O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.07.2019

YARASHUV INSTITUTI

xalqimizga xos kechirimlilik va insonparvarlikning yorqin namunasi

Dunyoda qancha davlat, millat bo‘lsa, ularning bir-biriga oxshamaydigan oziga xos jihatlari kop. Ozbek xalqi haqida gap ketsa, bir-birining quvonchiga sherik bolish, musibatidan qaygurishi, adashib, xato qilganlarni togri yolga solishi, kechirimlilik kabi olijanob fazilatlari e’tirof etiladi. Sud-huquq tizimini liberallashtirish hamda demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi va yarashuv institutining joriy etilishi xalqimizning insonparvarlik va kechirimlilik xususiyatini tola namoyon qildi.

Bugun sud tizimida keng qollanilayotgan yarashuv yangi huquqiy usul bolsa-da, u milliy qadriyat sifatida asrlar davomida takomil topib kelgan. Bugungi kunda yarashuv institutidan samarali foydalanilmoqda.

2001 yilda qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartishlar va qoshimchalar kiritish haqida»gi qonun muhim ahamiyatga ega. Mazkur qonun mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat qurish yolidagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim qadam boldi. Buning natijasida minglab fuqarolar qamalgan, degan tamgadan asrab qolindi, minglab oilalar ortasida dushmanlik kayfiyati paydo bolishiga tosiq qoyildi va fuqarolar manfaati ishonchli hamda samarali himoya qilinishi taminlandi.

Mustabid tuzum davrida esa aytaylik, avtoulov haydovchisi yol harakati qoidalarini buzib, yolovchiga tan jarohati yetkazsa, garchi u pushaymon bolib, jabrlanuvchiga yetarlicha yordam korsatgan taqdirda ham jinoiy javobgarlikka tortilardi. Bundan uning oilasi ham aziyat chekar va farzandlari tarbiyasiga salbiy tasir korsatardi.

Yarashuv institutining joriy etilishi bilan bunday noxush vaziyatga barham berildi. Qadriyatlarimiz va xalqimizning tarixiy ananalariga mos tushadigan bu institut ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyat sodir etgan va qilmishidan chin kongildan pushaymon bolib, jabrlanuvchi bilan yarashgan hamda yetkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolar jinoiy jazodan ozod etiladigan boldi. Juda kop fuqarolarimiz jinoiy jazolarning liberallashtirilishi nechogli insonparvar ekanini oz hayotlarida anglab yetdilar. Eng asosiysi, sudlanuvchi yarashuv orqali sudlangan, degan tamgadan xalos boladi. Shuningdek, dastlabki tergov ishlarini olib borish va ishni sudda korib chiqish uchun sarflanadigan muddatlar ancha qisqaradi.

Yarashuv institutining afzalligi shundaki, birinchidan, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar tez va toliq qoplanishi taminlanadi. Yani, uning manfaatlari ustuvor sanaladi. Ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgani uchun sudlanmagan hisoblanadi. Uchinchidan, aybdorni kechirish orqali jazolanmasdan tarbiyalanadi.

Yarashuv jamiyatda sudlanganlik holatini kamaytiribgina qolmay, uning uzoq davom etadigan, hatto avlodlar taqdiriga ham tasir otkazadigan oqibatlarini bartaraf qilish imkonini berdi. Qolaversa, aybga iqror bolishni ragbatlantirayotgan bu samarali huquqiy institut ortiqcha sud-tergov harakatlariga barham berdi. Jarayonni tezlashtirish va soddalashtirishga yol ochdi. Fuqarolarning vaqtini tejadi.

Shu orinda ayrim misollarni keltirib otsak.

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida yashovchi Ahror Umaraliyev hech bir sababsiz A.Komiljonovni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga kora, u yengil tan jarohati olgan. Sud majlisida jabrlanuvchi A.Komiljonov gumonlanuvchi A.Umaraliyev bilan yarashganligi haqidagi ariza bilan murojaat etib, gumonlanuvchiga nisbatan hech qanday davosi yoqligi, yarashuv ixtiyoriy ravishda bolganligini korsatib otdi. Sud jabrlanuvchining yarashganligi haqidagi arizasini qanoatlantirib, A.Umaraliyega oid jinoyat ishini taraflar yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatdi.

Rahimjon Mominov yarashuv instituti nechogli insonparvar ekanligini oz hayoti misolida kordi. Sababi, u Parkent bozorida fuqaro K.Olimjonovning ishonchiga kirib, 6000 AQSh dollari evaziga 14 dona eshik yasab berishini vada qilgan. Biroq u vadasida turmay pulni ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Dastlabki tergov organi tomonidan u ayblanuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb qilingan. Sud majlisida jabrlanuvchi K.Olimjonov sudlanuvchi unga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplab berganligini va u bilan yarashganligi haqida ariza bilan murojaat etdi. Sudlanuvchiga nisbatan hech qanday davosi yoqligini, yarashuv ixtiyoriy ravishda bolganligini korsatib otgan. Sud ajrimiga kora, jinoyat ishi taraflar yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatildi.

Yana bir misol. Yashnobod tumanida yashovchi R. Manshurmatov Spark rusumli avtomashinasida piyoda F.Toshevani urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Dastlabki tergovda gumonlanuvchi R.Manshurmatov va F.Tosheva ariza bilan murojaat qilib, jinoyat ishini yarashganliklari munosabati bilan tugatishni soragan.

Sud jabrlanuvchi va gumonlanuvchining arizalarini jinoyat ishi bilan organib chiqdi. Taraflar yarashganliklari munosabati bilan R.Manshurmatovga oid jinoyat ishini uning ayblilik haqidagi masalani hal qilmasdan harakatdan tugatdi.

Qisqasi, yarashuv institutining amalda keng qollanilishi ozining ijobiy natijalarini berayotir. Bu institut insonparvarlik tamoyilining tobora kengroq qollanilishi nuqtai nazaridan jinoyat qonunida odillik tamoyilining oziga xos korinishi sifatida namoyon bolmoqda.

Xulosa shuki, mustaqillik yillarida yarashuv huquqiy institut sifatida qonun darajasiga kotarildi. Sudlar tomonidan hozirda yarashuv institutining samarali qollanilayotgani inson huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlari ustuvor qadriyat sifatida ezozlanayotganining yaqqol tasdigidir.

Sherzod ESHMATOV,

Jinoyat ishlari boyicha Yashnobod tuman sudining sudyasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: