O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.07.2019

UY VATAN, MULK JON KABI AZIZ

«SNOS» bilan bog‘liq muammoli holatlar hamma hududda adolatli hal etilyaptimi?

Mamlakatimiz ulkan qurilish, obodonlashtirish maydoniga aylangani haqida kop iliq fikrlar aytish mumkin. Tor yollar kengaytirilayapti, yashash uchun tuzukroq sharoiti yoq eski va tiqilinch uylar ornida korkam, infratuzilmali imoratlar barpo etilyapti. Muntazam ishlaydigan suv tizimi, mashina bemalol kirib-chiqadigan yoli, hatto 10 metr kanalizatsiyasi bolmagan, lekin 40-50 yildan beri shahar deb ataladigan hududlar yangi qiyofaga kiryapti. Buning uchun qanchadan-qancha odamlar kechayu kunduz tinim bilmay mehnat qilayapti. Kongil yozib yashashga sharoit yaratilayotgan maskanlardagi aholi mamnun, qoli duoda. Yurtdagi qurilish, obodonlashtirish haqida gap ketganda, bu haqda eslamaslik insofdan bolmaydi.

Lekin ayrim hududlardagi hokimlaru mas’ullarning uquvsizligi, masuliyatsizligi, aytish mumkinki, madaniyatsizligi nohaqlik va noroziliklarga sabab bolyapti. Shuning oqibatida bazi tumanlarda odamlar qurilish, obodonlantirish deb ataladigan ishlardan bezib qolayotgani, afsuski, haqiqat. Yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy imoratlar odatda odamlar yashab turgan eskiroq uy-joylar, tadbirkorlar dokonlari joylashgan hududlarga togri kelyapti. Yangi loyihaga kirishishdan oldin birinchi navbatda buzilishi kozda tutilgan uy-joylar, yani mol-mulk egalarini rozi qilish zarur. Obodlik rozi-rizochilik bilan bolgani yaxshi. Ammo bu boradagi ishlar borgan sari chigallashib ketayotgani otgan hafta Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida roy bergan voqealar misolida yana bir bor namoyon boldi.

Yakkabog tumanidagi Eski Yakkabog mahallasidagi bir qator bino va inshootlar buzilishi kerak bolgan. Ammo hokimlik buzilish boyicha fuqarolar va tadbirkorlarga ogohlantiruvchi biror hujjat bermagan. Shunday holatda hududda ottizga yaqin tadbirkorning binolari hech qanday kompensatsiya tolanmasdan buzib tashlangan. Tuman hokimligi malumotiga kora, Eski Yakkabog mahallasi Obod qishloq dasturi asosida obodonlashtirilib, hududdagi kochadan 10 kilometr ichimlik suv tarmogining bir qismi otadi, avtoturargoh ham quriladi.

20 iyul kuni Yakkabog tumani hokimi orinbosari Mansur Tuymayevning ozi ekskavatorga otirib, tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli binoni buzish harakatlarini boshlagan. Bu paytda ikki qavatli binoda tadbirkor, uning ishchilari va mijozlar ham bolgan. Bahriddin Isomov buzishni toxtatmoqchi bolgan. Ammo hokim orinbosari ekskavatordan tushmagan. Voqea guvohlaridan biri kun.uz muxbiriga malum qilishicha, dokon egasi 2 litrlik baklashkaga solingan benzinni olib chiqadi-da, ekskavatorda otirgan hokim orinbosarining ustiga sepib yuboradi. Keyin gugurt chaqib, otganda Tuymayev olov ichida qoldi. Odamlar uni ekskavatordan tushirib, olovni bir zumda ochirgan. Hokim orinbosari shifoxonaga, tadbirkor IIBga olib ketilgan...

Malumki, yana bir voqea Xorazmda roy bergan. Malumotlarga kora, Urganch shahri bosh rejasiga asosan Ashxobod mahallasi sanoat hududi hisoblanadi. 50-60 yil avval oilalar birin-ketin kochib kelib, uy-joy qurib, ornashib qolgan. Shu yil 400ga yaqin xonadonda yashovchi aholining uy-joylari buzilib, ularga Urganch tumani Chondirqiyot qishlogidan yer ajratib berilgan va toliq kochirib yuborilgan. Lekin bu holatda ham uyi buzilganlarga kompensatsiya puli berilmagan. Natijada aholi va shahar hokimligi ortasida mojaro kelib chiqqan. Kochirilgan aholi ikki oy mobaynida jazirama issiq bolishiga qaramay vaqtinchalik palatka va chaylalarda juda qiyin sharoitda yashab kelgan. Kompensatsiya puli ikki qismga bolib, toliq tolanishi vada qilingan. 26 iyul kuni Milliy bank tomonidan fuqarolarga kompensatsiya puli tarqatila boshlangan. Ammo pul miqdori kelishuv shartnomasida korsatilganidan juda kam bolgan. Odamlar qattiq norozi bolib, Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullayevning kelishini talab qilgan. Urganch – Xonqa yolining bir qismi tosilgan...

27 iyul kuni Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Chondirqiyot qishlogiga kelib, aholi bilan uchrashgan. 10 avgustga qadar kompensatsiya puli toliq miqdorda tolanishini vada qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi holatni joyiga chiqib organish va ijobiy hal etish boyicha Bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergani aytiladi. Bosh vazir Xorazmga borib, odamlar bilan uchrashgan. Shu kuni kompensatsiya pullari tarqatila boshlangan, 207 ta xonadon egasiga jami 21 milliard som taqsimlab berilgan. Buning uchun respublika byudjetidan mablag jalb etilgani aytilmoqda. Jami 394 ta xonadon egasi 70 milliard somdan ortiq kompensatsiya puli olishi kozda tutilgan. Bosh vazir raisligida otkazilgan yigilishda Urganch shahar hokimi va shahar prokuroriga yol qoygan xatolari uchun hayfsan berilgan...

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roziyev Yakkabog tumaniga borgan va Eski Yakkabog qorgonchasida bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashgan, murojaatlarni tinglagan. Yakkabog tuman hokimligi matbuot xizmati malumotiga kora, tadbirkor Bahriddin Isomovning dokoni, shuningdek, boshqa tadbirkorlarning dokonlari ham buzilmaydigan bolgan. Shu vaqtga qadar buzilganlariga yer ajratilib, kompensatsiya puli tolanishi belgilangan. Viloyat hokimi vaziyatni nazoratga olgani aytilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimi 28 iyul kuni ham Yakkabog tumanida bolib, Eski Yakkabog qorgonchasida tadbirkorlar bilan uchrashgan. Uy-joyi buzilgan 7 nafar, hovli devorlari buzilgan 27 nafar fuqaroga jami 1 milliard 700 million som kompensatsiya puli tolanishi malum qilingan. Shu kuni hududda katta hashar tashkil etilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog tumanida roy bergan holat yuzasidan quyidagilar malum qilingan:

Organish xulosalariga kora, tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xojalik masalalari boyicha orinbosari Mansur Tuymayev Xurramovich oz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qozgatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan buyon buzish masalalari boyicha yangi tizim joriy etilishi haqida xabarlar tarqadi. Unga muvofiq, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari buzilishi rejalashtirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi Farmonida 2018 yil 1 sentabrdan qatiy tartib joriy etilishi belgilangan. Unga muvofiq, yer uchastkasi olib qoyilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama otkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyingina yer uchastkalarini olib qoyish togrisida qaror qabul qilishga yol qoyilishi zarur.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan turar joy, ishlab chiqarish binolari (boshqa imorat va inshootlar) buzilishiga osha kochmas mulkning bozor qiymati, qolaversa, olib qoyish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning orni toliq qoplanganidan keyin ruxsat berilishi shart.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy mamuriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning byudjetdan tashqari mablaglari hisobidan qoplanishi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi belgilangan.

Mahalliy hokimliklar bu tartib-qoidalarga rioya etmayotgani, odamlarning mulki, xavfsizligi va shaniga daxl qilayotgani boyicha fakt va dalillar oz emas. Bu boradagi muammoli holatlar hamma hududda adolatli, tartib-qoidalarga muvofiq hal etiladimi? Hozir asosiy savol shu...

Adliya vazirligining kengaytirilgan hayat majlisida bu masalaga alohida etibor qaratilgan. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov quyidagicha fikr bildirgan:

Mulk daxlsizligini taminlamasdan iqtisodiy rivojlangan davlatning ozi yoq butun dunyoda. Bu esa bizning qonunlarimizda bitilgan eng oliy normalardan biridir va barcha munosabatlar tolaligicha tartibga solingan. Lekin amalda, ushbu tartib va qoidalar mutasaddilarning esidan chiqib ketdi. Natijada uy-joy masalasida qonun ustuvorligiga jiddiy putur yetdi. Bu nima degan gap? Odamlarning uyini buzib, kochaga chiqarib qoyib kompensatsiya tolamaslik, axir bu vahshiylik-ku. Bu hech qanday qonunchilikka togri kelmaydi, bu hech bir odamiylik tamoyiliga ham togri kelmaydi...

OAV xabarlari asosida

Tolqin TORAXONOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: