O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.07.2019

IJRO HARAKATLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

Samarqand viloyati, Payariq tumani, «Binokor inshoot» xususiy korxonasi rahbari A.Azzamovning tahririyatimizga yo‘llagan shikoyatida sud qarori ijrosi ta’minlanmayotganligi bayon etilgan edi. Uning shikoyat arizasini Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yollagan edik. Majburiy ijro byurosidan javob xati keldi.

Binokor inshoot XK rahbari A.M.Azzamovning sud qarorlari ijrosi taminlanmayotganligi haqidagi murojaati korib chiqildi.

Aniqlanishicha, Dostlik tumanlararo iqtisodiy sudining 15.01.2018 yildagi qarzdor Dostlik don mahsulotlari AJdan undiruvchi Binokor inshoot xususiy korxonasi foydasiga 374,4 million som undirish togrisidagi ijro hujjati boyicha 06.02.2018 yildan Byuroning Dostlik tuman bolimida ijro ishi yuritilgan.

Bundan tashqari, bolim ish yurituvida qarzdordan tuman DSI foydasiga 2,2 milliard som va boshqa xojalik yurituvchi subektlar foydasiga 9,8 milliard som qarz undirish togrisidagi ijro hujjatlari mavjud bolib, ular Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish togrisidagi Qonunning 251-moddasiga asosan yuqorida qayd etilgan ijro hujjatlari bilan yigma ijro ishi yurituviga birlashtirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi hisob raqamlariga band solinib, inkassa topshiriqnomalari qoyilgan, unga tegishli mol-mulklarni aniqlash va xatlash choralari korilgan.

Jumladan, qarzdorga tegishli bolgan Dostlik tumani, Sanoatchilar MFYda joylashgan 6-uy 182,7 million som va Arnasoy tumani, Cholquvar QFY hududidagi markaziy sozlash ustaxonasi 4,8 milliard somga baholangan holda elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Qarzdordan undirilgan yoki uning mol-mulklari realizatsiyasidan tushgan pul mablaglari Qonunning 80-moddasiga muvofiq undiruvlar navbatiga asosan taqsimlanmoqda.

Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan jami 19 million som undiruvchining bankdagi hisob raqamiga otkazib berilishi taminlangan.

Hozirda undiruvga qaratilgan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Majburiy ijro byuro direktori orinbosari S.A.Berdialiyev


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: