O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.07.2019

ON YIL DAVOMIDA RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA

namunaviy loyihalar asosida 123 mingdan ortiq uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi

Milliy matbuot markazida «Qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi Dasturlarida Qishloq qurilish bank» ishtiroki mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda bankning qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishidagi ishtiroki, bu yonalishda erishilayotgan natijalar va galdagi vazifalar boyicha atroflicha ma’lumot berildi.

— Respublikamiz qishloqlarini obod qilish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan Davlat dasturlari doirasida 2009-2019 yillarda hududlarda namunaviy loyihalar asosida 123 mingdan ortiq uy-joy qurilishi boyicha ish olib borildi, deydi Qishloq qurilish bank ATB boshqaruv raisining birinchi orinbosari Akbar Eshonqulov. Ushbu uy-joylarning 80 mingdan koprogi bevosita bankimiz tomonidan moliyalashtirildi. Otgan vaqt davomida qurilish ishlari uchun 15,41 trillion somdan ortiq mablag sarflandi. Bu borada birgina Qishloq qurilish bank tomonidan moliyalashtirilgan uy-joylar uchun 3,23 trillion som aholining mablagi, 6,34 trillion som bankning imtiyozli ipoteka krediti mablagi sarflandi. Namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishida aksiyadorlik tijorat Qishloq qurilish bank salmoqli orinni egallamoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 24 noyabrdagi Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga muvofiq, joriy yildan boshlab qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi Obod qishloq dasturi bilan uzviy bogliqlikda amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur hujjatga muvofiq, dastur doirasida uy-joylarning yangi namunalari joriy etildi.

Jumladan, dasturga kiritilgan aholi punktlari, shuningdek, aholi zichligi yuqori bolgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taminlanmagan hududlarda tort qavatli arzon kop kvartirali (2 va 3 xonali) uylar bunyod etilmoqda. Shuningdek, aholisi zich bolmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taminlanmagan hududlarda 0.02 gektar olchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar ham bor.

Bugungi kunda ushbu bank ishtirokida qurilayotgan 6 ming 508 ta uy-joydan umumiy qiymati 400,65 milliard somlik 2 ming 183 ta uy-joy Osiyo taraqqiyot banki mablaglari hisobidan va umumiy qiymati 657,9 milliard somlik 4 ming 325 ta uy-joy Islom taraqqiyot banki mablaglari hisobidan moliyalashtirilgan.

2019 yilda quriladigan arzon uy-joylardan ayrimlarining energiya samaradorligini oshirish boyicha qoshimcha xarajatlarni qoplash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fondning 1 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablaglarining yonaltirilishi kozda tutilgan. Shu maqsadda bank bilan BMT Taraqqiyot dasturi ortasida Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Fargona va Xorazm viloyatlarida quriladigan arzon uy-joylarning 800 tasini energiya samaradorligini oshirish boyicha 1 million AQSh dollari miqdoridagi qoshimcha xarajatlarni qoplash boyicha bitim tuzildi.

Matbuot anjumanida Qishloq qurilish bank ATB tomonidan qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi boyicha kelgusida belgilanayotgan vazifalar, bank faoliyatining asosiy yonalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Toshtemir MUROD.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: