O'zb  
 
13.08.2019

HISOBLAGICH BOR, SUV YOQ

Namangan viloyat partiya kengashi deputatlar guruhi bilan birgalikda Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomli madaniyat va istirohat bog‘ida aholi vakillari bilan ochiq muloqot otkazdi.

Tadbirda viloyat partiya kengashi raisi Ravshan Abdullayev, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Gulshan Asatova, OzXDPdan viloyat Kengashi deputati, Senat a’zosi Mavluda Imomova, Chust tuman hokimi orinbosari Nuriddin Kenjayev aholini ijtimoiy himoyalash va qollab-quvvatlash boyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soz yuritishdi.

Shundan song aholi vakillari ozlari istiqomat qilayotgan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr mulohazalari, muammoli holatlar haqida taklif va talablarini bayon qilishdi.

– «Pansada» mahallasidan keldim, deydi Abror Madboyev. Shu kunlarda jiyanim Javohir tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bolimida ogir ahvolda yotibdi. Nazarimda, unga viloyat yoki respublika muassasalarida ishlaydigan vrach-mutaxassislarning yordami zarur. Agar deputatlarimiz shu masalada komak berishsa, yaxshi bolardi.

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi orinbosari, tuman Kengashi deputati Faxriddin Zokirov bu murojaat boyicha masuliyatni zimmasiga oldi, viloyatdan mutaxassislar chaqiriladigan boldi.

Varzigon, Shargildon mahallalariga xizmat korsatuvchi 49-oilaviy poliklinika bosh vrachi Habiba Vohidova poliklinika uchun yana bitta qoshimcha tez tibbiy mashinasi ajratilishini soradi.

Ornatilgan tartibga kora 12 ming nafar aholiga bitta tez tibbiy yordam mashinasi ajratilishi kerak, deya izoh berdi u. Bizning oilaviy poliklinika hisobida 17 ming kishi hisobda turadi. Xizmat chaqiruvlari kop, bitta mashina bilan ulgurish qiyin bolyapti. Aholi bu holatga etiroz bildiryapti.

Ushbu murojaatni atroflicha organib hal etish boyicha deputat va mutaxassislardan iborat guruh tuzildi.

Men Bodomzor mahallasidanman, dedi ozini Umrinisa Latipova deb tanishtirgan ayol. Oglimni oilasi bilan mahallamiz hududidagi yosh oilalar kochasiga kochirgandik. Oshanda Suvoqava tuman bolimi tomonidan vodoprovod suvi uchun pul yigilib, quvur tortilgandi. Hisoblagich ornatilib, hali kelmagan suv uchun ham oldindan tolov undirilgan edi. Shunga ham 4 yil bolibdi. Suv qachon keladi? Oldindan undirilgan tolov pullarining hisob-kitobi qanday boladi?..

Mutasaddi Samayev Mominjon soz olib, holat deputatlar bilan birga qayta organilishini, talabni qonoatlantirishga kirishilishini malum qildi.

Savol-javoblar asosida qizgin otgan muloqotda kotarilgan masalalar organilishi, natijalar boyicha murojaatchilarga malumot berilishi malum qilindi.

OzXDP Namangan viloyat kengashi muloqotda faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Nosirjon DEHQONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: