O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
06.08.2019

GULSHAN ISTIROHAT BOGI OBOD BOLADIMI?

Bu savol ochiq qolayotganga o‘xshaydi

Gazetaning 2019 yil 4 iyun sonida e’lon qilingan tanqidiy maqolada mazkur dam olish maskani qarovsiz ahvolda qolgani yaqin atrofda yashayotgan aholi etiroziga sabab bolayotgani haqida fikrlar bildirilgan edi.

Mazkur maqolada kotarilgan masala boyicha Toshkent shahar prokuraturasidan 2019 yil 24 iyun va Toshkent shahar hokimligi madaniyat bosh boshqarmasidan 28 iyun sanasi bilan javob xati olindi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan berilgan javob xatida shunday deyiladi:

“Maqola Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari bilan birga korib chiqildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 13.07.2018 yildagi 1043-sonli qarori Toshkent shahar hududidan oqib otuvchi kanal va kollektorlarning qirgoqboyi mintaqalarini belgilash haqida” chiqarilgan bolib, qarorda maqolada qayd qilingan holatlar, yani Gulshan madaniyat va istirohat bogini qaytadan rekonstruksiya qilish va ishga tushirish masalasi korsatilmagan.

Organishda shahar hokimligi tomonidan 2018-2019 yillarda Gulshan madaniyat va istirohat bogini qaytadan rekonstruksiya qilish va ishga tushirish masalasi boyicha alohida qarori qabul qilinmagani aniqlandi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2018 yildagi Madaniyat va sanat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan Gulshan madaniyat va istirohat bogini fuqarolarning kongilli dam olishlari uchun xususiy sheriklik asosida tadbirkor-investorlarga berilishi belgilangan.

Toshkent shahar hokimligining malumotiga kora, bogni zamonaviy korinishga keltirish, dam oluvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun tashabbus korsatayotgan tashkilot va investorlarning loyihalari korib chiqilayotgan bolib, Investorlar kuni doirasida tashabbuskor tadbirkorlarning loyihasi maqullangan taqdirda, belgilangan tartibda davlat xususiy sherikchilik asosida uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilib, tez orada bog faoliyati yolga qoyiladi.

Toshkent shahar prokurori orinbosari A.R. Pulatov

Toshkent shahar hokimligi madaniyat bosh boshqarmasi boshligi M.Yunusov imzosi bilan berilgan javob xati kishi konglini gash qiladi. Boshqarma boshligi Gulshan istirohat bogi bilan bogliq masalalar boyicha qiziqqan barcha tashkilotlarga biratola javob yozganga oxshaydi. Xat shunday boshlangan: Malumot uchun: Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, Pravda Vostoka gazetasi tahririyatiga, Golos Uzbekistana gazetasi tahririyatiga, nusxasi Toshkent shahar hokimligiga.

Golos Uzbekistana gazetasi tahririyatiga deb yozilgan javobdan keyin, togrisi, Toshkent shahar hokimligi Madaniyat bosh boshqarmasi boshligi M.Yunusov Ozbekiston ovozi gazetasida chop etilgan maqolani oqigan-oqimaganini ham bilmay qoldik. Agar oqigan bolsa, eslatamiz, maqola Golos Uzbekistanada emas, balki Ozbekiston ovozida chop etilgan. Toshkent shahar hokimligiga xat ham Ozbekiston ovozidan yuborilgan edi. Demak, M.Yunusov maqolani oqib ham kormaganga oxshaydi.

Javob xatida ilgari kop aytilgan gaplar takrorlangan. Gulshan istirohat bogi boyicha tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar korib chiqilayotgani, agar ulardan birortasi maqul deb topilsa, bog oshanga tegishli qaror asosida berilishi aytilgan. Qolaversa, Toshkent shahar hokimligida investorlar va tadbirkorlar tomonidan Toshkent shahrida amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar yuzasidan takliflar korib chiqish boyicha investorlar kuni belgilangan va mazkur kunlarda tashabbuskorlar loyihalari korib chiqilishi yuzasidan tavsiya berilgan, deyiladi javob xatida.

– Istirohat bogi yon-atrofida istiqomat qilayotgan aholi murojaatiga ham ikki yildan buyon ana shunday, bir xil mazmundagi javob xati berib kelinmoqda, deydi Shukur Burhonov mahallasida yashovchi otaxon Ibrohim Abduganiyev. Har safar Bog 2013-2014 yillarda Toshkent shahar hokimligi tomonidan kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi, deyiladi. Kapital rekonstruksiya qilindi, deganda, nimani tushunish kerak? Bogdagi mayda-chuyda ishlarni bajarib, nomiga bitta arka ornatish kapital rekonstruksiya qilishga kiradimi?

Gazetada tanqidiy maqola chop etilganidan keyin yolgon bolmasin, tuman obodonlashtirish tashkiloti tomonidan uncha-muncha chiqindilar olib ketildi. Lekin bu muammoning yechimi emas-ku! Yana qaytarib aytaman, agar bogni tamirlash va tasarruf qilish masalasi kun tartibiga qoyilsa, allaqachon oz egasini topgan bolardi. Xatda har safar mazkur kunlarda loyihalar korib chiqilayapti, deb yoziladi. Lekin mazkur kunlar qachon natija beradi?

Bogga yangi direktor tayinlangan, lekin mablag yoqligi uchun u ham nima qilishini bilmay hayron. Hatto bog qorovulligiga shtat birligi bolmaganidan keyin ahvol qanchalik tashvishli ekanini tasavvur qilish qiyin emas. Yaqinda bog ichidagi choyxona binosi yonib ketdi. Qarov bolmaganidan keyin ahvol bundan ham battar bolishi tabiiy.

Xullas, tashlandiq holda yotgan Gulshan madaniyat va istirohat bogi obod boladimi, degan savol ochiqligicha qolmoqda.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

TAHRIRIYATDAN:

Ushbu maqola chop etilayotgan kuni Gulshan madaniyat va istirohat bogi atrofida joylashgan Nodirabegim, Shortepa, Bahor, Alisher Navoiy, Katta Qorasuv, Shukur Burxonov mahalla ahlining bir guruhi tahririyatga yana qayta murojaat bilan kelishdi. Ular bog ornidagi hudud boshqa maqsadlarda ishlatish uchun moljallanayotgani haqidagi gap-sozlar kopayib borayotgani va bundan xavotirda ekanliklarini bildirishdi. Bu gap-sozlar asossiz bolishi ham mumkin. Lekin, shamol bolmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb bejiz aytilmaydi.

Gulshan madaniyat va istirohat bogi atrofidagi 5-6 mahallada aholi sonining 3-4 mingdan ziyodligini, bundan tashqari, shu atrofdagi orta va oliy oquv yurtlarida oqiydigan oquvchi va talabalar sonini hisobga oladigan bolsak, bu bogning faoliyat korsatishi qanchalik muhimligi ayon boladi.

Shu orinda yana bir masala ustida toxtalishga togri keladi. Matbuotning vazifasi davlat siyosatidan xalqni xabardor qilish, xalqning muammolari, taklif va istaklarini davlat organlariga yetkazish. Tanqidiy maqoladagi masala matbuotning emas, odamlarning masalasi. Shu bois davlat idoralari, xususan, hokimliklarning matbuotga munosabatini xalqqa munosabat, deb baholash togri boladi. Matbuotdagi tanqidiy maqolalarga etiborsiz qarash, tahririyat nomiga javob xati yollash odamlarga bolgan hurmatsizlikning korinishi, deb qabul qilamiz va bunday holatlar bilan kelisha olmasligimizni malum qilamiz.

Kerak bolsa, yanada achchiqroq gaplarni aytish huquqi va imkoniyatiga egamiz. Matbuotga masuliyat va hurmat bilan qarash xalqqa bolgan munosabatni bildiradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: