O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
30.07.2019

Mehr-shafqat tamoyili

hayvonlarga munosabatda ham ko‘rinishi lozim

Ozbekiston Respublikasi barcha masjidlarining (respublikamizda 2000 dan ortiq masjid royxatdan otgan) 2019 yil 19 iyul kunidagi juma namozi xutbasi Hayvonlarga insoniy, shafqatli munosabatda bolish mavzusiga bagishlandi.

Islom dinining kuch-qudrati shundaki, uning asosini mehr-muruvvat, rahm-shafqat, bagrikenglik tamoyillari tashkil etadi. Ushbu ezgu xislatlar nafaqat ota-onamiz, yaqinlarimiz, umuman, insonlarga, balki atrof-muhit, bizni qurshab turgan tabiat, osimlik dunyosi va albatta jonivorlarga nisbatan munosabatda ham namoyon bolishi lozim. Zero, Yaratgan bu dunyoni inson, hayvonlar va osimlik dunyosi bilan yaxlit mushtaraklikda yaratgan.

Ammo ayrim kishilar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boladi, ularga jonsiz buyumdek qaraydi. Internetda jonivorlarga nisbatan vahshiyliklar tasvirlangan videolarni korib, dahshatga tushasiz. Masalan, Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida bir toda bola bogoz itning qorniga sim tiqib, ustidan benzin quyib yoqib yuborgan. Qashqadaryoda Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan Himoloy qongir ayigining vahshiylarcha oldirilishi yoki Toshkent shahrining istirohat boglaridan birida bori deb taxmin qilingan itning Qutqaruv xizmati xodimlari tomonidan kopchilik oldida, ular orasida voyaga yetmagan bolalar ham bor, shafqatsizlarcha oldirilishi qizgin muhokamalarga sabab boldi. Shuningdek, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish brigadasi tomonidan hayvonlarni tutishda benihoya shafqatsiz usullar (ayovsiz kaltaklash, qattiq jismlar bilan urib mayib qilish, oyoq-qollarini uzish) qollanilish holatlari qayd etilmoqda.

Sud statistikasining korsatishicha, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bolganlik uchun huquqbuzarlik sodir etilish holatlari ortib borishi kuzatilmoqda.

Bir necha yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan hayvonlarni himoya qilish "Mehr va Oqibat" nodavlat notijorat jamiyatining Ozbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorligi ham jamiyatimizda mavjud ushbu muammoni bartaraf etish, insonlarda hayvonlarga nisbatan mehr-shafqat hissini uygotishga qaratilgan.

– Biz uchun Ozbekiston musulmonlar idorasi kabi tashkilotlar bilan kuch-gayratlarni birlashtirish juda muhim, deydi "Mehr va Oqibat" NNT ijroiya qomitasi raisi Timur Aripov. Sa’y-harakatlarimiz birlashsagina, bu yonalishda kutilgan natijaga erishishimiz, hayvonlarga nisbatan gumanizm goyalarini shakllantirishimiz mumkin. Juma namozida hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli bolish haqidagi mavzuning kotarilishi birinchisi emas. Joriy yilning 4 yanvar kunidagi juma namozida ham ushbu mavzu haqida soz borgandi. Poytaxtdagi masjidlardan birida bolib, imomlarning hayvonlarga nisbatan rahm-shafqat, insoniy munosabatda bolishlik haqida soz yuritganlarining guvohi boldik. Fursatdan foydalanib, "Mehr va Oqibat" NNT xodimlari nomidan Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi Mufti Usmonxon Alimovga mavzuniing yoritilishida bevosita yordami uchun minnatdorlik bildiramiz.

Dinimiz hayvonlarga nisbatan rahmli bolishga chaqiradi, buning isboti sifatida koplab hadislar ham mavjud, deydi Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi orinbosari Ibrohim Inomov. Masalan, chanqagan itga shafqat korsatib, quduqdan suv olib bergan ayolning bor gunohlarini Alloh taolo kechirgani rivoyat qilingan (Imom Buxoriy rivoyati). Sahobiylar safarda bir qushning polaponlarini olib qoyishganda, Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam polaponlarni oz joyiga qaytarib qoyishni buyurdilar (Imom Abu Dovud rivoyati). Hayvonlarni azoblash, tashnalik va ochlikda qoldirish, oldirish haromdir. Hadisi sharifda bir mushukni qamab qoyib qiynagan odamning oxiratda azoblanishi haqida xabar berildi (Imom Buxoriy rivoyati). Bundan tashqari, dinimiz hayvonlar ishtirokidagi janglarni ham qatiy qoralaydi. Oyinlarga pul tikib, qimor tashkil qilish va hatto tomosha qilish ham taqiqlangan. «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayvonlarni urishtirishdan qaytardilar» (Imom Termiziy rivoyati). Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam yuz qismiga tamga urilgan eshakni korib: Bunga tamga urganni Alloh lanatlasin!, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Yana hayvonlarni musla qilish (tirik hayvonlarning azolarini kesib yaralash)dan ham qaytarilganmiz. Hayvonlarga rahm-shafqatning bundan-da oliy darajasi hatto goshti uchun soyilayotgan hayvonni qiynamaslikdir. Hadisi shariflarda soyilayotgan hayvonni qopol ravishda sudramaslik, pichoqni hayvonni oldida qayramaslik va boshqa hayvonlar oldida soymaslik buyuriladi. Qoyni yiqitib qoyib, pichogini qayrayotgan bir kishiga Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam: Uni bir necha marta oldirmoqchimisan?!, deb tanbeh berdilar (Imom Hokim rivoyati). Fatvo kitoblarda agar zarar yetkazmasa, hasharotlarni ham behuda oldirish mumkin emasligi zikr qilingan. Hayvonlar Yaratganning bu dunyodagi tilsiz guvohlaridir, ammo chin dunyoda ular tilga kiradilar, deyiladi hadislardan yana birida.

Hayvonlarga mana shunday mehr-shafqat bilan muomala qilishga buyurgan shariatimiz. Demak, hayvonlarga ozor berish, azoblash va ularga nisbatan shafqatsizlik shariatimizda ogir jinoyat hisoblanadi. Zero, shafqat hissi axloqning asosidir, hayvonlarga shafqat qilmagan odamning insonga ham shafqatli bolishiga ishonish qiyin. Shu bois farzandlarimizga bolaligidan hayvonlarga ozor bermaslik, ularga mehrli bolishni orgatish muhim.

Eslatib otamiz, 2019 yil may oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hayvonlarga zoravonlik uchun javobgarlikni oshirishga doir Ozbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi hujjat ham imzolandi.

Dildora YOLDOShEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: