O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
30.07.2019

BOYSUNDA YANGI GAZ KONI TOPILDI

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida gaz koni ochilishi haqida o‘tgan asrning 80-yillarida katta shov-shuv kotarilib, matbuotda turli xabarlar tarqalgan edi. Osha kunlarni xotirlasam, hovlimizning roparasidagi choyxona yonida har kuni toplangan 15-20 nafarga yaqin odam toplanishi, peshonasida «Buravoy» deb, yozib qoyilgan usti ochiq mashina ularni qayoqqadir olib ketib, kechqurun qaytarib olib kelib qoyishi koz ongimda gavdalanadi. Keyin nima boldiyu odamlar ham, mashina ham korinmay ketdi, gaz koni haqidagi gap-sozlar ham toxtadi.

Bundan ikki yil muqaddam gaz koni ochilishi haqida yana mish-mish tarqaldi. Lekin bu gal gap-gapligicha qolib ketmadi. Prezidentimizining 2017 yil aprelda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chogida rossiyalik investorlar bilan uchrashuvidan song oradan kop vaqt otmay, Boysun tumanidagi Mustaqillikning 25 yilligi deb, nomlangan gaz konida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Imzolangan bitimga asosan bu yerda dastlabki qidiruv ishlari va gaz-kimyo majmuasini qurish nazarda tutilgan.

Bu kon loyihasining umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng bolib, ikki bosqichda amalga oshiriladi. 2018-2022 yillarga moljallangan birinchi bosqichda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega yirik zavod quriladi. Jumladan, Erta gaz dasturi doirasida 2020 yildan boshlab, 2 ming 800 metr chuqurlikdagi gaz qatlamidan yiliga 1 milliard kub metrgacha gaz qazib olinadi. 2023 yilda esa yana 15 ta quduq foydalanishga topshirilib, gazni qayta ishlash zavodining ikkinchi liniyasi ishga tushiriladi va gaz qazib olish yiliga 5 milliard kub metrga yetkaziladi.

Shuningdek, 2023-2025 yillarga moljallangan ikkinchi bosqichda 1,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash hisobidan yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqariladigan gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi. Loyiha amalga oshirilgandan song jami 2 ming 200 ish orni yaratiladi.

Hozirgi kunda gaz konining 160 kvadrat kilometr maydonida Xitoyning BJP kompaniyasi tomonidan ZD seysmik qidiruv ishlari otkazildi. Eriell kompaniyasi tomonidan 7 ta baholash qudugi burgilanmoqda. Ayni paytda bu yerda jami 1 ming 125 ishchi, jumladan Beyker Xyuz, Xalibyorton va Shlyumberje kabi xorijiy kompaniyalarning mutaxassislari mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 30 aprel va 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi paytida Mustaqillikning 25 yilligi gaz konida ham bolib, bitim doirasidagi ishlarning borishi bilan yaqindan tanishgan edi. Jumladan, loyiha hamkori, Altmax Holding LTD kompaniyasi ta’sischisi, rossiyalik investor Andrey Filatov bilan gazni qayta ishlash majmuasini loyihalashtirish va uni qurish, shuningdek, dastlabki geologiya-qidiruv ishlari natijalari haqida suhbatlashgandi.

Mana, kuni kecha xushxabar tarqaldi. Gaz konida olib borilayotgan parmalash ishlari natijasida bu yerda yana bir yangi gaz koni topilgan. Gazning bir sutkada quyilib kelishi ortacha 300 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Parmalash ishlari va skvajina qurilishi Surhan gas chemical operating company MChJ hamda Markaziy Osiyo, Rossiya Fedaratsiyasi va Yaqin Sharqda bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan Eriell kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Abdi QODIROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: