O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.07.2019

UNVONI XOKISORLIK

Hayotda ro‘y beradigan har bir voqea-hodisotlarning sababi mavjud. Ularni aniqlash tegishli xulosalar va togri qarorlar chiqarishga yordam beradi.

Inson faqat jamiyatda yashay oladi. Uning bir oziga eng qulay sharoitlar yaratib berilsa ham, bunday hayotdan qoniqmaydi. U tili bir xil, zehniyati va ma’naviyati yaqin odamlar orasida yashasa, faoliyat yuritsa, baxt hissini tuygan holda umrguzaronlik qiladi. Insonlardagi ana shu aytilgan zehniyat va manaviyat qanday shakllanadi?

Birinchi navbatda, bunga odamga ulgayayotgan muhiti tasir korsatadi. Muhitni esa undan yoshi ulugroq, bilimli, oqimishli, madaniyatli odamlar yaratadi. Oz ozidan tushunarliki, madaniy muhitda osgan inson dunyoni, hayotni yaxshi anglaydigan, umrini zoye ketkazmaydigan, atrofidagi odamlarga, halqiga katta nafi tegadigan zot darajasiga yetadi. Shuningdek, odamning ozi yoshligidan bu hayotdagi oz vazifasini aniqlab, oldiga maqsadlar qoyib, oqishga, bilishga intilib, bu yolda betinim harakatlar qilsa, xuddi shunday choqqilarga chiqish baxtiga muyassar boladi.

Men ustoz Abduqahhor Ibrohimovni ana shunday, oz atrofida madaniy muhit yarata olgan insonlardan deb bilaman. Bunday insonga yaqin yursangiz, suhbatlaridan bahramand bolsangiz, albatta yaxshi tomonga ozgarasiz. Bu zotdagi bilimga intilish, ijodiy fikrlash, nafaqat yaqin atrofdagi voqealarni, balki jamiyatda hukm surayotgan jarayonlarni xolis tahlil qila olish qobiliyatiga tan bermay iloj yoq. Otgan asrning 90-yillari boshida, Vatanimiz yangi mustaqillikka erishgan davrda ustozning ana shunday tahliliy dolzarb maqolalari ilk ijobiy ozgarishlarga kuchli turtki bolganini tez-tez eslab turaman.

Abduqahhor Ibrohimov millatimiz tarixini juda yaxshi biladigan odam. Qaysi davr haqida soramang, albatta toliq va qoniqarli javob olishingiz mumkin. Bir kuni, taxminan 2000-yillar boshi edi, uyimga, hozirda marhum, yozuvchi Alisher Maqsumov tashrif buyurdi. Ancha suhbatlashgach, kochaga chiqdik. Mahallamizda ustozni korib, hol-ahvol sorashdik. Alisher Maqsumov imkoniyatdan foydalanib, Abduqahhor Ibrohimovga darhol savollar yogdira boshladi. U Toshkentni general Chernyayev tomonidan qanday bosib olingani, shahar aholisi qanday himoyalanganlari togrisida malumotlar soradi va qoniqarli javob oldi. U davrda men tarix bilan uncha qiziqmas edim. Lekin, ustoz tomonidan berilgan malumotlar juda qimmatli ekanligini his etdim. Oradan bir qancha oylar otdi va «Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasida, keyinroq Sharq yulduzi jurnalida Alisher Maqsumovning Amirlashkar Alimqul nomli tarixiy hikoyasi elon qilindi.

2006 yilda Abduqahhor Ibrohimov ozining jiddiy va keng qamrovli kitobini chop etdi. Uning nomi Yoruglug edi. Bu asarni qoliga olgan odamda darhol savol tugiladi: Nega nomi Yoruglik emas? Xulosa qildimki, shunday atalsa, sarlavha fizik tushunchaga ega bolib qolar edi. Yoruglugdan esa manaviyat tolqinlari ufurib turardi. Haqiqatdan ham, kitobni sinchiklab oqib chiqsangiz, qalbingizga olam-olam ajib hislarga, bilimlarga toliq malumotlar kirib keladi. Bu asarda ozbek millati tarixiga oid juda kop axborotlar bor. Men osha davrda Vatanimiz tarixida otgan aziz-avliyolar tarixiga murojaat qilib, ulug zot – xojagon tariqati vakili, Hazrat Bahouddin Naqshbanddek valiyni tarbiyalagan Hazrat Sayid Amir Kulolning hayoti va talimotlari togrisida asar yozayotgan edim. Bu asar ijodim jarayonida juda asqotdi. Undan kop zarur malumotlar oldim.

Yuqorida eslatgan oz asarim bitgach, birinchi bolib ustozga oqib, fikr bildirish uchun berdim. Ustoz bunday asar ozlari uchun yangilik bolganini, ajoyib chiqqanini aytdi va ayrim kamchiliklarni tuzatishim kerakligini ham sozladi. Bunday ogitlari uchun u zotdan hali hanuz minnatdorman.

Abduqahhor Ibrohimov Yoruglugdan keyin yana ancha kitoblar chop ettirdi. Chunonchi, Bizkim — ozbeklar asari tort marta qayta nashr etildi. Eng oxirgisi, tarixiy-hujjatli, Ildizim va ozim romani ham tahsinlarga loyiq asar bolgan.

Umuman olganda, ustoz togrisida juda kop sozlash mumkin. Bu zotning faoliyat yuritgan sohalari juda mol. U, avvalombor, dramaturg sifatida yuqori darajali ijodkor. Uning sahnalashtirilgan pesalari onga yaqindir. Ular nainki Ozbekiston, balki Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirgiziston va Tojikiston teatrlarida qoyilgan.

Yana bir jihatni aytishim lozim. Ustoz mening otam Polat Momin bilan yaqin dost bolishgan. Yoshligimda bizning xonadonga tashrif buyurib turganlari yodimda. Hattoki, ular birgalikda musiqaviy drama yozishni ham rejalashtirishgan va yozishgan edi. Lekin, turli sabablarga kora bu asar hali teatrlarda qoyilgani yoq. Umid qilamanki, halqimiz kelgusida undan albatta bahramand boladi. Otam ijodkor Abduqahhor Ibrohimga atab bir olqishlov ham bitgan ekan. Bu satrlar Polat Mominning hayot paytlaridagi eng songgi kitoblari Olqishlovlar, bagishlovlarda chop etilgan.

Bu yil ulug ijodkor, ozbek adabiyotining bilimli, madaniyatli va kamtarin vakili Abduqahhor Ibrohimov sakson yoshni qarshilamoqda. Oz hayoti davomida daramaturg, yozuvchi, jurnalist, tarixchi, manaviyat maslahatchisi va kinoshunos bolib faoliyat yuritgan ajoyib insonga yana ham uzoq va barakali umr, sogliq va ijodiy yutuqlar tilayman.

Ozod MOMIN XOJA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: