O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.08.2019

RAHBARLIK VA MASULIYAT

Mansabdorlarning tafakkurini o‘zgartirish eng dolzarb vazifalardan bolib qolmoqda

Maqsuda VORISOVA, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi:

— «Si?satnoma» asapi bilan Sharqu Garbda ochmas iz qoldirgan Ali Tusiy Nizomulmulk rahbar va rahbarni tanlash masalasiga alohida toxtalib otgan. Kishilarni ishga tayinla?tganda nimalarga etibop bepish lozimligi haqida fikr yuritib, amaldoplapni togpi tanlash, ularga qollaridan keladigan vazifalarni topshipish, ijposini oz vaqtida talab qilish lozimligini kayd etgan.

Nizomulmulk oz davrida davlatni boshqarish jarayonida vazirlar, boshqa kichikroq lavozim egalarini oz ishlariga jiddiy munosabatda bolishga, zimmasidagi vazifalarni halollik va poklik bilan bajarishga davat etgan. Bu ogitlar hozir ham oz ahamiyatini yoqotmagan.

Har bir jamiyat siyosiy hayotidagi jiddiy islohot manaviy-madaniy yuksalishlar bilan parallel sodir bolishi kerak, degan fikr yuradi. Bunday uzviylik islohotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi. Biroq bu kop, qatiy va tizimli marifiy ishlarni talab qiladi. Tafakkurni ozgartirish eng ogir vazifalardandir.

Jamiyatda yangilanishni amalga oshirish, insonlar ong-tafakkurida ozgarish yaratishda jamiyatni boshqarib turgan katta-kichik rahbarlar yetakchilik qiladi. Chunki har qanday tashkilot, korxona yoki muassasaning rahbari shu mehnat jamoasidagi kayfiyatni, xodimlarning oz ishiga, hamkasblariga, mehnati natijasiga, amalga oshirilayotgan ozgarishlarga, alal oqibat jamiyatga va davlat siyosatiga munosabati shakllanishiga muhum tasir korsatadi.

Bu masalada Yaponiya tajribasi alohida ahamiyatga molik. Mamlakatda rahbar xodimlar asosan psixologik yondashgan holda, ehtiyotkorlik bilan odamlarning ruhiyatini organarkan, xizmatchilarning ish sharoitini doimo yaxshilashga urinarkan, har qanday yordamni ayamasdan muomala qilishga harakat qilarkan. Bunday madaniyatli yondashuv mamlakat ravnaqida qanday samara berganiga bugun guvoh bolyapmiz.

Rahbar xonada otirmasdan, oz faoliyatini ishchilar orasida olib borishi ishchi xodimlarning mehnatga bolgan ishtiyoqini yanada oshiradi.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida tub ozgarishlar amalga oshirilmoqda. Lekin ijtimoiy sohadagi amalga oshirilishi lozim bolgan, Davlat dasturlarida belgilangan vazifalar har doim ham kutilgan natijani bermayapti. Mening fikrimcha, bunga asosiy sabab tashkilotlar rahbarlarining islohotlar mohiyatini toliq anglab yetmasdan, faqat shakl ozgarishiga etibor qilishidadir.

Ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchrayotgan xalq talimi va sogliqni saqlash sohasida ham aholimiz kutgan ijobiy natijalarning kamligi asosan boshqaruvning togri tashkil etilmaganidan, deb bilaman. Fikrimcha, jamiyatda inqilobiy ozgarishlarning tezlashuviga tuman darajasidagi rahbarlarning kopchiligi tayyor emasligi, bazi hollarda esa ana shu ozgarishlarni amalga oshirishni istamasligi sabab bolmoqda. Fikrimcha, bunday holat yillar davomida rahbarlik lavozimlariga tayinlash aniq bir meyorlarsiz, tizimli tayyorgarliksiz, ochigini aytganda, tanish-bilishchilik texnologiyasi asosida olib borilgani oqibatida kelib chiqdi.

Bazida ota-onalar, umuman, aholimiz oqituvchilarning bilimi sayozligi, masuliyatsizligidan shikoyat qilib, ularni attestatsiyadan otkazishni talab qiladilar. Attestatsiya otkazdik, bilimi sayoz deb topilgan muallimlarni ishdan chetlatdik, deb faraz qilaylik. Nimaga ega bolamiz? Birinchidan, shundoq ham yetishmayotgan oqituvchilar yanada kamayadi, ikkinchidan, rahbarlik yondashuvi ozgarmasa, eski avtoritar boshqaruvni davom ettirsa, talim sifati yaxshilanish orniga pasayib boraveradi.

Shu orinda hayotiy misol keltirmoqchiman. Onam 15-16 yoshlarida osha vaqtda (1937-1938 yillar) pedagogika texnikumini tugatib, (Toshkent viloyati) Toytepaga oqituvchi bolib borganlar. Kunduz kuni bolalarni maktabda, kechki payt kattalarni savodsizlikni tugatish guruhlarida oqitganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida maktabni boshqarganlar. Tasavvur qiling, mushtdekkina qiz butun boshli qishloqda yolgiz muallima! Lekin bolalarda ham, kattalarda ham ozlashtirish darajasi yaxshi bolgan. Menimcha, buning sababi boshqaruv togri tashkil qilinishi, kadrlarga bildirilgan ishonch, ijodiy imkoniyat berilishida, deb bilaman. Bugun maktablarda oqituvchilar qatiy ramkaga solib qoyilgan, hudud xususiyatlari, maktab imkoniyatlari inobatga olinmaydi. Aksariyat ishlar faqat hisobot uchun bajariladi, oqituvchi har bir bajargan ishi uchun hisobot yozishga, yana kamiga fotosuratlar ilova qilishga, son-sanoqsiz fayllarni toldirishga, darsdan bosh vaqtida ham maktabda otirishga majbur. Axir bosh vaqtda ustoz oz ustida ishlasa, madaniy hordiq chiqarsa, kutubxonada yoki internetda shugullansa, bilimi kengayib, darslar sifatiga ijobiy tasir qiladi-ku!.. Albatta, bu ham maktablarda boshqaruv masalasi qanday yolga qoyilgani bilan bogliq masala.

Xuddi shuningdek, sogliqni saqlash sohasida ham tibbiyot xodimlari xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarni bajaradilar, kop hollarda asosiy vaqt bemor uchun ham, tibbiyotchi uchun ham foydasi bolmagan, faqat nazoratchi uchun kerak bolgan hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflanmoqda. Tibbiyotda sohalar boyicha vrach va hamshiralarning lavozim vazifalari aniq chegaralanishi ota muhim, aks holda, bemor va tibbiy xodim ortasida muammolar kuchayib boraveradi.

Har ikkala sohada ham mutaxassislarning oz ishiga ijodiy yondashuviga imkon bermaslik, doimiy, kopincha bir-birini inkor qiluvchi korsatma va topshiriqlarning berilishi, soha xususiyatlaridan toliq xabardor bolmagan nazoratchilarning ozlaricha topshiriq berishlari, rahbarlarning faqat yuqori tashkilotlar oldida yaxshi hisobot uchun intilishlari, buning uchun oddiy xodimlardan kozboyamachilikni talab qilishlari maorif va tibbiyotda islohotni amalga oshirishga katta tosiq bolmoqda, kadrlarni oz ishidan bezdirmoqda.

Shuning uchun ham ushbu ijtimoiy muhim ikki sohada rahbar kadrlarning togri tanlanishi, ishchi-xodimlar samarali boshqarilishi katta ahamiyatga ega, deb oylaymiz.

Aholi orasida muhit va kayfiyat yaratuvchi, taraqqiyot oyogiga tushov bolayotgan quyi darajadagi kadrlarning dunyoqarashini qanday ozgartirish, bilim saviyasini qanday yaxshilash mumkin? Meni koproq shu savol oylantiradi.

Tushunaman, bu juda ogir va ogriqli masala. Lekin shuni hal qilmasdan muvaffaqiyatga erishishning iloji ham yoq.

Menimcha, har bir tumanda har bir soha boyicha rahbar kadrlar zaxirasini tuzish kerak. Togri, bugungi kunda ham qogozda bunday zaxira mavjud. Lekin mutaxassis rahbarlik zaxirasiga qaysi meyorlar asosida, kimning tavsiyasiga kora kiritilmoqda? Yillar davomida bu zaxiradan foydalanish samarasi qanday boldi?.. Shu kabi savollarga javob berish qiyin bolsa kerak.

Rahbarlikka tayinlashda, fikrimcha, sohaning eng quyi qismida tajriba orttirgan, amaldagi mehnat munosabatlari qonunchiligini biladigan mutaxassis, masalan, maktab direktorligiga shu maktabda oddiy oqituvchilik qilib, jamoa va ota-onalar hurmatiga sazovor bolgan, muhimi, faoliyati davomida yangilik yaratishga intilgan, manaviy jihatdan barchaga ornak bola oladigan, boshqaruv boyicha malaka oshirgan pedagogni tayinlash maqsadga muvofiq boladi.

Sogliqni saqlash tizimida ham rahbarlik lavozimlariga poliklinika, QVP, eng uzoq tumandagi shifoxona ahvolini his qila oladigan, joylardagi muammolardan xabardor, sohadagi tashabbuskor insonlar maxsus tayyorgarlikdan song tayinlansa, bir necha yildan beri ozgarishi qiyin bolayotgan soha jonlanarmidi, deyman.

Xulosam shuki, holatni va imkoniyatni real baholay oladigan, yuqoridan korsatmani kutmasdan, mustaqil fikrlab, harakat qila biladigan rahbarlar zarur bizga.

Yana bir taklifim: barcha oliy oquv yurtlarida sohaga oid meyoriy hujjatlar oquv dasturlariga kiritilishi, boshqaruv asoslari fan sifatida zamonaviy shakl va mazmunda orgatilishi kerak.

Rivojlangan, erkin, farovon mamlakatda yashashni barchamiz istaymiz. Bunday mamlakatni yaratish esa oqish, organish, masuliyatni zimmaga olish, tinimsiz izlanish va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Biz ozgarishni ozimizdan, farzandlarimizdan, yon atrofimizdan boshlasakkina ezgu maqsadlarimizga yetishishimizga ishonaman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: