O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
23.07.2019

JURNALISTLARNING KASB ETIKASI KODEKSI QABUL QILINDI

Bu borada Milliy matbuot markazida bo‘lib otgan Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining IV konferensiyasida ma’lum qilindi.

Konferensiyada Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda davlat va jamoat tashkilotlarining matbuot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, respublikamizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib orin egallashi, barcha sohalar qatori, ommaviy axborot vositalari rivoji, media-tuzilmalarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning bilim va malakasi hamda oz ishiga masuliyatli yondashishiga bogliq ekanligi takidlandi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda 1 ming 726 ommaviy axborot vositasi royxatga olingan bolib, ularning 667 tasi gazeta, 398 tasi jurnal, 5 tasi axborot agantligi hisoblanadi va 70 ta telekanal hamda 37 radio kanal faoliyat yuritayotgani togrisida ham malumot berildi.

Konferensiyada Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sadulla Hakimov, «Ozbekiston ovozi» va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov, Jahon adabiyoti jurnali Bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Ishonch va Ishonch-Doveriye gazetalari Bosh muharriri Husan Ermatov, Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxojayev va boshqalar sozga chiqib, Prezidentimizning soha xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan yollagan tabrigida bildirilgan fikrlar bugun mamlakatimizda bolayotgan ulkan ozgarishlar barchamizdan yangicha ishlashni, yangi goya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etayotganini takidlashdi.

Darhaqiqat, yurtimizda kechayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, Vatanimizning dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan orin olishi, barcha sohalar kabi matbuot va ommaviy axborot vositalari ravnaqiga ham bevosita bogliqdir. Bugun ommaviy axborot vositalariga korsatilayogan alohida etibor tufayli milliy jurnalistikamizda fikrlar rang-baranglashuvi tobora yaqqolroq kozga tashlanmoqda.

Eng tezkor axborot vositasi hisoblangan internet hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Bugungi kunda global tarmoqlarda ommaviy axborot vositasi sifatida royxatga olingan Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 533 tani tashkil etadi va ularning aksariyati nafaqat ozbek, balki kopgina xorijiy tillarda ham faoliyat korsatayotgani, ushbu yonalishda, yani internet jurnalistlari va blogerlari safi tobora kengayib borayotgani etiborga sazovordir.

Prezidentimizning madaniyat, sanat va ommaviy axborot vositalari xodimlarini qollab-quvvatlash, ular mehnatini qadrlash, zarur sharoit hamda imkoniyatlarni yaratish borasida qabul qilgan bir qator qarorlari manaviy-marifiy hayotimizda katta voqelik boldi. Ularning ijrosini taminlash borasida esa tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Davlatimiz rahbarining qaroridan song, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ilhom jamoat fondining Ustavi va Nizomi tasdiqlandi. Shu bilan birga, fondning Homiylar kengashi tashkil etilib, fond oz faoliyatini boshladi.

Prezidentimizning Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosini taminlash yuzasidan koplab ishlar amalga oshirildi. Uyushma ustaviga tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Uning markaziy apparati va hududiy bolimlari tuzilmalari, shtatlar jadvali ishlab chiqildi va boshqaruv yigilishi tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, qarorda kozda tutilgan Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan taminlash hamda ularni moddiy jihatdan ragbatlantirish yuzasidan tegishli amaliy chora-tadbirlar korilmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimizning tashabbusi bilan Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda Ozbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati ortasida tuzilgan Dostlar klubi uyushma faoliyatini va jurnalistlarni qollab-quvvatlash boyicha qator loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, Yilning eng faol jurnalisti, Oltin qalam kabi ijodiy tanlovlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining yanada faollashuvi, ilohotlar mohiyatini xalqimizga yetkazishda muhim omil bolmoqda.

Ayni paytda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, jurnalistlar haqidagi malumotlar bazasini yaratish, soha xodimlarining kasbiy bilim va mahoratini muttasil oshirib borish, ustoz ijodkorlarning mahorat maktabini shakllantirish dolzarb ekaniga alohida etibor qaratildi.

Konferensiyada Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2014-2019 yillardagi faoliyati haqidagi hisobot va uyushmaning kelgusi faoliyatining asosiy yonalishlari togrisidagi, shu bilan birga, besh yillik faoliyati boyicha taftish komissiyasi hisoboti eshitildi va maqullandi. Ozbekiston Jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi qabul qilindi va kasb etikasi boyicha jamoatchilik kengashi nizomi tasdiqlandi hamda uyushmaga azolik bilan bogliq masalalar, shuningdek, uyushma ustaviga ozgartirish kiritish togrisida va kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama etildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: