O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.07.2019

30 FOIZ DEPUTAT XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHLARIDA OYLIK OLIB ISHLAYDIGAN BOLADI

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik amaliyoti bekor qilinishiga tayyorgarlik ko‘rilyapti. Vakillik hokimiyati mustaqil ish yuritishi, hududiy ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qilishi kutilmoqda. Bu jarayon nimasi bilan muhim? Yana qanday masalalarga e’tibor qaratish kerak?

Altiboy RADJAPOV, Xorazm viloyati ozini-ozi boshqarish tizimini muvofiqlashtirish kengashi raisi orinbosari, xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati:

— Togrisini aytish kerak, mahalliy Kengashlardagi deputatlar jamoatchilik asosida ishlaydigan xodimlarga oxshaydi. Ozi saylangan hududga borish, saylovchilarni qabul qilish kabi ish rejasida qatiy belgilangan vazifalarni ado etishlari oson kechmaydi. Aytaylik, Hazorasp tuman Kengashidagi deputat Tuproqqala mavzesiga borishi uchun kamida yuz ellik kilometr yol bosishi lozim. Bu esa vaqt va mablag talab etadi. Deputat shuncha masofaga oz hisobidan jamoat transportida borsa ham, oylik maoshining ancha qismini sarflashiga togri keladi. Bu yoqda esa rozgor...

Deputat biror idora rahbari bolsa, oziga biriktirilgan xizmat mashinasidan foydalanishga majbur. Bu holat u bilgan holda qonunni buzishini anglatadi. Chunki xizmat mashinasi xarajatlari deputat bosh bolgan tashkilot tomonidan qoplanadi. Agarda deputat rahbar bolgan korxona mulkchilikning boshqa shakli bolsa, u jamoa aksiyadorlari chontagiga «qol chozadi»... Gapning dangalini aytganda, istaymizmi-yoqmi masalaning shu tomonlarini inobatga olishimiz kerak. Negaki, deputat oz saylovchisi bilan muloqotga oshiqqanda, moddiyat uning yolini tosmasligi kerak. Shunda u vazifasini tolaqonli bajarishiga imkon bergan bolamiz.

Yaqinda Oliy Majlis Senatining matbuot anjumanlaridan birida yuqoridagi muammolar yechim topayotgani haqida aytildi. Bundan deputatlarimiz juda mamnun. Mahalliy kengashlardagi deputatlarni moddiy qollash, yani ularga malum manoda maosh tolash, xizmat mashinasi, alohida xona ajratish ishning sifatiga ham jiddiy tasir korsatadi, deb oylayman. Shu bilan birga, deputatning masuliyatini oshiribgina qolmay, oz vazifasini muntazam bajarishga olib keladi. Gap maoshning qanchaligida emas. Bu tartibning joriy etilishi deputatning obrosini bir necha pogona oshiradi. Deputat ozi rahbar bolgan korxona yoki tashkilot mablaglariga majburan koz olaytirmaydi, oz xodimlari oldida yuzi yorug boladi.

Moddiy tomondan taminlangan deputatdan oz vazifasini bekamu kost bajarishni talab qilish va albatta, ularning buni halol bajarishlari faoliyatiga unum bagishlaydi. Saylovchilar hurmatini va ishonchini qozonishiga olib keladi. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, amaliyotga kiritilayotgan bu mayorlar deputatlarimizning faol bolishlari uchun muhim kafolatdir.

Maqsud NURILLAYEV, Ozbekiston XDP Navoiy viloyat kengashi raisi:

Joriy yilgi saylovlardan song 213 tuman(shahar) Kengashlari deputatlarining ortacha 30 foizi oylik maosh, avtomashina va alohida xona bilan taminlanishi malum qilindi. Shu tariqa 1500 nafardan ortiq deputat doimiy ish orniga ega boladi. Aniq ayta olamanki, vijdonan ishlagan har bir deputat bundan xursand boldi. Negaki, yildan-yilga ularga etibor kuchayib, jamiyatdagi nufuzi osayotganiga barchamiz guvoh bolyapmiz. Orni kelganda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini yanada jonlantirish uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman.

Avvalo, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlariga har oyda eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdori maosh tolansa, maqsadga muvofiq bolardi. Bu mablag ularga istalgan vaqtda saylovchilar bilan uchrashish imkonini oshiradi.

Shuningdek, soliqdagi imtiyozlar ham xalq vakillari ishida jonlantirishga tasir korsatadi. Avtomashina sotib olishda imtiyozli kreditlar ajratilsa, nur ustiga nur bolardi. Qilayotgan ishidan ham rahmat, ham ragbat oladigan deputat saylovlarda yutib chiqish, xalqning ishonchi va mehrini qozonish uchun haqqoniy, astoydil harakat qiladi. Bundan tashqari, mahalliy Kengash deputatlariga transport vositalaridan foydalanishda (samolyot, poyezd) chegirmalar joriy etilishi lozim, nazarimda.

Ayrim davlat idoralarining deputatlik soroviga bepisandlik bilan qarab, belgilangan muddatda javob qaytarmaslik holatlari hamon uchramoqda. Deputatlar tomonidan korxona va tashkilotlarga yuborilgan deputat sorovlarini nazorat qilish uchun Kengash tarkibida yangi shtat birligi joriy etilsa, yaxshi bolardi. Sorovlarga javobdagi yuzaki yondashuv, bepisandlik holatlariga qonun doirasida chora korilishini ilova qilish shart, deb hisoblayman. Bu orqali idora va tashkilotlardagi masullarning xushyorligini oshirish mumkin.

Bahodir KARIMOV, xalq deputatlari Namanagan viloyat kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Negadir faol tadbirkor, fermerlarni deputatlikka nomzod sifatida korsatish hollari kopaygan. Bu yaxshi, albatta. Faqat ular deputatlik faoliyatiga qiziqib, aholi uchun u yoki bu masalani hal etishga yeng shimarib kirishishga qodir bolishlari zarur. Har bir deputat Kengashda sohalar boyicha doimiy komissiyaga azo boladi. Boshlanishida doimiy komissiyaning bir-ikki yigilishiga qatnashib, keyin esa uning ishi chiqib qoladi. Natijada 9-10 nafar komissiya azosidan 3-4 nafari ishlaydi, xolos. Bu esa belgilangan rejaning bajarilmay qolishiga sabab boladi. Oylaymanki, joriy yilgi saylovlarda siyosiy partiyalar shu jihatlarga ham etibor berishadi.

Shuningdek, siyosiy partiya deputatlikka nomzodlarni tanlashda imkon qadar mulohazali bolishi, yetti olchab bir kesishi lozim. Chunki ularning kopchiligi deputat bolib saylanguncha faol bolishadi. Bunday deputatlar sessiyalarga, doimiy komissiya yigilishlariga befarqlik bilan qarashadi. Sessiyalarda korilayotgan masalalarning maxzmun-mohiyatini tushunib-tushunmay qaror qabul qilishadi. Qisqa qilib aytganda, qol kotarib tasdiqlashga yaraydigan deputatlar ham oramizda yoq emas.

Rahbarlik lavozimida, ayniqsa, davlat idoralari boshliqlarining deputat bolib saylanishi meni oylantirardi. Tasavvur qiling, tumanda Davlat dasturi ijrosi yoki ish orni yaratilishi va aholi bandligini taminlash bilan bogliq masala muhokama qilinyapti. Tuman hokimi Kengash raisi. Deputatlar kimni soroqqa tutsin? Aslida hokimning deputatlik va Kengash raisligidan boshqa qiladigan ishi, bajarishi lozim bolgan vazifalari kop. Shularni hisobga olgan holda, joriy yilgi saylovlardan keyin yangi tartib joriy etiladigan boldi. Unga kora, tuman(shahar) hokimlarining xalq deputatlari mahalliy kengashlari raisi maqomi bekor qilinadigan boldi. Hokim partiya azosi ham, deputat ham bolmaydi. Davlat tashkiloti vakillari ham deputat bololmaydi. Endi Kengash raisi saylangan deputatlar orasidan ovozga qoyilib tanlanadi. Rais joyida otirib, faqat oz faoliyati bilan mashgul boladi. Har olti oyda malaka oshirib boradi. Hududdagi tortala sektor rahbarlari bilan doimiy aloqa ornatib, ularni eshitadi. Aholi muammolari yuzasidan bajarilgan ishlarni tahlilini amalga oshiradi. Bu tartib hududlarda yangicha muhit paydo bolishiga sharoit yaratadi, deb oylayman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: