O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.07.2019

ICHKI YOLLAR VA ICHIMLIK SUVI UCHUN 4 MILLIARD SOM AJRATILADI

Qashqadaryo viloyati hokimi Kasbi tumanida Maslahat kengashi va Ho‘jahayron qishlogida sayyor qabul otkazdi.

Kasbi tumanida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni ijrosi yuzasidan viloyat hokimi Zafar Roziyev, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligi ishtirokida Maslahat kengashi majlisi tashkil etildi. Unda tumandagi mahalla fuqarolar yiginlari raislari, tuman faollari, viloyat va tuman tashkilot, korxona rahbarlari qatnashdi.

Joriy yil qishloq xojaligiga ixtisoslashgan Kasbi tumani uchun muvaffaqiyatli keldi. Kasbilik mirishkorlar davlatga galla sotish shartnoma rejasini ortigi bilan bajarib, 55 ming tonnadan ziyod ulkan xirmon yaratdi. Viloyat hokimi muvaffaqiyatlar bilan birga tumandagi mavjud kamchiliklar xususida ham toxtalib, ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan ichki yollarni ta’mirlash uchun 2 milliard som, ichimlik suvi taminoti uchun 2 milliard som, jami qoshimcha 4 milliard som ajratilishini qayd etdi. Ushbu mablagni oqilona va togri taqsimlash borasida mutasaddi tashkilotlarga zarur korsatma va topshiriqlar berdi.

Shundan song viloyat hokimi boshchiligida tashkilot rahbarlari tumandagi Hojahayron qishlogida sayyor qabul otkazdi. Aholini qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi va sektor rahbarlari tomonidan otkazilgan sayyor qabulda aksariyat muammolar joyida yechim topgan bolsa, qolganlari boyicha Yol xaritalari belgilanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari korildi.

Qabul jarayonida fuqarolar asosan elektr energiya taminotini yaxshilash, ichki yollarni tamirlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratish, maktabni tamirlash va maktabgacha talim muassasasi tashkil etish borasida oz takliflarini bildirdi.

Kasbi tumani xalq talimi bolimiga qarashli 12-umumtalim maktabi direktori Shomurod Sharipov maktabda qoshimcha sinfxonalar tashkil etish uchun amaliy yordam sorab murojaat qildi. Natijada muammo dastur asosida oz yechimini topadigan boldi. Mazkur mahalla raisi Narzullo Xudoyberdiyev hududda faqat bitta oilaviy bogcha mavjudligi, qishloq bolalari uchun maktabgacha talim muassasasiga ehtiyoj borligini aytib otdi. Bu masalada mazkur qishloq hududida davlat-xususiy sheriklik asosida ikkinchi yarim yillikda nodavlat maktabgacha talim muassasasi tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi.

Etiborli jihati, aksariyat aholi vakillari tomonidan nafaqat ozi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, qishloq ijtimoiy hayoti bilan bogliq 32 ta masala ortaga tashlandi.

Xususan, Hojahayron qishlogida yashovchi Dilorom opa Hotamova va boshqalar 245 nafar bola 5-6 kilometr hududdan kelib maktabga oqishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, shu sababli qishloqda maktab filiali qurish boyicha murojaat qildi. Bu masala kelgusi yilda dastur asosida oz yechimini topadigan boldi.

Xalq bilan muloqot hududlardagi mavjud vaziyatni puxta tahlil qilish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: