O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.08.2019

ANIQ VA AMALIY ISHLAR

bilan ko‘proq shugullanmasak, maqsadga erishib bolmaydi

Mamlakatimizda fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi, voqea-hodislarga daxldorlik tuygusi oshib borayotganini kundalik hayotdan korib-bilib turibmiz. Shu ma’noda aytadigan bolsak, bugun xalq siyosiy partiyadan, deputatdan ham kop narsa kutadi, talab qiladi, hisob soraydi. Demak, siyosiy partiya xalqning ehtiyojlarini birinchi bolib anglashi, muammolarini organib, samarali hal qila olishi zarur. Deputatdan esa chin manoda odamlar dardi bilan yashash talab etiladi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar partiya tashkilotining konferensiyasida ana shu masalalarga alohida etibor qaratildi. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bogliq dasturlar, qarorlar ijrosi ustidan nazorat ornatish, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, saylovlarga munosib tayyorgarlik korish masalalari qizgin muhokama qilindi.

Konferensiyada OzXDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov ishtirok etdi hamda shahar partiya tashkilotining bugungi faoliyati, navbatdagi dolzarb vazifalar xususida oz fikrlarini bildirdi:

– Avvalo, mamnuniyat bilan aytishimiz kerakki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, sohalar rivoji va aholi farovonligini taminlashda partiyamiz ishtiroki tobora kuchayib bormoqda. Lekin bugun hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etish bilan bir qatorda mamlakatning rivojlantirish strategiyasini belgilashda ham oz pozitsiyamizni namoyon etishimiz lozim. Biz ozimizni qanchalik tanqid qilmaylik, balandparvoz davatlarni ilgari surmaylik, aniq amaliy ishga otmasak, partiyaning tasir kuchi sezilmaydi. Shu manoda aytadigan bolsak, avvalo, kadrlar masalasi haqida jiddiy oylab korish kerak.

Toshkent shahrida partiyamizning 42 mingdan ortiq azosi bor. Bu katta kuch aslida. Ammo bu kuchdan samarali foydalana oladigan, partiyadoshlarni oz ortidan ergashtira oladigan, odamlar ongiga partiya goyalarini singdira oladigan faol yetakchilarni kopaytirish kerak boladi. Shunda bizga ishongan, safimizga qoshiladigan fuqarolar kopayadi.

Oldimizda muhim siyosiy jarayon turibdi. Saylovlar biz uchun katta imtihon hisoblanadi. Ana shu siyosiy jarayonda partiyamiz pozitsiyasini qatiy himoya qilishimiz lozim. Xosh, bolajak saylovlarda koproq muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?

Avvalo, partiyaning yangi dasturi va Saylovoldi dasturini takomillashtirishimiz lozim. Goya va rejalarimiz xalqimizning oy-tashvishlari, manfaatlariga nechogli munosib ekanligi haqida chuqur oylab korishimiz talab etiladi. Partiyamizning yangi dasturida ijtimoiy demokratik davlat qurish goyasi ustuvorlik qilmoqda. Hozir dastur va Saylovoldi dastur ustida ekspertlar guruhi jiddiy ishlayapti. Uning xalqchilligini taminlash boyicha harakatlar olib borilyapti, hududlarda aholini oylantirayotgan muammolar yechimi boyicha takliflar olinyapti. Maqsadimiz xalqimiz ehtiyojlariga mos, ularning manfaatlariga xizmat qiluvchi hayotiy dasturlar ishlab chiqishdan iborat. Mana shu muhim vazifani bajarishda barcha darajadagi partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari mustahkam jipslashib, bir jon, bir tan bolib harakat qilishi zarur.

Konferensiya ishida partiya tashkilotining 2015-2019 yillarda amalga oshirgan ishlari, partiya Saylovoldi dasturi ijrosini taminlash borasida qilingan ishlar hisoboti tinglandi.

Abror Qurbonov, OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari:

Albatta, Saylovoldi dasturi ijrosi faoliyatimizning asosiy yonalishi hisoblanadi. Shu bois partiya tashkilotlari otkazayotgan har bir tadbir, deputatlik birlashmalari tomonidan organilayotgan masala, avvalo, mazkur dastur ijrosiga xizmat qilishi kerak.

Hisobot davrida kadrlar faoliyatini yaxshilash, ularning salohiyatini oshirish, oz siyosiy pozitsiyasiga ega va yangilikka intiluvchan xodimlarni qollab-quvvatlash, boshlangich tashkilotlar yetakchilarini tayyorlash hamda malakasini oshirish maqsadida joylarda siyosiy oquv va seminar-treninglar tashkil etib borildi.

Aholi muammolarini organishga qaratilgan «Mahalla aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi» loyihasi hayotga tatbiq etildi. Natijada Toshkent shahrining 38 ta mahallasida muammolarni organish ishlari olib borildi. 1579 fuqaroning murojaati tahlil qilinib, 720 masala yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, 380 masala tegishli mutasaddi tashkilotlarga hal qilish uchun yuborildi. 150 masala yuzasidan deputatlar ishtirokida amaliy yordam berilgan bolsa, 30 masala Toshkent shahar hokimligi komagida ijobiy hal etildi, 10 masala yuzasidan yol harakati xavfsizligi boshqarmasi tegishli ishlarni amalga oshirdi.

Hisobot davrida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarida faoliyat olib borayotgan deputatlar tomonidan 554 marotaba deputatlik sorovlari tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga yuborildi.

Bu bilan berilgan imkoniyatlardan tolaqonli foydalana olayapmiz, deya olmayman. Targibot tasirchanligini taminlay olmayapmiz. Ayrim partiya kengashlari, deputatlik tuzilmalarining elektorat manfaatlarini himoya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat va hududiy dasturlar ijrosini taminlashdagi faolligi sezilmayapti.

Konferensiyada deputatlar, partiya faollari Ozbekiston XDPning yangi Saylovoldi dasturi loyihasini korib chiqib, tahlil qildi. Aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taminlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash boyicha takliflar berildi.

Ishtirokchilar partiya elektorati manfaatlariga bevosita daxldor bolgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarga doir partiya pozitsiyasini keng targib qilish, ayniqsa, saylovlar yilida buning ahamiyati beqiyosligini alohida takidlashdi. Bolajak saylovlarga jiddiy tayyorgarlik korish masalalariga alohida toxtalib otildi.

Hisobot davrida fidoyilik korsatgan partiya faollari, faxriylaridan bir guruhiga Ozbekiston XDP Markaziy Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovgalari topshirildi.

Konferensiya doirasida shahar partiya kengashining tashkiliy plenumi otkazildi. OzXDP Yunusobod tuman kengashiga uzoq yillardan beri raislik qilib kelayotgan Nigora Eshmetova Toshkent shahar partiya kengashi raisi etib saylandi.

OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: