O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.07.2019

MAQTANISHDAN FOYDA YOQ

Bugun o‘z ishiga tanqidiy yondashgan partiya yutadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi joriy yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari yuzasidan matbuot anjumani otkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiya rahbarining orinbosari Abdugaffor Qirgizboyev fraksiya faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Takidlandiki, fraksiya faoliyati parlamentga yollangan murojaatnoma asosida yangicha yonalishda tashkil etildi. Xususan, Davlat dasturining ijrosi bilan bogliq masalalarda deputatlik birlashmalari va partiya faollari ishtirokini taminlashga doir seminar-trening, amaliy mashgulotlar tashkil etildi.

Qayt etildiki, fraksiya azolari barcha yonalishdagi faoliyatida asosiy etiborni amaliy ishlarga qaratdi. Jumladan, qonun ijodkorligiga alohida etibor berildi. Fraksiya yigilishlarida 109 ta qonun loyihasi organib chiqildi, 12 ta qonun loyihasiga fraksiya azolari tashabbusi bilan konseptual ozgartirishlar kiritishga erishildi.

Shuningdek, Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalari boyicha 134 taklif ishlab chiqildi, ulardan 120 tasi qonunlarni qabul qilish jarayonida inobatga olindi. «Markaz-viloyat-tuman» tizimi orqali 79 ta qonun loyihasi togridan-togri joylarga partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlariga muhokama uchun yuborildi, ulardan 120 dan ortiq taklif olindi. Fraksiya azolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tayyorlangan 8 ta qonun loyihasini ishlab chiqishda tashabbuskor bolishdi.

Shuningdek, 2019 yil boshidan fraksiya faoliyatida qonun ijodkorligini tashkil etish maqsadida yangi yonalish joriy etildi. Yani, Qonunchilik palatasiga kirib kelgan qonun loyihalari fraksiyada alohida royxatdan otkazilib, dastlabki muhokamalardan song partiya tashkilotlari orqali joylarga yuborish va togridan-togri muhokama qilish tizimi joriy etildi. Natijada 79 ta qonun loyihasiga mahalliy Kengashlardagi OzXDP guruhi azolari, partiya faollari 200 dan ortiq taklif va mulohaza berdi. Mazkur jarayon Qonunlarning birdan-bir manbai va ijodkori xalq bolishi kerak, degan tamoyilga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi qonunning 37-moddasiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish boyicha takliflar ishlab chiqilgan edi. Fraksiyaning taklif mulohazalaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida nogironligi bolgan bolasini tarbiyalayotgan onalarga pensiyaga chiqayotganda kamida 7 yillik ish stajiga ega bolishi shartligi amaliyoti bekor qilindi.

Parlament eshituvlari deputatlarning saylovchilar bilan muloqotlarida kotarilgan dolzarb muammolar asosida tashkillashtirildi. Ularda mahalliy Kengash deputatlarining ishtirokini taminlash amaliyoti joriy qilingan.

Joriy yilgi Davlat dasturining 1-bandiga asosan parlament azolari har oyning oxirgi haftasida oz saylov okrugiga chiqib, muammolarni tizimli ravishda organib bordi. Deputatlar har oyning oxirgi haftasida, yani 6 marta oz saylov okruglarida bolishdi. Mazkur muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan 3 485 ta masala kotarilgan. Ularning aksariyati (90 foizga yaqini) hududlarning ozida mahalliy mutasaddilar bilan birga hal etildi. Qolganlari Qonunchilik palatasida tegishli vazirlik-idora rahbar va masullari ishtirokida kengaytirilgan yigilishlarda muhokama qilindi. Ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish sorab, tegishli sohalar rahbarlariga deputatlik sorovlari yuborildi.

Bundan tashqari, aholiga tibbiy xizmat korsatish va dori vositalari taminotini yanada yaxshilash, qonunchilikni samarali tatbiq qilish, islohotlarning samaradorligini taminlashga qaratilgan tasirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazorati davom ettirildi. 14 ta tuman va shaharda otkazilgan sessiyalarda sogliqni saqlash bolimlarining hisobotlari eshitildi.

Fraksiya har oyda deputatlar joylardan qaytganda, saylovchilar tomonidan kotarilgan masalalarni tahlil qilib, ijro hokimiyatining masul vakillarini jalb etgan holda muhokamalar otkazib keldi.

Anjumanda shu va yana boshqa koplab masalalar xususida atroflicha malumot berildi. Belgilangan maruzadan song jurnalistlar savollar bilan murojaat qildi.

Savol:

— Joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida kotarilgan masalalar yuzasidan yuborilgan deputatlik hamda parlament soroviga mutasaddilarning munosabati qanday bolmoqda?

Tursunpolat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Togrisi, parlament sorovlariga munosabat dastlabki bosqichda u qadar sezilmadi. Ikki-uch yil davomida bir necha marta yuborgan parlament sorovlarimiz joriy yilda qayta yollandi. Qarangki, bir marta yuborilgan sorovga avvalgidek, boshqarma boshliqlari yoki vaqtincha rahbarlik vazifasini bajaruvchilar emas, vazirlar imzosi bilan javoblar kelmoqda. Asosiysi, kotarilgan muammolar hal etilyapti.

Masalan, Surxondaryo viloyati Uzun va Denov tumanlaridagi magistral yolning ayanchli ahvoli haqidagi sorovimga kop bora bepisandlik bilan qaralgan edi. Bu yil vazir nazorati bilan tamirlash ishlari olib borilmoqda. Bunaqa misollarni yana koplab keltirish mumkin. Ammo vaziyat toliq yaxshilandi, parlament sorovlariga hamma jiddiy qaramoqda, deyishga hali erta.

Savol:

Qonun tashabbuskorligi jarayonida tub burilish va katta ozgarishlarni qachon koramiz?

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Qonun tashabbuskorligi jarayonida ancha yillar davomida hal bolmay kelayotgan qator masalalarga yechim topishga erishildi, deb ayta olaman. Masalan, sogliqni saqlash sohasida achinarli holatga kelib qolgan QVPlar qayta tamirlandi, jihozlandi, dori vositalari bilan bogliq muammolar tizimli ravishda organilib, nazoratga olinmoqda.

Aytaylik, nogironlikni belgilash masalasida shaffoflik taminlandi. Buning uchun nogironligi bolgan shaxslarning umumiy royxati tuzildi va ularning shart-sharoiti organildi. Tizimdagi huquqiy asos takomillashtirildi, boshliqlar toldirilmoqda. Oxirgi vaqtlarda dori vositalari narxining asossiz ravishda oshirilishi keskin muhokamalarga sabab bolmoqda. Mazkur tizim ham tanqidiy asosda organildi hamda dori vositalari va farmatsevtika faoliyati bilan bogliq yangi qonun qabul qilishda fraksiyamiz azolari tashabbus korsatdi. Yoki inson azolarini kochirib otkazish bilan bogliq muammolar yechimiga xizmat qiluvchi qonun qabul qilinishida alohida tashabbus korsatdi.

Bular oz yoliga. Lekin ertaga sarhisob qilish vaqtida yana nima qildik, nimalarni boy berdik yoki qila olamiz, degan savol atrofida bosh qotirishimiz kerak. Ozimizga mana shular asosida vazifa qoyishimiz zarur.

Qonunlar yomon bolmaydi, biroq ular ozidan ozi amalga oshmaydi. Qonunlarni jamiyat hayotiga tatbiq qilishda deputatlar, partiya faollari bevosita va bosh ishtirokchi bolishimiz lozim, deb oylayman.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Togrisi, avvallari joylarga chiqib, xonadonma-xonadon yurmaganimiz uchun haqiqiy ahvol haqida bu qadar chuqur tasavvurga ega emasdik. Endi esa xonada otirib qabul qilingan qonunlardagi kamchiliklar korinib qoldi.

Misol uchun, sogliqni saqlash sohasiga aloqador qonunchilikda vrach xonasi bemorlar yotadigan xonadan katta bolishi kerakligi belgilangan. Mantiqan esa bu notogri. Aslida bemorlar xonasi kattaroq bolishi talab etiladi. Nogironlarga kompensatsiya berish huquqini tiklash boyicha ham taklif ishlab chiqilmoqda. Yoki nafaqa berishni olaylik. Kop bolali oilalarga nafaqa tolash tartibi joriy etilgan. Ammo qariya, bazi yolgiz yashaydigan shaxslar uchun bunday tolov bekor qilingan. Shu tartib notogri ishlayotganiga guvoh boldik. Pensiya va nafaqalar aholining ijtimoiy holatidan kelib chiqib belgilanishi kerakligi haqidagi takliflarimizni tayyorladik. Kelgusida mana shu yonalishdagi ishlarimizni yanada kuchaytirib, saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalarning ijrosini taminlashga bor kuchimizni safarbar etamiz, albatta.

Matbuot anjumanida fraksiya azolari yana qator savollarga javob berdi.

Bundan tashqari, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek INOYATOV fikrlar hamda berilgan malumotlardan kelib chiqib, oz mulohazalarini bildirdi.

Anjuman davomida berilgan savollarga javob qaytarishda aybdorni, javobgarni, masulni qidirishga urinishdan voz kechishimiz kerak, dedi partiya yetakchisi. Jurnalistning birgina savolidan barchamiz sergak tortdik va buning uchun OAV xodimlariga rahmat aytishimiz lozim. Chunki ularning bugungi tanqidiy ruhdagi savollari ertangi faoliyatimizga ijobiy tasir korsatadi. Shuning uchun ozimizni ozimiz ozgina tanqid qilishni organishimiz zarur. Keling, yil yakuniga qadar har kuni bir marta ozimizga vijdonan hisob beraylik. Oz ishidan qoniqmaslik yaxshi xislat. Doim faoliyatimizga tanqidiy jihatdan yondashsak, saylovda koproq ovoz olishga, tarafdorlarimiz safini kengaytirishga erishamiz.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: