O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
13.08.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

AVTOMASHINANI OLIB QOCHGANLAR USHLANDI

2019 yil 11 avgust kuni soat 01:00larda 2 nafar noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasiga yolovchi sifatida otirgan. Ular Pastdargom tumani Juma shahri Torttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida, nomalum shaxslar haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zorlik ishlatib tushirgan. Avtomashinani esa haydab qochishgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan topilgan.

Korilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Torttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani, Baraka kochasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

TANISHLAR ORTASIDAGI JANJAL...

2019 yil 9 avgust kuni soat 17:00larda vaqtincha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Navoiy kochasida yashovchi 24 yoshli G.V. ismli ayol ozi yashayotgan kop qavatli uyning kirish yolagida ozaro janjal tufayli tanishi, Yunusobod tumani, Turk qorgon kochasida yashovchi 25 yoshli D.R.ning kokrak qismiga otkir tigli jism bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada D.R. kasalxonaga yotqizilib, G.V. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

PLASTIK KARTOCHKA OGRISI

Shu yilning 25 iyul kuni Yashnobod tumani, Xovos 2-tor kochasida yashovchi 30 yoshli D.T. ismli ayol tuman prokuraturasiga yozgan arizasida nomalum shaxs Aviasozlar dehqon bozori hududida hisobida 3.230.000 som puli bolgan plastik kartochkasini ogirlatib qoyganini malum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan edi.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Muborak mahallasida yashovchi 20 yoshli U.Z. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

MASTLIKDA AKASI HAM KOZIGA KORINMADI

2019 yil 12 iyul kuni soat 12:45larda Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida Qangli MFYda yashovchi 47 yoshli O.H. mast holda uyida ozaro janjal oqibatida birga yashovchi akasi 48 yoshli A.H.ning ong oyoq son qismiga pichoq va ketmon dastasi bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada A.H.ga kasalxonada tibbiy yordam korsatilgan. O.H. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

7 KILOGRAMMDAN ORTIQ MARIXUANA BILAN QOLGA OLINDI

Toshkent viloyatining Piskent tumanida otkazilayotgan Qoradori — 2019 keng qamrovli tadbiri davomida 2019 yil 8 avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi 51 yoshli A.K. Namuna mahallasi hududidan otuvchi Toshkent Olmaliq yolining chetida 7 kg. 420 gr. marixuana giyohvandlik moddasini qolidagi qop ichida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qolga olindi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: