O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.07.2019

NIZOLASHGANDAN KORA, MUROSA MAQUL

Jamiyatda har qanday inson boshqalar bilan muloqot qilishi, o‘zaro munosabatda bolishi tabiiy. Odamlar bir-biri bilan fikrlashadi, bir-birini qollab-quvvatlaydi... Ba’zan ikki kishidan birining sozida turmasligi, vadasini bajarmasligi kongilsizliklarga sabab boladi. Aytaylik, kimgadir pul zarur boldi, tanishi qarz berib turdi, qarz vaqtida qaytarildi. Ortada hech qanday muammo yoq, ikkala taraf ham xursand. Lekin aksincha bolsa-chi, aytaylik, qarz qaytarilmasa-chi? Unda qarz beruvchi va qarz oluvchi ortasida nizo paydo boladi va bu albatta ortiqcha vaqt, asabbuzarlik va advokat xizmati, davlat boji bilan bogliq sarf-xarajatni talab qiladi. Bular-ku mayli, eng yomoni taraflar ortasidagi nizodan dostlik, qoshnichilik, qavmu qarindoshlik, aka-ukalik, quda-andachilik kabi munosabatlarga putur yetadi.

Nizo kelib chiqmasligining asosiy omili esa, avvalo fuqarolarning huquqiy bilim va onggiga, ozaro munosabatda bir-biriga hurmat va etibor bilan munosabatda bolishlari hamda qonun ustuvorligini tan olishlariga bogliqdir. Bir taraf ikkinchi tarafning huquqlarini tan olmasligi ortada nizo kelib chiqishiga asos boladi.

Sud amaliyoti qiyosiy tahlilidan korinishicha, 2019 yilda nizolar sezilarli darajada kamaygan. Xususan, fuqarolik ishlari boyicha sudlar tomonidan 2019 yilning birinchi yarmida 91 ming 744 ish korilgan bolib, ushbu korsatkich 2018 yilning shu davrida 119 ming 823 ta ishni tashkil etgan.

Joriy yilning birinchi yarmida Respublika fuqarolik ishlari boyicha sudlari tomonidan korilgan 91 ming 744 ta ishning 63 ming 613 tasi davo tartibida korilgan.

Sudlar tomonidan davo tartibida 13 ming 21 qarz va kredit shartnomalari bilan bogliq nizolar, 14 ming 560 tasi turli bitimlar bilan bogliq nizolar, 1 ming 267 tasini mehnat nizolari, 1 ming 347 tasi bola taminoti uchun aliment undirish haqidagi, 652 tasi turar joydan kochirish haqidagi, 571 tasi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqqan nizolar bolib, mazmunan hal etilgan.

Otgan olti oyda nikohdan ajralish haqidagi davo boyicha jami 18 ming 92 ish sudlar tomonidan mazmunan korilib, shundan 11 ming 153 (61,6 foiz) davo qanoatlantirilgan, 6 ming 939 davo talablarining bir qismi rad etilgan, bir qismi yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan.

Hisobot davrida jami 4 ming 581 ish taraflar ozaro kelishganligi, yarashganligi sababli tugatilgan.

Bundan tashqari, sudlar tomonidan 15 ming 807 ta alohida tartibda yuritiladigan ishlar ham korilib, 11 ming 719 ariza qanoatlantirilgan.

Sudlar tomonidan qariyb 43 milliard somlik qarzdorlikni undirish boyicha 38 ming 630 ta sud buyruqlari chiqarilgan. 2018 yilning shu davrida ushbu korsatkich 238 ming 166 ta sud buyrugini tashkil etganligi, sud buyrugi chiqarish haqidagi talablarning keskin kamayganligi fuqarolarimizning soliq va boshqa tolovlarni, xususan, foydalanilgan elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa xizmatlar uchun tolovlarni tolash bilan bogliq oz burchilarini ixtiyoriy bajarishga bolgan munosabati ozgarganligini korsatadi.

Shuningdek, sudlar tomonidan turli nizolarning oldini olish borasida 2500 dan ziyod xususiy ajrimlar chiqarilgan, aholi ortasida 2 ming 317 marotaba suhbatlar otkazilgan hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali mingdan ziyod chiqish qilingan. 35 ming 209 ish sayyor sud majlislarida korilgan.

Kuni kecha fuqarolik ishlari boyicha sudlarning yarim yillik ish faoliyati, sud amaliyoti tahlili muhokama qilinib, sudlarga kelgusidagi faoliyatlarida ishlarni oz muddatida va qonuniy hal etishda asosiy etiborni taraflarga huquqlarini tushuntirgan holda kelishtirish orqali hal etishga, ayniqsa, oilalar barbod bolishining oldini olish masalasiga qaratish tavsiya qilindi. Chunki har qanday fuqarolik nizosini taraflarga huquqlarini va amaldagi qonun talablarini tushuntirish orqali yarashtirish, kelishuv bitimi tuzish yoli bilan hal etish mumkin. Qachonki, taraflar ozaro kelishsa, ular ortasidagi munosabatlar ham saqlab qolinadi. Zero, jamiyatimiz insonlar ortasida soglom munosabatlar qaror topishi, fuqarolar bir-birlarini qadrlashi, hurmat qilishidan manfaatdordir.

Xolmomin YODGOROV,

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: