O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.08.2019

TORAQORGON IES ISHGA TUSHSA,

Farg‘ona vodiysini toliq elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni paydo boladi

Namangan gullar shahri sifatida dunyoga tanilgan. Kop asrlik hunarmandlik maktabi ham malumu mashhur. Bugun viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari ana shu jahoniy etirofga hamohang kechmoqda.

Toraqorgon tumanida issiqlik elektr stansiyasi qurilayotgani esa nafaqat viloyatliklar, balki Fargona vodiysi ahlini xursand qilmoqda. Chunki inshoot toliq quvvat bilan ishga tushsa, vodiy xalqini uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlash imkoni paydo boladi.

Yaqinda bir guruh jurnalistlar Toraqorgon issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSh dollaridan ziyod bolib, u Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Ozbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi va "Ozbekenergo" AJ mablaglari asosida moliyalashtirilgan. Stansiya Yaponiyaning "Mitsubihi Corporation" va "Mitsubishi Hitachi Power Systems" konsorsiumi tomonidan barpo etilmoqda. Turkiyaning "SaIik Enerji" kompaniyasi mutaxassislari ham qurilish-montaj ishlarida qatnashmoqda.

Toraqorgon issiqlik elektr stansiyasi qurilish direksiyasi rahbari Akmal Fayziyevning malumot berishicha, 90 gektar hududni qamrab olgan maydonning 22 gektarida qazish va tekislash ishlari olti oyda bajarilgan. Bu yerda ikkita bug-gaz qurilmasi qad rostlagan. Ular markaziy boshqaruv pulti orqali nazorat qilinadi.

Ayni chogda inshootda qurilish ishlari deyarli tugallangan. Birinchi va ikkinchi bug-gaz qurilmalarida asosiy elektr energiyani ishlab chiqaradigan barcha uskuna va agregatlar ornatilgan. Ularda montaj va sozlash ishlari yakuniga yetgan. Hududda yol va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilgan, ishchilar uchun tort qavatli uchta uy qurilgan. Direksiya mamuriyati uch qavatli binoda joylashgan, Yongin xavfsizligi xizmati alohida maxsus binoda joylashgan, beton zavodi va boshqa yordamchi xojaliklar faoliyati yolga qoyilgan.

– Qurilish ishlariga 2500 dan ortiq ishchi-xodim va mutaxassis jalb etildi, deydi Toraqorgon issiqlik elektr stansiyasi bosh muhandisi Nodir Nasibaliyev. Ularning 550 nafari Yaponiya, Turkiya, Hindiston va yana yigirmadan ortiq davlatdan keldi. Hozir qurilish ishlari yakuniga yetmoqda. Shu bois endi bu yerda soha mutaxassislariga kozingiz tushadi. Ular ayni kunda montaj ishlari bilan band. Yana bir yangilik birinchi bug-gaz qurilmasida sinov jarayonlarini boshladik va 10 avgustdan 300 MVt quvvatni tarmoqqa bera boshlaymiz. Bunda bir vaqtning ozida sinov ishlari ham olib boriladi. Shunday qilib, issiqlik elektr stansiyasining birinchi bug-gaz qurilmasi joriy yilning sentabr oyida, ikkinchisi esa dekabrda ishga tushiriladi.

Markaziy boshqaruv pulti faoliyati bilan tanishuv chogida yaponiyalik mutaxassislar ham ushbu loyihaning amaliy ahamiyati haqida sozlab berdi.

Bu yerda asosiy ishlarni yakunladik, deydi ”Mitsubishi Hitachi Power Systems konsorsiumi loyiha menejeri Xiroshi Otagura. Qurilish ishlarida kompaniyamizning 30 nafar yaponiyalik va 55 nafar boshqa davlatlardan kelgan vakillari qatnashmoqda. Yurtingizda ishlash bizga maqul boldi. Kelgusida yana shunday loyihalarda ishtirok etish niyatimiz bor.

Muxtasar aytganda, mazkur yirik inshoot mamlakatimizda yagona bolib, u bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning amaldagi samarasidir. U ishga tushirilgach, 900 MVt qoshimcha quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoni paydo boladi, 300 yangi ish orni yaratiladi.

Nasiba ZIYODULLAYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: