O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.07.2019

DEPUTATLAR JARIMANING 70 FOIZINI TOLASH GOYASINI ILGARI SURDI

2019 yil 22 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib otdi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida korib chiqilgan bir qator qonun loyihalari siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari hamda Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yigilishlarida ham dastlabki tarzda qizgin muhokama qilingan edi.

Shu bois, deputatlar ishni «Ilm-fan va ilmiy faoliyat togrisida»gi qonun loyihasini batafsil korib chiqishdan boshladilar. Qayd etilganidek, ushbu loyihaning asosiy maqsadi mamlakat ilm-fani va ilmiy salohiyatini har tomonlama qollab-quvvatlash, iqtisodiyotni rivojlantirishda fan-texnikaning hissasini oshirish, bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning sifati va samaradorligini yuksaltirish, ilm-fan, talim va ishlab chiqarish ortasidagi ozaro uzviylikni mustahkamlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hukumat tomonidan Fan togrisida nomi bilan palataga kiritilgan loyihani ikkinchi oqishga tayyorlash jarayonida u 10 ta modda bilan toldirilib, loyiha 48 ta moddadan iborat boldi. Asosiy tushunchalarni qamrab olgan moddadan voz kechilib, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga doir ota ahamiyatli holatlar alohida moddalarda togridan-togri meyorlashtirib qoyildi. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida hal qiluvchi ahamiyatga ega masalalar – ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, davlat maqsadli dasturlari, davlat hududiy dasturlari, ilm-fan, talim va ishlab chiqarishning uzviy bogliqligiga oid yangi moddalar kiritildi. Shuningdek, ilk bor ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish masalasi qonun darajasida belgilab qoyilmoqda.

Deputatlar mazkur qonunning qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishida huquqiy asos bolib xizmat qilishini qayd etdilar.

Shundan song Valyutani tartibga solish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasiga otildi. Takidlanganidek, mazkur loyihada valyutani tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi, valyuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralashuviga yol qoyilmasligi, valyuta kursini aniqlashda faqatgina bozor mexanizmlari qollanishini nazarda tutuvchi qoidalar belgilanmoqda. Shuningdek, amaldagi qonundagi bazi normalar ozining dolzarbligini yoqotgani sababli tubdan qayta korib chiqilmoqda.

Deputatlarning fikricha, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursi bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilanishi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni kopaytirish, xojalik yurituvchi subektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Majlisda bahs-munozaralarga boy bolgan masalalardan yana biri ikkinchi oqishda korib chiqilgan Banklar va bank faoliyati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi boldi. Aytib otilganidek, amaldagi qonunning ayrim normalari halqaro standartlarga mos kelmasligi, Markaziy bank banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasida yetarli vakolatlarga ega emasligi natijasida tizimda tartibsizliklarga chek qoyish qiyin kechmoqda. Taklif etilayotgan, togridan-togri amal qiluvchi normalarni oz ichiga olgan, ilgor xorijiy tajriba, umumetirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsat berish, uni davlat royxatiga olish va faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek, investorlar Markaziy bank ruxsatini olmasdan bank aksiyalarini sotib olishi tartibi takomillashtirilmoqda. Bankni qayta tashkil etish, litsenziyani chaqirib olish asoslari, banklar faoliyatini toxtatish va ularni tugatish, shu jumladan, ixtiyoriy va majburiy tugatish hamda tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari ham belgilanmoqda. Banklar faoliyatini tartibga solish tizimi takomillashtirilmoqda.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublika bank tizimining barqarorligini oshirishga, banklar ortasida soglom raqobat muhiti yaratilishiga, omonatchilar hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Shundan song korib chiqilgan Fuqarolik holati dalolatnomalari togrisidagi qonun loyihasi muhokamasi ham qizgin kechdi. Hozirda mamlakatimizda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni huquqiy tartibga solish Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar (Fuqarolik va Oila kodeksi), qonunlar, qonunosti hujjatlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro shartnomalar va kelishuvlar normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Shulardan korinib turibdiki, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartib-taomillari, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning huquqiy maqomi va vakolatlari, FHDYo organlarining ozaro hamkorlik, faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi qonun darajasida aniq belgilanmagan.

Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib palataga kiritilgan qonun loyihasi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi barcha organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, FHDYo organlari xodimlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish boyicha xizmat korsatish jarayonidagi javobgarligini belgilashga imkon beradi, shuningdek, barcha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini aniqlashtiradi.

Uzoq davom etgan bahs-munozara, tortishuvlardan song mazkur loyiha deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qollab-quvvatlanib, birinchi oqishda qabul qilindi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy kechdi.

Sud faqat jazo tayinlovchi organ degan eski tushunchalar, qonun normalari esa, shunday jazolarni qollash uchun huquqiy asos degan notogri talqinlar deputatlarning songgi yillardagi qator say-harakatlari tufayli ozgarayotgani, jamoatchilik tomonidan deputatlarning qator takliflari, tashabbuslari qollab-quvvatalanayotgani sir emas. Ushbu qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlarda deputatlarimiz sud ham, qonunlar ham adolat ornatishga xizmat qilishi zarur, degan goyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdilar. Loyiha muhokamasi davomida uning asl mohiyatini saqlab qolishga harakat qildilar. Shuning uchun majlisda korib chiqilgan qonun loyihalari ichida eng kop ovoz toplab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha boldi.

Loyiha sud tomonidan jarima solish togrisidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab on besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda tolangan taqdirda u qolgan summani tolashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi mamuriy jarima solish togrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi. Mamuriy jarima solish togrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, mamuriy jazo qollanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qollanilmasligi qayd etib otilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan ozgartirishlarning amaliyotda qollanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni oz vaqtida tolashga ragbatlantiradi, ular uchun qoshimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek, mablaglar oz vaqtida Davlat byudjetiga kelib tushishini taminlaydi.

Majlisda, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: