O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
16.07.2019

JAZIRAMA ISSIQ KUNLARDA

sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiryaptimi?

Yoz mavsumi ayni avjiga chiqqan shu kunlarda ob-havo masalasi kundalik suhbat mavzularidan biriga aylangan. Aholi ortasida «Sinoptiklar haroratning haqiqiy korsatkichini yashirishayapti, aslida harorat kunduzi 47-50 darajaga boryapti», degan gaplar ham yuribdi. Ba’zilar esa uydagi haroratni olchash asboblari 60 darajani korsatayotganini aytmoqda.

Bu gap-sozlar qanchalik togri?

– Ayni vaqtda aholi haroratni aniqlaydigan maishiy termometrlardan keng foydalanmoqda, deydi Ozgidrometning bosh sinoptigi Irina Zaytseva. Bu asboblarning qabul qilish qismi quyosh nuri yoki atrofdagi predmetlarning issiqlik nurlanishidan himoyalanmagan. Bunday holatda termometr havo haroratini emas, balki termometrning qabul qiluvchi qismi qizigan darajasini olchaydi.

Togri, quyosh nurlari ostida (ochiq havoda) bolgan inson havo haroratini emas, Quyoshdan kelayotgan, yer yuzasidan kotarilayotgan hamda atrofdagi qizigan predmetlar ozidan chiqarayotgan energiya tasirida issiqlik bosimini his etadi. Avtomashinadagilar quyosh nurlari tasirida qizigan mashina korpusining issiqlik nurlanishini his qiladi. Shuning uchun tik quyosh ostidagi harorat soyaga qaraganda ancha yuqoridek seziladi.

Meteorologik kuzatuvlar Jahon Meteorologiya Tashkiloti qoidalariga muvofiq yagona uslubda va yagona standart sharoitlarda otkaziladi. Xususan, havo harorati yer sathidan 2 metr balandlikda ornatilgan maxsus shamollatiladigan meteorologik budkada olchanadi. Olchov asboblari doimiy ravishda tekshiriladi, ularning korsatkichlari etalon asbob korsatkichlari bilan solishtiriladi.

Shuning uchun havo harorati togrisida aniq malumotlarni bilmoqchi bolsangiz, Ozgidromet prognozlaridan foydalanishni va ularga ishonishni taklif qilamiz.

Shahar aholisi yoz jaziramasini yengilroq otkazishi uchun quyuq soya beradigan daraxtlarni koproq ekish, aholining dam olishi uchun yashil xiyobonlar va serdaraxt parklar barpo etish, ariqlarni chiqindilardan tozalab suv bilan toldirish zarur. Bularning barchasi shaharda maqbul mikroiqlim va jazirama issiq kunlarda qulay yashash sharoitlarini yaratadi.

Yana shuni aytish kerakki, hozirga qadar jahonda eng yuqori havo harorati AQShning Kaliforniya shtatidagi Olim vodiysi va Liviya cholida qayd etilgan bolib, u 57-58 daraja issiqni tashkil etgan.

Ozbekistonda eng yuqori harorat esa Qizilqum cholida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan bolib, u 50 daraja issiq bolgan.

Toshkent shahrida yoz mavsumining eng yuqori issiq davri 1997 yilning 18 iyul kuni bolgan. Bunda issiqlik harorati 44.6° daraja issiqqa teng bolgan.

— Aslida iyul oyi yozning ortasi, shu boisdan ham odatda eng yuqori haroratlar iyul oyiga togri keladi, deydi Irina Zaytseva. Xalq orasida chilla deb, ataladigan eng issiq haroratli 40 kunlik davrning katta qismi shu oyga togri keladi. Bu davrda Orta Osiyo hududi, shu jumladan Ozbekiston past bosimli atmosfera oqimlari tasirida boladi. Qizigan chollar ustida yuqori haroratli va tarkibida nam juda kam bolgan kontinental tropik havo oqimlari shakllanadi. Bu yozning ortasida havoning kam bulutli, quruq va jazirama issiq bolishini belgilaydi.

Bu yilgi iyul oyi ham bundan mustasno bolmayapti. Otgan haftada ham kunduz kunlari Ozbekiston hududida odatdagidek 40-42 daraja atrofidagi issiq havo harorati kuzatildi. Janub va chol hududida 43-45 darajani tashkil etdi.

Yaqin hafta ichida butun respublikamiz hududida ana shunday issiq ob-havo saqlanib turadi. Haroart kechasi 27-29, kunduzi 40-42 daraja, mamlakatimiz janubi va chol zonalarida kechasi 30-32 daraja, kunduzi 43-45 daraja issiq bolishi kutilmoqda. Bu yoz ortasi uchun ortacha kop yillik korsatkichlardan 5-7 darajaga yuqori bolganini korsatmoqda. Ozbekistondagi bunday issiq havoni atmosferadagi janubiy-garbiy oqimlar keltirib chiqarmoqda, issiq havo harorati respublikamiz hududiga asosan Eron hududlaridan kirib kelmoqda

Bugungi kunda ob-havoning bunday yuqori kotarilishi iqlim ozgarishi bilan bogliq hodisa hisoblanadi. Tasiri butun dunyoda sezilayotgan iqlim ozgarishi (isishi)ning asosiy sababi atmosferada issiqxona gazlari miqdorining ortishidir. BMT Jahon meteorologiya tashkiloti malumotlariga kora, bugungi kungacha global yillik ortacha havo harorati 1880 yildagi darajadan 1C ga ortgan. Ozbekistonning hududida shu davr uchun ortacha yillik havo harorati 1,6S ga, yani 13,2 dan 14,8 S ga kotarildi. Bu isish jadalligi global kolamda kuzatilayotgan ortacha issiqlikdan yuqori. Ozbekiston iqlim ozgarishi tasiriga koproq moyil bolgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Insonlarning hayoti va sogligiga yozgi issiqlik bevosita xavf tugdirmaydi. Biroq issiqlikning salbiy tasiridan, ayniqsa, eng issiq kunlarda ozingizni himoya qilishingiz kerak.

Avvalambor, kunning ayni isigan vaqti quyosh tagida yurmaslik lozim. Agar shunday zarurat bolsa, bosh kiyim kiyish, tananing ochiq joylarini soyabonda himoya qilishga harakat qiling. Yetarlicha chanqoqbosdi ichimliklar istemol qiling, lekin ular juda muzdek ham bolmasin, eng yaxshisi kok choy ichgan maqul.

Namga boy meva va sabzavotlar istemol qiling. Otkir va juda yogli ovqat yemang. Muzlatish uskunalari bilan jihozlanmangan dokon va rastalardan tez buziladigan mahsulotlar xarid qilmang.

Agar konditsionerli xonada otirsangiz uni 18 darajadan pastga qoymang.

Yana shuni malumot ornida aytishim mumkinki, 15-18 iyul kunlari respublika boyicha havo harorati yuqoriligi saqlanib turadi.

Havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va chol hududlarda 43-45 darajagacha boladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bolishi mumkin.

15-18 iyul kunlari respublikaning tog oldi va togli hududlarida havo harorati kotarilishi hisobiga Tojikiston va Qirgiziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari otishi mumkin.

15-18 iyul kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boladi, bazi joylarda ozgarib turadi, yogingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27daraja, kunduzi 39-44 daraja issiq boladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli boladi, bazi joylarda ozgarib turadi, yogingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, bazi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq boladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boladi, bazi joylarda ozgarib turadi, yogingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq boladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boladi, yogingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, bazi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq boladi.

Andijon, Namangan, Fargona viloyatlarida havo biroz bulutli boladi, bazi joylarda ozgarib turadi, yogingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq boladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: