O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.07.2019

OZBEKISTON VA BELARUS ISHBILARMONLARI HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

Minsk, 29 iyul. O‘zA maxsus muxbiri Matnazar ELMURODOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashrifi arafasida Minsk shahrida Ozbekiston – Belarus hududlararo forumi boshlandi. Unda ikki mamlakat hududlari vakillari qatorida parlamentlar a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

Ozbekiston — Belarus hamkorligini kengaytirishda muhim muloqot maydoni, deb baholanayotgan ushbu forumda yetakchi tarmoqlar va hududlar vakillarini bir davraga jamlash, shu tariqa qoshma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyotini kengaytirish, umuman, har bir manfaatli sohada ozaro hamkorlikni mustahkamlash kozda tutilgan.

Forumning dastlabki kuni sessiya yigilishlari shaklida otdi.

Sanoat kooperatsiyasi masalalariga bagishlangan birinchi sessiyada qishloq xojaligi, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika kabi sohalarda sheriklik aloqalarini kengaytirish xususida soz bordi.

Ikkinchi sessiya agrar sohaga bagishlandi. Unda qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, osimlikshunoslik, seleksiya, chorvachilik, veterinariya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Gumanitar, axborot-kommunikatsiya, ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari boyicha otkazilgan yigilishda texnoparklarni takomillashtirishda tajriba almashish, hududlararo innovatsion hamkorlikni kengaytirish, turizm, talimni raqamlashtirish kabi istiqbolli yonalishlar haqida fikr almashildi.

Forum 30 iyul kuni oz ishini davom ettiradi.

Umuman, rasmiy tashrif arafasida hududlar va ishbilarmonlar doirasidagi hamkorlik faollashayotganini takidlash joiz. Bugun Minskdagi "Bel-Ekspo" milliy korgazmalar markazida Ozbekiston milliy sanoat korgazmasi ham ochildi.

Ushbu tadbir Belarusga Ozbekiston sanoati mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish, ushbu mamlakat biznesi vakillarini yurtimizning eksport va sarmoyaviy salohiyati bilan keng tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Korgazmaning ochilish marosimida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Elyor Ganiyev ikki mamlakat ortasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotganini, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud ekanini takidladi.

Belarus Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Vladimir Dvornik ushbu tadbir 2018 yili Toshkentda otkazilgan Belarus milliy korgazmasi doirasida boshlangan ishbilarmonlik muloqotining mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.

Korgazmada mamlakatimizning barcha hududlaridan mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika, neft kimyosi, yengil sanoat, axborot texnologiyalari kabi sohalarga ixtisoslashgan 80 korxona mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ozbekistonning turizm borasidagi imkoniyatlari targibotiga keng orin berilgan.

Ozbekiston milliy sanoat korgazmasi 2 avgustga qadar mehmonlarni qabul qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: