O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
06.08.2019

ELEKTR ENERGIYA TEJAMKORLIGI OSHMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan «Ozdavenergonazorat» faoliyati va kelgusidagi rejalari xususida matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda energetika sohasida tub islohotlar amalga oshirilayotgani hamda ushbu ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizi issiqlik elektr stansiyalari, 10 foizi gidroelektr stansiyalari hissasiga togri kelayotgani ta’kidlandi.

— Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24 iyundagi tegishli qaroriga asosan Ozdavenergonazorat inspeksiyasining faoliyati yanada aniq belgilab berilgan, deydi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshqarma boshligi Abdurasul Usmonov. Xususan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va istemol qilish, shu bilan birga, komirdan foydalanish sohasida meyoriy-huquqiy hujjatlar, talab-tartiblarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, elektr energiya samaradorligi va istemolchi madaniyatini oshirish yonalishlarida ham qator tadbirlar nazoratini tashkil etadi.

– Elektr energiya tejamkorligiga erishish dolzarb masaladir, deydi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshqarma boshligi Alisher Torayev. Buning uchun ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani uzatish, taqsimlash va istemol qilishda talab-tartiblarga amal qilish hamda davlat nazoratini kuchaytirish zarur. Shuningdek, eskirgan va muddatini otagan elektr texnologiyalarini yangi, zamonaviy uskunalar bilan almashtirish ham samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Joriy yilning birinchi yarim yilligida yurtimizda 633 ta eskirgan uskuna yangisiga almashtirilishi natijasida 182 million kv/soat energiya tejamkorligiga erishildi. Yil yakuniga qadar yana 1200 ta eskirgan elektr texnologiyalari orniga yangisi ornatilib, bir yilda 647 million kv/soat elektr energiyani tejash rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbirda elektr energiyani tejash borasida poytaxtimizning Yunusobod tumanida tajriba tariqasida otkazilayotgan loyiha haqida ham malumotlar berildi. Jumladan, aholi uchun, yani bir xonadonga bir oyga 300 kilovatt/soat elektr energiyasi belgilangan narxda sotiladi. Agarda xonadonda bir oy davomida elektr energiya sarfi shu meyordan oshib ketsa, amaldagi narxdan 20 foiz qimmatroq narx tolashga togri keladi. Bu tajriba qollanilishi elektr energiyadan oqilona foydalanish bilan birga, aholida tejamkorlik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi takidlandi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: