O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
30.07.2019

PREZIDENT FARMONI

ijrosi ta’minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan respublikada inson huquqlari himoyasi, diniy bagrikenglik va vijdon erkinligini taminlashga qaratilgan keng kolamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning may oyida Prezidentning say-harakatlari va tashabbuslari bilan Ramazon oyida Suriyadan 156 nafar Ozbekiston fuqarolari Vatanga qaytarilgani bu insonparvar ishlarning yana bir yorqin misoli boladi.

Ularni har tomonlama qollab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi, bu ishlar hozirda davom ettirilmoqda.

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish togrisida»gi 2018 yil 19 sentabr kuni qabul qilingan farmonida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini korib chiqish orqali ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi belgilab berildi.

Shu bilan birga, terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini korib chiqish boyicha Respublika idoralararo komissiyasi tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.

Joriy yilning birinchi yarmida ishchi organga Farmon asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etish soralgan 33 ta murojaat kelib tushgan.

Ularning 16 tasi Farmon talablariga mos kelmagan, 8 tasi ishchi organ tomonidan organilmoqda, qolgan 9 tasi boyicha tavsiyaviy malumotlar tuzilgan.

2019 yil 2 iyul kuni Idoralararo komissiyaning yigilishi otkazilib, unda 9 nafar shaxsning murojaati muhokama qilindi.

Muhokama natijasiga kora, 5 nafar fuqaroni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, 3 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni rad etish haqida komissiya xulosalari tuzildi.

Insonparvarlik prinsiplaridan kelib chiqqan holda, 1 nafar (ayol) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi qayta organish uchun ishchi organga qaytarildi.

Joriy yilning 16 iyul kuni komissiya yigilishida jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 1 nafar shaxs Turkiya davlatidan Ozbekistonga ota-onasi va oilasi bagriga qaytib keldi.

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan yana 4 nafar shaxsni ham yurtimizga qaytarish choralari korilmoqda.

Komissiya tomonidan Farmon ijrosini taminlash ishlari davom etmoqda.

Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini korib chiqish boyicha Respublika idoralararo komissiyasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: