O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.07.2019

AJRASHISH UCHUN ARIZA BERGAN 878 TA OILA YARASHTIRILISHIGA ERISHILDI

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda avvalo Oila markazi zimmasiga yuklangan vazifalar va ularning ijrosi boyicha bajarilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish, oila institutini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarini oilani mustahkamlash goyasi atrofida birlashtirish, shuningdek, mamlakatda faqat soglom oila, soglom jamiyat ustuni bolishi togrisidagi tushunchani aholi ongiga singdirish kabi vazifalar Oila markazining bosh maqsadi ekani ta’kidlandi. Bu yuksak vazifalarni amalga oshirish ishlariga yetakchi olimlar, psixologlar, huquqshunoslar, oilashunos ekspertlar, shuningdek, xorijlik mutaxassislar keng jalb etilgani aytildi.

— Markazimiz tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oila mustahkamligiga salbiy tasir qiluvchi huquqiy normalar inventarizatsiyadan otkazilib, qonun va qonunosti hujjatlariga qoshimcha va ozgartishlar kiritish boyicha Oila, Mehnat, Uy-joy, Jinoyat va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodekslarning jami 1 ming 658 ta moddasi tahlil qilinib, ularga nisbatan 50 ta taklif berildi, deydi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori orinbosari Dilbar Alimjanova. Bundan tashqari, markaz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan metodika, chora-tadbirlar va tavsiyalar asosida ajrashish uchun ariza bergan 878 ta oila yarashtirildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan 13 ming 493 oila tiklandi va 21 ming 293 nafar bola yarim yetim bolishdan saqlab qolindi. Shuningdek, respublikamiz boyicha 15 ming 102 ta qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila muammolari tahlil etildi va 8 ming 458 nafar nochor oilaga yordam korsatish boyicha Yol xaritalari ishlab chiqilishi natijasida 2 ming 670 nafar oilaning muammolari hal etildi.

Shuningdek, oila institutini rivojlantirish borasidagi islohotlarni yoritish maqsadida tasis etilgan Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila nomli xalqaro ilmiy jurnalning tahrir kengashi tarkibiga Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, AQSh va Buyuk Britaniya olimlari jalb etildi.

Bundan tashqari, markaz tomonidan yosh yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy uslubi sifatida Bolgusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi tashkil etildi. Ushbu maktablarda bolgusi kelin-kuyovlar uchun oilaviy munosabatlarning manaviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, oiladagi ijtimoiy muhit, nikoh munosabatlari, soglom turmush tarzi, muloqot madaniyati va oilaviy nizolarning oldini olish kabi masalalar yuzasidan mahorat darslari otilmoqda. Mazkur maktablarda shu kunga qadar 12 ming 564 nafar bolgusi kelin-kuyov talim oldi. Ularga Oila markazi tomonidan tayyorlangan Mustahkam oilaga yollanma, deb nomlangan yon daftarcha shaklidagi qollanma topshirildi va yoshlarning Oila saboqlari nomli mobil ilovaga ulanishlari taminlanmoqda.

Matbuot anjumanida, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan rejalar xususida ham malumotlar berildi.

Dildora YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: