O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.08.2019

SIRDARYOGA MEDIA-TUR

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatiga ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun bir kunlik media-tur tashkil etildi.

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov, bir qator markaziy nashrlar bosh muharrirlari, faol jurnalistlardan tashkil topgan media-tur ishtirokchilari dastlab Sirdaryo tumanidagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri «Sirdaryo Glass» masuliyati cheklangan jamiyatida boldi.

Ushbu korxona tomonidan qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda konservalash yolga qoyilgan. 100 dan ziyod ish orni yaratilgan korxonada yiliga 3 ming tonna mahsulot qayta ishlanadi. Bu esa, oz navbatida, viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saqlash va eksport qilish hajmini oshirish imkonini beradi.

Jurnalistlar tumandagi eng yirik Peng Sheng Ozbekiston – Xitoy qoshma korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Ishtirokchilar qoshma korxona hududida barpo etilgan muhtasham Ozbekiston Xitoy dostlik bogida tantanali kutib olindi.

Mehmonlar korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilar va tuman aholisi uchun Ozbekiston Xitoy dostlik bogida yaratilgan sharoitlar, bu yerdagi maktabgacha talim muassasasi faoliyati, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan tashkil etilgan Peng Sheng korgazma savdo zali bilan ham tanishdi.

Qoshma korxonaning Agro eco texnologi qurilish-pudrat korxonasi tomonidan tomchilatib sugorish texnologiyasi asosida barpo etilgan 90 gektar maydondagi dalasida olib borilayotgan ishlar, gozaning rivoji, yangi texnologiyaning afzalliklari mehmonlarda katta qiziqish uygotdi.

Tomchilatib sugorishning afzalliklari juda kop, deydi Peng Sheng qoshma korxonasi ijrochi direktori G.Ahmedov. Joriy yilning 15 aprelida xitoy texnologiyasi asosida 90 gektar paxta maydoniga tomchilatib sugorishga moslab chigit ekkanmiz. Har bir gozada 10-15 tadan boliq kosak mavjud. Bu texnologiyaning afzallik jihati, gozani begona ot bosishdan asraydi, suv huda-behudaga sarflanmaydi, mineral va mahalliy ogit hamda suv har bir niholning tag tomirigacha tolaligicha yetib boradi. Xitoy paxta yetishtirish boyicha jahonda birinchi orinda turadi. U yerda hosildorlik ham juda yuqori. Shu maydondan joriy yil kamida 70 sentnerdan hosil kotarishni maqsad qilganmiz.

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan media-tur ishtirokchilari mazkur tashrif davomida viloyatning Sayxunobod tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari, manaviy-marifiy, maishiy xizmat korsatish sohalaridagi yutuqlar va shart-sharoit bilan ham tanishdi.

Sayxun shaharchasida Sayxun planet masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan zamonaviy xizmat korsatish majmuasi ishtirokchilarning etiborini tortdi. Ushbu majmuaning birinchi qavatida savdo kompleksi, ikkinchi qavatida bolalar uchun avtomat-oyinlar va har biri 40 orinli 2 ta kinozal aholi xizmatiga topshirilgan.

Maqsadimiz tumanimizda Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirishdan iborat, deydi Sayxunobod tumani hokimi B.Mirzaqulov. Tumanimizda xotin-qizlar bandligini taminlash maqsadida 200 oringa moljallangan tikuv sexi faoliyat olib bormoqda. Bu borada yana qoshimcha ishlarni amalga oshiryapmiz. Qayta tamirlangan yoshlar sport majmuasida turli sport musobaqalari muntazam otkazib kelinmoqda. Tez kunlarda ana shu tashabbuslar doirasida Xotira xiyoboni, zamonaviy Kitob olami savdo majmuasi qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Media-tur Guliston shahrida davom ettirilib, viloyat hokimining yangidan barpo etilgan qabullar uyida viloyat hokimi G.Mirzayev bilan uchrashuv bolib otdi.

Bu muhtasham bino bir yil davomida qurib bitkazildi, deydi viloyat hokimi G.Mirzayev. Sizlar birinchi mehmonimiz. Ilgari viloyatimiz cholga qiyoslanardi. Bugun esa obod maskanga aylanmoqda. Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari ushbu bunyodkorlik ishlarida muhim ahamiyatga ega. Lekin yana ikki yildan keyin hudud bugungidan-da ozgacha chiroy kasb etadi va men bunga aminman.

Darhaqiqat, viloyatda investitsiya kiritish, aholi bandligini taminlash boyicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, otgan yili davlat byudjetiga 3 milliard somga yaqin mablag tushirildi. Bu yil yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotni 1,5 trillion somga yetkazish kozda tutilgan. Joriy yil yakuniga qadar 178 million dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Bu boradagi reja dastlabki yarim yillikda qariyb 60 foizga bajarildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tadbir ishtirokchilariga davlatimiz rahbarining hududga tashrifi davomida, Sirdaryo respublikamizning boshqa viloyatlariga har bir sohada namuna bolmogi lozimligi xususida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklagan topshiriqlar, viloyatning qishloq xojaligi, sanoat, ishlab chiqarish salohiyati va hudduda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari borasida ham gapirib berdi.

Uchrashuvdan song tadbir ishtirokchilari Xovos tumanining yangi markazidagi ulkan bunyodkorlik ishlari, tumanda qad rostlagan yangi masjid, tuman hududidagi Xovostepa tarixiy yodgorligi bilan tanishishdi.

Jurnalistlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 maydagi Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur oqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish togrisidagi qarori ijrosi doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat markazidagi ushbu maktabda boldi.

2019 yil 13 mart kuni Guliston shahrida 150 oringa moljallangan ushbu ziyo maskani Ozbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti faniga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni barpo etish uchun tamal toshi qoyilgan edi. Tez orada qurilish ishlari amalga oshirilib, korkam bino qad rostladi.

Shuningdek, mehmonlar Guliston shahridagi Buyuk kelajak massivida yangi qurilgan kop qavatli uylarda yaratilgan sharoit bilan tanishib, bu yerda istiqomat qilayotganlar bilan suhbatlashdi.

Barcha qulaylik yaratilgan yangi massivdagi ushbu 5 qavatli uylarning 30 xonadonida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, 30 xonadonida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, 11 xonadonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, 49 xonadonida ichki ishlar organlari xodimlari istiqomat qilmoqda.

Tadbir ishtirokchilarining Sirdaryodagi songgi manzili Guliston shahrida O?qituvchi brendi ostida ishga tushirilgan, 10 ming nusxadan ziyod kitob fondi va kafesiga ega zamonaviy Book Cafe kitob dokoni boldi. 2 oy muddatda barpo etilgan ushbu Book Cafe tadbir ishtirokchilarida juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatiga tashkil etilgan bir kunlik media-tur mana shunday taassurotlarga boy boldi.

Abdujalol QAYUMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: