O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
06.08.2019

DAVLATLAR ORTASIDA FITOSANITAR XAVFSIZLIK: HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA

Poytaxtimizdagi «Miran International Hotel» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Osimliklar karantini davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropa va Orta yer dengizi osimliklar karantini va himoyasi (EPPO), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda fitosanitar xavf tahliliga bagishlangan xalqaro seminar tashkil etildi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, Markaziy Osiyo davlatlarining qishloq xojaligi sohasidagi yetakchi ekspertlari, shuningdek, inspeksiya rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda sozga chiqqan Osimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligi Ibrohim Ergashev, Yevropa va Orta yer dengizi osimliklar karantini va himoyasi tashkiloti Bosh direktori Niko Xorn, Xalqaro taraqqiyot agentligi loyiha rahbari Djeff Rayt Markaziy Osiyo davlatlari — AQSh (S5-1) formatining asosiy loyihalaridan biri, ya’ni osimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish, azo mamlakatlarning fitosanitar holatini yaxshilash, zararkunandalar tarqalishining oldini olish hamda chet el mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga alohida etibor qaratish lozim ekanligini takidlashdi. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida tashkil etilgan seminarda Ozbekiston, Qozogiston, Tojikiston va Turkmaniston karantin xizmatlari ortasida fitosanitar xavfsizlikni taminlash hamda zararli organizmlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ozaro tajriba almashish, karantin inspeksiyalari mutaxassislarida fitosanitar xavfni prognozlashtirish va tahlil qilish konikmasini oshirishga asosiy etibor qaratilayotgani togrisida ham fikr-mulohaza bildirildi.

Malumot ornida shuni aytish mumkinki, fitosanitar xavf tahlili (FXT) deganda osimliklar karantini davlat xizmati tomonidan osimliklar karantini nazorati ostidagi mahsulotlar (uruglar, kochatlar, osimlik qisimlari va mahsulotlar) bilan zararli organizmlarning yangi hududga tarqalishi xavfini biologik, ekologik, ilmiy va iqtisodiy jihatdan baholash tushuniladi.

Aslini olganda, fitosanitar xavf tahliliga bagishlangan xalqaro standartlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xojaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) dasturi doirasida Osimliklar himoyasi boyicha Xalqaro Konvensiya kotibiyati tomonidan tayyorlanadi. Shuningdek, Yevropa va Orta yer dengizi osimliklar karantini va himoyasi (EPPO) tashkiloti ham fitosanitar xavf tahlili boyicha oz standartlarini joriy etgan.

Seminar doirasida biologiya fanlari doktori, Yevropa va Orta yer dengizi osimliklar karantini va himoyasi tashkilotining ilmiy maslahatchisi Andrey Orlinskiy, fitosanitariya sohasining yetakchi konsultanti Yelena Karimova va boshqa xorijlik ekspertlar tomonidan mahalliy mutaxassislarning fitosanitar xavf tahlili borasidagi bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan treninglar ham otkazildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: