O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.07.2019

KOCHADA QOLGAN KEKSA OLIM OZ UYIGA QACHON QAYTADI?

Namangan muhandislik texnologiya (sobiq Namangan muhandislik-iqtisodiyot) instituti dotsenti, kafedra mudiri Madaminjon Dehqonov har kuni Andijon viloyati, Baliqchi tumanidan ishga qatnab talabalarga saboq bergan. Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga har kuni qatnash qiyinligi hisobga olinib, institut ma’muriyati tomonidan 1998 yilda Namangan shahridan unga turar-joy olib berilgan.

Institutning 1998 yil 25 fevraldagi 15-sonli ichki buyrug‘i va 10 martdagi 73-sonli hisob varaq fakturasi asosida «Hilol» xususiy firmasiga qarashli, Namangan shahar 1-kichik daha 65-uyning 58-xonadoni 280 ming somga narxlanib, institut balansiga sotib olinadi. Uyga tegishli bolgan hujjatlar (uy orderi, chizmasi, kalit)ni firma vakili I.Nematullayev oz qoli bilan institut komissiyasiga taqdim qiladi. Ilmiy kengash qarori bilan bu xonadon Madaminjon Dehqonovga oilasi bilan yashash uchun beriladi. Hujjatlarni komissiyadan qabul qilib olgan M.Dehqonov shu uyda 16 yil tinchgina yashab, talabalarga saboq berib keldi.

2013 yilning iyun oyida A.Mamatov degan notanish shaxs Madaminjon Dehqonovga uchrashib, u yashab turgan uyni 1997 yilda Buvaxodjayev Numonjondan tilxat asosida sotib olganini, 2013 yil 20 mayda Namangan shahar 6-davlat notarial idorasida tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi asosida uyga egalik huquqini qolga kiritganini, uyni boshatib berishini talab qiladi.

Madaminjon Dehqonov uyning barcha hujjatlari ozining qolida ekanini, ularsiz oldi-sotdi qilish mumkin emasligini aytadi. Buning ustiga, uy institut balansida. Bu masalani institut rahbariyati hal qiladi, deydi. Shundan keyin A.Mamatov M.Dehqonovni uydan majburiy kochirish, moddiy va manaviy zararlarini undirib berish haqida sudga davo ariza bilan murojaat qiladi. 2013 yil 4 sentabrda Fuqarolik ishlari boyicha Namangan tumanlararo sudi sudyasi O.Turdiyev Hilol firmasi boshligi I.Nematullayev egalik huquqi bolmagan mulkni institutga qonunda belgilangan tartibda tuzilmagan, notarius tasdiqlamagan shartnoma asosida sotgani, sotib olingan uy davlat royxatidan otkazilmaganini asos qilib M.Dehqonovni yashab turgan uyidan majburan kochirish haqida hal qiluv qarorini chiqaradi.

Shundan keyin Namangan muhandislik texnologiya instituti mazkur xonadonning oldingi egasi N.Buvaxodjayev, A.Mamatov hamda Namangan shahar 6-davlat notarial idorasining shu ish boyicha oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish haqida sudga davo arizasi kiritadi. Ish 2014 yil 27 avgustda Fuqarolik ishlari boyicha Namangan tumanlararo sudida sudya I.Qoziboyev raisligida korib chiqiladi. Lekin negadir sudga javobgar A.Mamatov, Hilol firmasi vakili I.Nematullayevlar chaqirilmaydi. Davogar – institut vakilining bu shaxslarni sudga chaqirish haqidagi talabi inobatga olinmaydi.

2014 yil 27 avgustda Fuqarolik ishlari boyicha Namangan tumanlararo sudida ishtirok etgan uy egasi N.Buvaxodjayev: Uyni 17-18 yil avval Mamatov Abdulmajidxonga tilxat orqali sotganman. A.Mamatov Fargonaga ketadigan bolib, uni bir shaxsga sotmoqchi bolib, zaklad olgan. Xotini janjal qilganidan keyin uyni Hilol firmasiga sotgan. Hilol firmasi institutga sotgan. 2013 yilda A.Mamatov bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzganmiz, — deb korsatma bergan. Shu tariqa ish hatto sudda qatnashishni oziga ep kormagan A.Mamatov foydasiga hal etiladi. Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2015 yil 15 yanvardagi ajrimi bilan sudning bu hal qiluv qarori ozgarishsiz qoldiriladi.

Xosh, bu nizoli xonadon aslida kimniki va nima uchun bunchalik talashuv-tortishuvlarga sabab bolmoqda?

Namangan shahar 1-kichik daha 65-uyning 38- va 58-xonadoni N.Buvaxodjayevga tegishli bolib, A.Mamatovning Fuqarolik ishlari boyicha Namangan tumanlararo sudiga bergan davo arizasining 1-bandida: ?8-xonadonni N.Buvaxodjayevdan 1997 yilda tilxat orqali sotib oldim, deyilgan. 2013 yil 20 mayda Namangan shahar 6-davlat notarial idorasida tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasining 3-bandida esa Uy 2007 yil berilgan 38450-sonli davlat orderiga asosan N.Buvaxodjayevga tegishli, deb korsatilgan. Bu mantiqsizlik emasmi?

65-uy 58-xonadonga egalik huquqini beruvchi 4092-sonli davlat orderi Davlat mulkini boshqarish davlat qomitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 22.04.1993 yilda N.Buvaxodjayevga berilgan. Unda N.Buvaxodjayevga 2007 yilda berilgan 38450-sonli davlat orderi qayerdan kelib qoldi?

Namangan haqiqati gazetasining 2007 yil 8 avgustdagi 64- sonida ?993 yilda N.Buvaxodjayevga berilgan 65-uy 58-xonadonining hujjatlari (4092- sonli davlat orderi) 2006 yil 13 mayda yuz bergan yongin natijasida yonib ketgani uchun bekor qilinadi degan mazmunda elon beriladi. 2007 yil 10 avgustda (etibor bering, gazetada elon qilinganidan bir kun otib!) Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qomitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan N.Buvaxodjayevga 65-uy 58-xonadon uchun yangidan 38450 raqamli davlat orderi beriladi!

Aslida esa, FPKning 283-, 284-moddalari talabiga kora, uyga egalik qilish huquqini beradigan yangi order va boshqa tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olish yoki tiklashning imkoni bolmagan taqdirda, fuqaroga bu hujjatlar sudning hal qiluv qarori asosida beriladi. Uyini 1997 yilda A.Mamatovga sotgan N.Buvaxodjayevga Qomita mutasaddilari tomonidan sudning hal qiluv qarorisiz 2007 yilda yangi order yozib berilishi kishida shubha uygotadi.

Qonun boyicha, yongin ofati sodir bolgan xonadon sohibiga yongin nazorati mahkamasi tuzgan dalolatnoma asosida orderning dublikati berilishi kerak edi. Lekin eng qizigi, 65-uy 58-xonadonga tegishli, egalik huquqini beruvchi 4092-sonli davlat orderi yonib ketmagan, u talabalarga dars berib yurgan Madaminjon Dehqonovning qolida edi! Bundan tashqari, yangidan berilgan 38450 raqamli order N.Buvaxodjayevga tegishli ikkinchi xonadon, yani, 65-uyda joylashgan 38-xonadonga egalik qilish huquqi sifatida berilgan.

Namangan shahar ErmulkkadastrDUK boshligi A. Hojiyev tomonidan 2013 yil 10 iyunda tasdiqlangan 01/1920-raqamli malumotnomada: Namangan shahar kichik nohiya, 65-uy, 38-xonadon boyicha 2007 yil 10 avgustdagi 38450-sonli davlat orderiga asosan fuqaro Buvaxodjayev Numon Rahmatullaxodjayevich nomiga kadastr hujjati tayyorlangan. 2013 yil 20 mayda Namangan shahar 6-son davlat notarial idorasining 2476-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro Mamatov Abdulmajidxon Toshtillayevich nomiga kadastr hujjati tayyorlangan. 1-kichik nohiya 65-uy, 38-xonadon 5 xonadan iborat. Yashash maydoni 58,66 kv.m., foydali maydoni 93,78 kv.m., inventar narxi 2956244 somni tashkil qiladi, deb togri korsatilgan.

2007 yilda yangidan berilgan 38450 raqamli order asosida Namangan shahar kadastr xizmati DUK tomonidan 38-xonadon (58-emas!) N.Buvaxodjayev nomiga kadastr hujjati rasmiylashtiriladi. U qolida tegishli order, kadastr hujjati bolmagani holda 58-xonadon boyicha A.Mamatov bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi va uni tasdiqlatish uchun Namangan shahar 6-sonli davlat notarial idorasiga boradi.

Bu shartnomada Namangan shahar 1-kichik daha 65-uydagi (raqamlarga etibor qarating!) yashash maydoni 58,9 kv.m., foydali maydoni 88,8 kv.m bolgan 58-xonadon oldi-sotdisi aks ettirilgan.

2013 yilning 20 may kuni notarius B.Tursunqulov hujjatdagi uy raqamlarini etiborga olmasdan (notarius bunday holatlarni etiborga olmasligi mumkin emas!) shartnomani tasdiqlab, 10 kun muddat ichida uni kadastr royxatidan otkazish shartligini takidlaydi.

Notarius tasdiqlagan shartnomaning 5-bandida: Ushbu shartnomaga qadar kvartira hech kimga sotilmagan, nizoda bolmagan, garovga qoyilmagan va birovga otkazilishi taqiqlanmagan, deyilgan.

Sudda javobgar sifatida qatnashgan Namangan shahar 6-son davlat notarial idorasi vakili Z.Muhiddinov N.Buvaxodjayev tomonidan 38-xonadon orderi va kadastr hujjati taqdim etilgan bolishiga qaramay, nima uchun notarius B.Tursunqulov 58-xonadon oldi-sotdisi boyicha tuzilgan shartnomani tasdiqlagani haqidagi savolga javob berolmaydi...

2013 yil 4 sentabrda Fuqarolik ishlari boyicha Namangan tumanlararo sudi hal qiluv qarorining, 3-sahifasida korsatilishicha, N.Buvaxodjayevga tegishli bolgan 65-uy, 58-xonadon Davlat mulkini boshqarish davlat qomitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 22.04.1993 yilda berilgan 4092-sonli davlat orderiga asosan 6-davlat notarial idorasi tomonidan 2013 yil 20 mayda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi boyicha qonunda belgilangan tartibda sotilgan emish.

Qaysi dalillarga asoslanib bunday xulosa chiqarildi? Buni texnik xato yoki etiborsizlik deyish mumkinmi?

Qonunlarimizda kochmas mulk oldi-sotdisi shartnomasida notarial shaklda royxatdan otkazish tartiblariga rioya qilinmagan bolsa, unga soxta hujjatlar asosida davogarlik qilganlarga berib yuborish mumkinligi korsatilmagan. Fuqarolik Kodeksining 112-moddasi 2-bandida: Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni tola va qisman bajargan bolsa, ikkinchi taraf esa bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi boyicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi, deyilgan.

Institut 58-xonadonni sotib olayotganida shartnomani tola bajargan. Kelishilgan summa bankka tola otkazib berilgan. Mulk oz vaqtida qabul qilib olingan. Sud esa mulkni A.Mamatov foydasiga hal qilayapti.

Yashab turgan uyidan va sevimli ishidan ayrilgan Madaminjon Dehqonov hozirgacha bu masalani adolatli hal qilish boyicha turli instansiyalarga shikoyat xati bilan murojaat qilib kelmoqda. Lekin biri ikkinchisidan farq qilmaydigan javob xatlarida firma bilan institut ortasida tuzilgan shartnoma kochmas mulk oldi-sotdisi uchun qonunda belgilangan shaklda va mazmunda tuzilmagani, notarial tartibda tasdiqlanmagani, davlat royxatidan otkazilmagani, firma nizoli uyga nisbatan egalik huquqiga ega bolmagani uchun sud qarorlariga protest keltirib bolmasligi korsatib kelinmoqda.

M.Dehqonov songgi umid bilan Respublika Oliy sudiga ariza bilan murojaat qildi. Shikoyatlar va fuqarolarni qabul qilish bolimi boshligi A.Eronov tomonidan 2016 yil 27 oktabr kuni imzolangan javob xatida davlat boji tolanmagani uchun bu shikoyat harakatsiz qoldirilgani bildirilgan. M.Dehqonov davlat bojining 50 foizini tolagan taqdirda Oliy sudga qayta murojaat qilishi mumkin ekan. M.Dehqonov ilm kishisi, jojabirday jon, butun umr institutdan olgan maoshi bilan yashagan, hozirgacha hatto velosiped ham ololmagan. Biroq qonun qonunda. Nizoli uyning bahosi esataxminan 150 million deb belgilangan taqdirda ham M.Dehqonov bergan shikoyatini harakatga keltirish uchun dastlab 15 million som, keyin yana 15 million som davlat boji tolashi kerak ekan. U buncha pulni qayerdan oladi? Kochada qolgan keksa olim shu haqda oylamoqda, lekin oyining oxiriga yetolmayapti...

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: