O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.07.2019

Dunyoda kuniga 4 ming nafardan ortiq, Ozbekistonda esa 14 kishi

gepatitning V va S turi bilan kasallangani oqibatida vafot etmoqda

Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamkorligida mamlakatimizda gepatit kasalligi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bagishlangan matbuot anjumani bolib otdi. Unda xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar hamda shifokorlar ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi kunda dunyo miqyosida virusli gepatitning V va S turi bilan kasallanish kopayayotgani hamda gepatit V oz vaqtida aniqlanib davolanmasa, jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma, ya’ni jigar saratoni kelib chiqishiga sabab bolishi mumkinligi takidlandi.

Malumotlarga kora, virusli gepatitning S turi bilan kasallangan bemorlarni davolash boyicha samarali dori vositalari amaliyotga kirib kelgan bolsa-da, bu usulda davolash xarajatlari yuqoriligi sababli dunyodagi kopchilik mamlakatlar aholisi bu imkoniyatlardan foydalana olishi imkoniyatiga ega emas. Qolaversa, noyob va zamonaviy tibbiy amaliyotlardan biri — jigar transplatatsiyasi otkazilishi imkoniyati ham cheklangan. Shunday sharoitda eng samarali va maqbul yol gepatitlarning oldini olish va bu yonalishda tibbiy-profilaktika ishlarini rivojlantirish, aholining barcha qatlamini tizimli tibbiy-sanitariya yordami bilan qamrab olishdir.

2001 yildan mamlakatimizda virusli gepatitning V turiga qarshi emlash amaliyotga kiritilgani va shu davr mobaynida emlangan aholi qatlamida virusli gepatitning V turi umuman qayd etilmayapti, deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, professor Erkin Musaboyev. Respublikamizda hozirda 17-18 yoshga yaqinlashgan yigit-qizlarning birontasida ham virusli gepatitning V turi yoq. Lekin ming afsuski, bu kasallik yoshi katta odamlar orasida uchrab turibdi. Albatta, buning oziga xos sabablari bor. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ozbekistonda virusli gepatitning S turi bilan kasallangan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun davlat byudjetidan 42 milliard som mablag ajratilgan.

Yana shuni mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, AQShning nodavlat fondi Centerfor Disease Analysis Foundation (CDAF) tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida yangi loyihani, yani «Ozbekistonda gepatitlarni bartaraf etish dasturi»ni amalga oshirish arafasida turibmiz. Yanikim, gepatit V va S bilan kasallangan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida skrining ishlarini samarali tashkil etish uchun Ozbekiston tibbiyotiga 1,02 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Shuningdek, aholi sogligini asrash, gepatit kasalliklari oldini olish maqsadida AQShning Centerfor Disease Analysis Foundation (CDAF) jamgarmasi bilan hamkorlikda virusli gepatit V va S ning oldini olish boyicha 2019-2020 yillarga moljallangan maxsus loyiha ishlab chiqildi.

Dastavval loyiha ishchi guruhi tuziladi, songra, loyihada ishtirok etadigan oilaviy poliklinikalar tanlab olinadi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti olimlari va malakali mutaxassislarini jalb etgan holda tibbiy-maslahat markazi tashkil etiladi va tadbir ishtirokchilari uchun seminar-treninglar otkaziladi.

Ushbu loyiha, yani Ozbekistonda gepatitlarni bartaraf etish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kelgusida jigar kasalliklarining oldini olishga muvaffaq bolamiz. Asosiy maqsadimiz ushbu kasallikka chalingan bemorlarni skrining tekshiruvidan otkazish orqali aniqlash hamda davolashdir. Mana shu jamgarma komagida Ozbekiston sharoitida birinchi bolib, Toshkent shahrida va keyinchalik respublikamizning qolgan hududlarida virusli gepatitning V hamda S turiga barham beriladi.

Tadbirda AQShlik mutaxassis, CDA Foundation jamgarmasi direktori Homi Razavining aytishicha, yani (ushbu malumotlar nodavlat tashkilotlar tomonidan toplangan malumotlari hisoblanadi) hozirgi kunda dunyo boylab har yili 1,5 million, kuniga 4 ming nafardan ortiq, har 4 sekundda esa bir odam, Ozbekistonda esa kuniga 14 odam aynan gepatit kasalligi oqibatida vafot etyapti. Shu boisdan Jahon sogliqni saqlash tashkiloti 2030 yilgacha 90 foiz diagnostika bilan qamrab olishni, diagnoz qoyilganlarning 80 foizi davolanishini rejalashtirmoqda. Buning natijasida yangi kasallanishlar 80 foizga, olim holatlari 60 foizga kamayishiga erishiladi.

Yana shuni malumot ornida aytishim mumkinki, dedi Homi Razavi ushbu loyiha doirasida 20 foiz bemorga, yani ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan va nogironlarga dastlabki bosqichda davolanish uchun dorilar bepul, qolgan 80 foiziga esa imtiyozli narxlarda taqdim etiladi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori, professor Erkin Musabayevning fikricha, respublikamizda mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 33 ming jigar raki, 15 ming 300 sirroz, 20 ming olim holatlari oldi olinishiga erishiladi.

Shundan song jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga Erkin Musaboyev javob berdi.

Nima sababdan dunyo davlatlari orasida birinchilardan bolib, AQShning Centerfor Disease Analysis Foundation (CDAF) jamgarmasining yangi loyihasi, yani virusli gepatit V va S ning oldini olish boyicha Ozbekistonni tanladi? Bizda ushbu gepatitlar bilan ogrigan bemorlar shunchalik kopmi?

Ushbu jamgarma, aynan bizning yurtimizni tanlaganligining boisi, bugungi kunda shaxsan Prezidentimiz tomonidan sogliqni saqlish sohasiga, ayniqsa, aholi salomatligiga qaratilayotgan jiddiy etibor tufaylidir.

Dorilarning bemorlarga 20 foiz bepul beriluvchilar toifasi qanday mezonlarga qarab aniqlanadi? Umuman, loyihada kozda tutilgan dori-darmonlar qimmat emasmi?

20 foizi bu ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan oilalar va nogironlar toifasidir. Ular respublikamizdagi mahalla fuqarolar yiginlari orqali olingan malumotlar asosida shakllantirilgan royxat asosida aniqlanadi. Qolganlarga dorilar 40-60 foizgacha arzon narxlarda beriladi. Faqat buning uchun bemorlar alohida retsept bilan maxsus dorixonalardan xarid qilishlari lozim boladi.

Ozbekiston sharoitida birinchi bolib, nimaga loyiha Toshkent shahrida otkazilmoqda? Respublikamizning boshqa hududlarida emas?

Bunga sabab boshqa viloyat, tuman, shaharlarga qaraganda aynan poytaxtimizda virusli gepatit V va S bilan ogrigan bemorlar koproqni tashkil etadi. Shu boisdan ham tajriba sifatida birinchilardan bolib Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi markaziy 51-52-poliklinikalardan boshlanadi va bosqichma-bosqich butun respublikamiz miqyosida davom ettiriladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: