O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.07.2019

UNUTILMAS KUN

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Oqdaryo tumanidagi «Pure milk Oqdaryo» fermer xo‘jaligi dalasida bolib, bu yerdagi mirishkorlar bilan suhbatlashdi. Prezident tashrifidan song muxbirimiz mazkur xojalik rahbari Vohidjon Turdiyev bilan uchrashib, uning taassurotlari bilan qiziqdi.

— Men uchun bu kun bir umrga unutilmas bolib qoladi, dedi Vohidjon Turdiyev. Davlatimiz rahbarining dalamizga tashrif buyurishi, amalga oshirayotgan ishlarimiz bilan tanishishi va asosiysi, turmush sharoitimiz, ish faoliyatimiz bilan qiziqishi qalbimga quvonch bagishlab, gayratimizni oshirib yubordi. Prezidentimiz mendan tomchilatib sugorishning afzalliklari nimada ekanligini soradi. Men bilganimcha javob berdim. Suvning isrof bolmasligi, gozaning aslo chanqab qolmasligini aytdim.

Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni qiynaydi, dedi Prezidentimiz xojaligimiz dalasidagi uchrashuvda. Bu juda chuqur savol. Oylashimcha, har bir hudud, har bir soha oz aravasini ozi tortishni organishi, buning uchun aniq reja-tadbirga ega bolishi kerak. Masalan, qishloq xojaligida yangi texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish, xomashyoni qayta ishlashni kuchaytirish zarur. Bunga erishilsa, daromad oshadi, ish orinlari kopayadi.

Ochigi, Prezidentimiz qanday hayot kechirayotganimiz, rozgorimiz tokisligi bilan qiziqdi. Paykallarda yashnab turgan gozalarga qarab, kutilayotgan hosildorlik haqida soradi.

Gektaridan kamida 45 sentnerdan hosil kutyapmiz, dedim.

Nazarimda, Prezidentimiz mening bu javobimdan qoniqmaganday, 45 sentnerning marra emasligini eslatganday boldi. Kechadan buyon qalbimda qishloq xojaligini rivojlantirishga hissa qoshishda yanada faol bolish fikri tinchlik bermaydi. Togri-da, mamlakat rahbari bilan uchrashish, suhbatlashish har qanday kishiga, har bir kasb egasiga ham nasib etavermaydi. Men esa ana shunday sharafga muyassar boldim. Bundan buyon bor kuch-quvvatimni, bilim va tajribamni tanlagan sohamning rivojlanishiga sarflayman.

Fermer xojaligi bu yil paxtachilikda tomchilatib sugorishni joriy etgan. 500 gektar maydon toliq yangicha texnologiya asosida sugorishga otkazilgan. Har bir joyakda gozaga suv yetkazuvchi quvurlar tortildi. Bugun ana shu quvurchalar orqali keladigan ob-hayot gozalarga jon bagishlamoqda.

Haqiqatda ham, bu uslubning afzalliklari kop ekan, deydi fermer. Qarang, gozalar bir tekis rivojlangan. Gozaning govlab ketgani yoki suvsizlikdan qovjirab qolganini topolmaysiz. Hatto ot bosgan hududni ham uchratmaysiz.

Fermer xojaligi faoliyatini chorvachilikdan boshlagandi. Dastlab chorvachilik fermasi uchun bino barpo etilib, ishga kerakli mutaxassislar jalb etildi, olimlar bilan hamkorlik yolga qoyildi. Germaniya va Gollandiya mamlakatlaridan respublikamizga keltirilgan Golshteyn zotli 2000 bosh gunajin sotib olindi. Chorva mollari ratsion asosida oziqlantirilib, mahalliy sharoitga moslashtirib borildi. Bugun esa kechagi gunajinlar sogin sigirga aylangan.

Har bosh sigirdan kuniga ortacha 30 litr sut sogib olinayapti, deydi Vohidjon Turdiyev. – Ammo bu natija biz uchun marra egallandi, degani emas. Mahsuldorlikni oshirish yollarini qidiryapmiz. Ish orinlari ham yil sayin kopayib boraveradi. Ayni paytda 150 nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan. Har kuni sogilgan sut Toyloqdagi sutni qayta ishlash korxonasiga olib ketiladi. Sut bu korxonada kefir, smetana, qaymoq, pishloq, brinza kabi tayyor mahsulotlarga aylantirilib, ichki bozorda sotilayapti.

Fermaga chorvachilikni rivojlantirish uchun 660 gektar maydon ajratilgan. Bu maydonlarda galla, makkajoxori, beda, javdar singari ozuqabop qishloq xojalik ekinlari yetishtiriladi.

Oqdaryodagi Pure milk Oqdaryo fermer xojaligi rahbari va azolari davlat rahbari bilan oz dalalarida bolib otgan unutilmas uchrashuv taassurotlari va hayajonlari bilan yashamoqda. Fermer xojaligi rahbari Vohidjon Turdiyevning tolqinlanib gapirishidan ham bu sezilib turibdi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: