O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
06.08.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

Devor oshgan o‘gri

Toshkent viloyatining Angren shahrida 2019 yil 30 iyul kuni noma’lum shaxs Chinniobod mahallasi Iltifot kochasida yashovchi 54 yoshli M.X.ning uyiga devor oshish yoli bilan kirib, 3 500 AQSh dollari va 920 000 som pulini ogirlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar 8-mart mahallasida yashovchi 24 yoshli H.U. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mastlikdagi janjal

2019 yil 1 avgust kuni Qoraqalpogiston Respublikasining 1-kichik tumanida yashovchi 58 yoshli Ye.K. mast holda Taxiatosh tumani N.Seytmuratov kochasida ozaro janjal oqibatida mast holda bolgan tanishi, Keneges kochasida yashovchi 61 yoshli K.T.ni pichoq bilan jarohatlagan.

Natijada K.T. kasalxonaga yotqizilgan. Ye.K. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuk avtomashinasi olib beraman deb...

2019 yil 1 iyul kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi 39 yoshli J.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil aprel oyida Olot tumanida yashovchi 47 yoshli N.D. unga Turkmaniston Respublikasidan «HOWO» rusumli yuk avtomashinasi olib berishini vada qilib, Olot chegara bojxona kompleksi oldida 18 000 AQSh dollarini olganligi va bergan vadasini bajarmasdan ushbu pullarni oz ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini malum qilgan.

Jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shaxsi aniqlandi

2019 yil 31 iyul kuni soat 02:00 larda nomalum shaxs Qoraqalpogiston Respublikasining Tortkol tumanida yashovchi 25 yoshli G.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, 8 million som pulini ogirlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Tortkol tumani Abay kochasida yashovchi 42 yoshli U.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kaptiva egasi qidirilmoqda

2019 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 43 yoshli M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 1 avgust kuni soat 22:00 larda ogli 19 yoshli Komilxon Usmonov ozining davlat raqam belgisi 01 Z 455 RA bolgan Kaptiva rusumli avtomashinasida uyidan nomalum tomonga chiqib ketib, bedarak yoqolganligini malum qilgan.

Hozirda K.Usmonovni qidirib topish choralari korilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oz ornida fuqarolarimizdan K.Usmonov yoki uning boshqaruvidagi Kaptiva avtomashinasi haqida biron bir malumotga ega bolsalar, ichki ishlar organlarining hududiy bolimlariga yoki ?02 telefon raqamiga qongiroq qilib, xabar berishlarini soraymiz.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: