroy ochgan. Mahallalar, aholi punktlari, kop qavatli turar joylar, binolar, talim maskanlari, hovlilar atrofi obodonlashtirildi. Kocha va xiyobonlar, maydonlar orasta korinishga keltirildi. Guzarlar, ziyoratgohlar, ariqlar, yolaklar, bolalar maydonchalari yanada tartibli, ozoda korinish kasb etdi. Daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi axborot xizmati malumotlariga kora, ikki kunlik umumxalq xayriya hashari davomida 26 ming gektardan ziyod maydonlar obodonlashtirildi va tozalandi. Ellik ming tonnadan ortiq chiqindilar chiqarib tashlandi. 25 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi. Qabriston va ziyoratgohlar obodonlashtirilib, tartibga keltirildi. 9 millionga yaqin daraxt oqlanib, ularga shakl berildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 13 mingga yaqin texnika vositasi jalb etildi.

Shuningdek, hashar kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordami korsatishga koproq etibor qaratildi. Xususan, 13 mingga yaqin kam taminlangan oilaning 388 ming kvadrat metrdan ziyod uy-joylari hashar yoli bilan tamirlandi. 13 mingdan ortiq ehtiyojmand oila, shundan 5 mingdan ziyod nogiron va yolgiz qariyaning holidan xabar olinib, ularga moddiy komak korsatildi.

Mazkur xayriya tadbirlari orqali 4 milliard somdan ziyod, shundan 140 million somga yaqin mablag «Mahalla» fondi hisobidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari korsatishga sarflandi.

Shuningdek, hashar kuni mahallalarda 150 taga yaqin savdo, maishiy xizmat korsatish, shuningdek, ijtimoiy obektlar, yani 126 ta maishiy xizmat korsatish shoxobchasi – savdo dokoni, Gozallik saloni, sartaroshxona, dorixona, toyxona, tibbiyot markazi, Barkamol avlod markazi va boshqalar, 6 ta ishlab chiqarish sexi, 14 ta mahalla fuqarolar yigini binosi, 4 ta bolalar sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Umumxalq xayriya hasharida 13 million 800 ming nafardan ziyod fuqaro, shundan 7 million 809 ming nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.

Respublikamizning barcha hududlarida avgust oyi davomida obodonlashtirish va tozalash ishlari davom ettiriladi.

Bularning barchasi jonajon Ozbekistonimizni yanada obod, fayzli, korkam etish, hamyurtlarimiz hayoti farovonligini oshirish, istiqlol bayramini kotarinki ruhda, bayramona kayfiyatda kutib olish yolidagi ezgu say-harakatlarning amaliy ifodasidir.

Nazokat USMONOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: