O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
23.07.2019

Sirdaryo viloyatidagi paxtachilik fermer xojaliklari hamda klasterlari ishchi va xodimlarining mamlakatimizning mirishkor fermer va dehqonlariga murojaati

Qadrli do‘stlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2019 yil 18 iyul kuni viloyatimizga tashrifi chogida paxta dalalarida bolib, goza rivoji bilan yaqindan tanishdilar.

Davlatimiz rahbari biz — fermerlar bilan bolgan uchrashuvda bu yilgi mavsumni paxtachilikda ham muvaffaqiyatli yakunlash boyicha oldimizda turgan vazifalarni alohida ta’kidlab, ularni hal etishning yol-yoriqlarini aniq-ravshan korsatib berdilar.

Prezidentimizning: «Chol quyoshi va hayot sinovlarida toblangan, omilkor, azmu shijoatli sirdaryolik fermerlar goza parvarishi borasida zarbdor 40 kunlik elon qilib, shu vaqt mobaynida ozlarini ayamasdan, astoydil mehnat qilib, viloyatda galla yetishtirish boyicha erishilgan yutuqlar tasodif emasligini isbotlaydilar, deb ishonaman. Vohaning azamat dehqonlari qishloq xojaligidan yuqori hosil va katta daromad olib, farovon va badavlat yashashga tola haqlidirlar. Bugun daladagi gozaning baravj rivojini korib, bunga har tomonlama amin boldim», degan fikrlari bizni yanada ruhlantirib yubordi. Bu sozlar biz uchun albatta dasturilamal bolib xizmat qiladi.

Haqiqatan ham, bu yilgi mavsum paxtachilikda mol hosil yetishtirish uchun juda qulay keldi. Bu borada qishloq xojaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish, gozani parvarish qilishda agrotexnik tadbirlarni oz vaqtida va sifatli otkazish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani biz dehqon va fermerlarning kuchimizga kuch, gayratimizga gayrat qoshmoqda.

Ayniqsa, paxtaning xarid narxi otgan yilga nisbatan qariyb 1,3 barobar oshirilib, uning 1 tonnasi uchun 4 million som narx belgilangani, imtiyozli kreditlar, mineral ogitlar, yoqilgi-moylash mahsulotlari oz vaqtida joylarga yetkazib berilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bundan tashqari, bu yilgi ob-havo sharoitida zararli hasharotlar kop bolganini hisobga olib, ularga qarshi kurashish uchun respublikamiz byudjetidan dotatsiya sifatida 120 milliard som, jumladan, Sirdaryo viloyati fermerlariga 10,5 milliard som mablag ajratilganini takidlash zarur.

Bu yil paxtachilikka tomchilatib sugorish texnologiyalarini joriy etgan fermerlarga davlat byudjeti hisobidan har bir gektar yer uchun 8 million somdan subsidiya mablagi ajratilayotgani ham muhim ragbatlantiruvchi omil bolib xizmat qilmoqda.

Soha rivojiga qaratilgan yana bir amaliy etiborni alohida qayd etish lozim. Ikki yildan buyon fermer xojaliklari va suv istemolchilari uyushmalariga qarashli nasos agregatlari tomonidan sarflanayotgan elektr energiyasi qiymati davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan qoplab berilmoqda.

Songgi yillarda qoshilgan qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan paxta-toqimachilik klasterlari tashkil etilayotgani paxtachilik tarmogidagi eng muhim yangiliklardan biri boldi.

Joriy yilda viloyatimizda 38 ming gektar yerda yoki umumiy paxta maydonining 52 foizida 5 ta zamonaviy klaster korxonasi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan 350 dan ortiq yangi qishloq xojaligi texnikalari xarid qilingani chigit ekishni 10-12 ish kunida yakunlash imkonini berdi.

Bu islohotlarning yana bir muhim jihati shundaki, klasterlarning tajribali mutaxassislari dalaga chigit ekilganidan buyon biz bilan yonma-yon turib, goza parvarishi bilan bogliq barcha agrotexnik tadbirlar oz vaqtida otkazilishiga yaqindan komaklashmoqda.

Davlatimiz rahbarining biz fermer va dehqonlarga korsatayotgan ulkan etibor va gamxorligi, kamtarona mehnatimizga berib kelayotgan yuksak bahosi qalbimizga quvonch va gurur bagishlab, oz kuchimizga bolgan ishonchimizni yanada oshiradi, ayni vaqtda zimmamizga katta masuliyat ham yuklaydi.

Bu masuliyat bizdan yanada samarali mehnat qilishni, qishloq xojaligining boshqa tarmoqlari qatori paxtachilik boyicha zimmamizga olgan shartnoma majburiyatimizni ham sharaf bilan ado etishimizni taqozo etishini albatta barchamiz yaxshi anglaymiz.

Ayniqsa, hosil taqdirida hal qiluvchi palla boshlanayotgan shu kunlarda bu haqiqatni barchamiz chuqur his etmoqdamiz.

Chindan ham, mashaqqatli mehnat va katta xarajat evaziga yetishtirilayotgan hosilni nafaqat tola saqlab qolish, balki uni yanada kopaytirish maqsadida qishloq xojaligi xodimlari va mutasaddilari, suvchi va mexanizatorlar, agrar soha mutaxassislari bilan birgalikda barcha fermer va dehqonlar masuliyatni ikki karra oshirib, kunu tun dalada bolishimiz, bir tanu bir jon bolib ishlashimiz hamda bu yil galla kabi paxtadan ham mol hosil va yuqori daromad olishimiz shart.

Kopni korgan tajribali fermer va dehqonlarimiz iyul-avgust oylari goza ayni rivojlanadigan, dehqonchasiga aytganda, ekin kechayu kunduz kuchga kiradigan, hosil toplaydigan eng dolzarb palla ekanini, bu davrda qanday agrotexnik ishlar amalga oshirilishi zarurligini juda yaxshi biladilar.

Buni togri tushunadigan viloyatimiz fermerlari 2019 yil paxta hosili uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini qayta korib chiqdilar. Natijada paxta yetishtiradigan 1 ming 474 ta fermer xojaligining 282 tasi rejadagi 26,7 sentner orniga gektaridan 40 sentnerdan, 897 tasi 35 sentnerdan va 295 tasi 30 sentnerdan yuqori hosil olish uchun yangitdan shartnomalar tuzib, paxta tayyorlash shartnomaviy rejasini viloyat boyicha oshirib bajarishga qaror qildilar.

Hurmatli mirishkor fermer va dehqonlar!

Biz sirdaryolik fermer va dehqonlar, paxtachilik klasterlarining ishchi va xodimlari goza rivojida ota dolzarb ahamiyatga ega bolgan hozirgi kunlarning har bir daqiqasini ganimat bilib, 20 iyuldan 30 avgustgacha bolgan muddatni mamlakatimizda Gozadan kafolatli hosil yaratishning 40 kunlik zarbdor oyligi deb elon qilishni taklif etamiz.

Ana shu zarbdor davr mobaynida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy etibor qaratishimiz zarur, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, tashkiliy ishlarni yana bir marta, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, qaytadan, puxta rejalashtirib olaylik.

Ikkinchidan, dehqonlarimizning toplagan kop yillik boy tajribasiga tayanib, zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion agrotexnologiyalarni qollashga alohida etibor qarataylik.

Sir emas, keyingi yillarda global iqlim ozgarishlarining salbiy oqibatlari yurtimizda ham sezilmoqda. Joriy yil 11 iyuldan buyon respublikamizning barcha hududlarida quruq va jazirama havo saqlanib qolmoqda. Harorat otgan yillarning shu davridagi ortacha meyordan 5-7 daraja yuqori bolmoqda.

Bunday holat barchamizdan yanada tadbirkorlik bilan ishlashni talab etadi. Biz tabiat injiqliklarini oz bilim, tajriba va mahoratimiz bilan mardonavor yengib otishimiz, otgan yillardagi natijalar bilan cheklanib qolmasdan, yanada yuqori marralarni kozlab ish tutishimiz lozim.

Shu kunlarda suvchilar sonini ikki barobar kopaytirib, ular uchun zarur sharoitlar yaratib, kechayu kunduz gozani sifatli sugorishni taminlaylik.

Zar qadrini zargar, suv qadrini suvchi biladi, deydi xalqimiz. Shu hikmatga amal qilib, suvning bir tomchisini ham isrof qilmasdan, gozani faqat tunda, qatiy tizim asosida, sharbat usulida sugorib, gozaning tagida doimo nam saqlanishiga alohida etibor qarataylik.

Uchinchidan, mavjud kultivatorlarni daladan chiqarmasdan, ularning otryad va naryad tizimida ishlashini tashkil etib, sugorilgan maydonlar tobga kelishi bilan ularni peshma-pesh mayin kultivatsiya qilaylik.

Tortinchidan, gozani chekanka qilishni 25 iyulga qadar toliq yakunlab, zararkunanda hasharotlarga qarshi kompleks yondashuv asosida kurashishni davom ettirib, gozaga maxsus preparatlar bilan ishlov berishga hamda ushbu tadbirlarni kunning salqin paytlarida amalga oshirishga ahamiyat beraylik.

Muxtasar aytganda, tabiat ozbek dehqonlarining nimaga qodir ekanini, ularning sabr-bardoshi, bilim va tajribasini yana bir bor sinovdan otkazayotgan shu kunlarda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, muhim agrotexnik tadbirlarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirib, barcha say-harakatlarimizni paxtadan yuqori hosil yetishtirishga yonaltiraylik.

Aziz yurtdoshlar, qadrli fermerlar!

Bugun xalqimiz bizni rizq-rozimiz bunyodkorlari deb uluglab, azmu shijoatimiz, gayrat va matonatimizga koz tikib turganini bir zum bolsa-da, esdan chiqarmasligimiz kerak.

Dasturxonimiz tokin-sochin, bozorlarimiz noz-nematlarga tola va arzon, turmushimiz farovon bolishi bizning mashaqqatli mehnatimizga bogliq. Nega deganda, bugungi kunda paxtachilikning nafaqat mamlakatimiz sanoati rivojidagi, balki aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashdagi orni ham beqiyos bolib, uni hech narsa bilan olchab, baholab bolmaydi. Xususan, bozorlarimizni gosht, sut, tuxum kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan toldirishda mazkur tarmoqning roli naqadar katta ekanini unutmaylik.

Biz muhtaram Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qoshish uchun barchangizni sidqidildan halol va fidokorona mehnat qilishga chaqiramiz!

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu va olijanob ishlaringizga qut-baraka tilaymiz. Bu yilgi mavsumda ulkan xirmon barpo etib, xalqimiz oldida yuzimiz yorug bolishi hammamizga nasib etsin.

Sirdaryolik fermer va dehqonlar.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: