O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

AGROBANK CHAKANA XIZMATLARNI RIVOJLANTIRMOQDA

«Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib otgan matbuot anjumanida bank xodimlari aholiga korsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot berishdi.

Bugungi kunda Agrobankning 950 dan ortiq infratuzilma shoxobchalari bolib, yani 178 filial, 208 ta minibank, 95 maxsus kassa, 226 valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 246 xalqaro pul otkazmalari shoxobchalari orqali 223 ming nafardan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga keng turdagi xizmatlar korsatib kelmoqda.

Joriy yilning 1 iyul holatiga kora, bank tomonidan aholiga qariyb 2,4 millionta plastik karta muomalaga chiqarildi va yil boshiga nisbatan 84 mingtaga kopaydi. Muomalaga chiqarilgan xalqaro plastik kartalar soni joriy yilning 6 oyida otgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 barobarga osdi. Bank kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda konversion bolimlarda “Visa” xalqaro tolov kartalarini qabul qiluvchi 400 dan ortiq terminal ornatildi.

Aholi va mijozlarning daromadlarini oshirish maqsadida hozirgi kunda bank tomonidan jami 7 turdagi omonat, shundan 5 ta milliy va 2 ta xorijiy valyutadagi omonat turlari taqdim etilib kelinmoqda. Joriy yilning otgan davri mobaynida omonatlarga jalb qilingan mablaglar 1 068,1 milliard somni tashkil qilmoqda. Ushbu korsatkich yil boshiga nisbatan 258,3 milliard somga yoki 131 foizga osgan.

Bank kreditga extiyoji bolgan aholi qatlami uchun keng kolamdagi kreditlash tarmogiga ega bolib, uzoq va qisqa muddatli kreditlar ajratib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 6 oylik muddati davomida 227 mingdan ortiq mijozga jami 1 trillion 64 milliard som kreditlar ajratilgan. Shundan, 587 milliard som mikroqarz, 245 milliard som avtokredit, 205 milliard som istemol krediti, 19 milliard som talim va 8 milliard som overdraft kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, valyuta siyosatining liberallashtirilishi nafaqat aholiga, balki tadbirkor va investorlarga koplab turdagi valyutaga oid xizmatlarni korsatish boyicha keng imkoniyatlarni yaratdi va ushbu yonalishdagi xizmatlar kolami kundan-kunga oshib bormoqda. Hususan, 2017 yilning sentabr oyidan joriy yilning shu davriga qadar 595 million AQSh dollari (2,5 million nafardan ortiq mijoz), shundan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 153,1 million AQSh dollari xarid qilindi.

2019 yilning 1 iyul holatiga kora, halqaro pul otkazmalari aylanmasi 456,5 million AQSh dollari, shundan xorijiy davlatlardan yurtimizga jonatilgan valyutalar miqdori 437,7 million AQSh dollarni, Ozbekiston Respublikasidan xorijiy davlatlarga yuborilgan valyutalar miqdori esa 18,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda unikal mahsulot turi hisoblangan, Agrobankning respublikamiz boylab joylashgan barcha filiallari orqali, yurtimizning bir hududidan boshqa hududiga milliy valyutada pul otkazmalari imkoniyatini beruvchi Agroekspress xizmati joriy etildi

Mijozlarga masofadan turib bank xizmatlari korsatishga yonaltirilgan Agrobankmobile ilovasi bilan soliq va bojxona, kommunal, uyali aloqa va shahar telefonlari, internet va televideniye, maktabgacha talim muassasalari hamda sugurta xizmatlari uchun tolovlar, joriy yilda yolga qoyilgan yangi xizmat turlari – onlayn mikroqarz, onlayn omonat, onlayn konversiya amaliyoti, Vaqf xayriya jamoat fondi uchun vaqf tolovlari, notarius xizmatlari va boshqa bir qator tolovlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda, Agrobankmobile ilovasidan foydalanayotganlar soni 242 mingga yetdi. Ushbu korsatkich yil boshiga nisbatan 137 mingtaga yoki 231 foizga osgan.

Belgilangan rejaga kora, 2018 yilda 300 ta zamonaviy bankomat keltirilib, bankomatlar tarmogi 400 taga yetkazildi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda aholi gavjum joylari va bank xududlari tanlab olinib, tunu kun xizmat korsatuvchi 120 shaxobcha faoliyati yolga qoyildi.

Matbuot anjumanida ushbu malumotlar berildi va mutaxassislarning aytishicha, yaqin orada aholiga kredit berishning yanada qulay yoli ustida ish olib borilmoqda ekan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: