O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
16.07.2019

MARHAMAT OBOD BOLMOQDA

Andijon viloyatining Marhamat tumanida «Obod qishloq» hamda Obod tuman markazi dasturlari doirasida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun Marhamatda bolayotgan ozgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi. Aytish joizki, keyingi bir necha oy ichida tumanning, ayniqsa, tuman markazining korinishi butunlay ozgarib ketdi. Koplab yangi savdo, xizmat korsatish shoxobchalari, turar joy binolari, keng va ravon yollar, xiyobonlar bunyod etilib, tuman qiyofasiga ozgacha kork bagishlamoqda.

Obod qishloq dasturi doirasida joriy yilda tumanda keng kolamli qurilish, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Qovunchi, Qoraqorgon, Bozorboshi mahallalarida 25 milliard, shuningdek, Obod tuman markazi dasturi asosida Navroz, Mingtepa, Ozbekiston, Turon, Guliston, Dukchi Eshon mahallalarida 772 milliard somdan ziyod hajmdagi qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Belgilangan ishlarni bajarishda nafaqat marhamatliklar, balki viloyatdagi kop korxona va tashkilotlar vakillari, qoshni tumanlardan hasharga kelgan quruvchilar, yolsozlar jonbozlik korsatib mehnat qilmoqda.

Asaka — Marhamat magistral yolining tuman hududiga kiruvchi 15 kilometr masofasida yolsozlar kunning jaziramasiga qaramasdan astoydil ish olib bormoqda.

Korxonamiz mutaxassislari tomonidan magistral yolning 1 kilometr masofasi kengaytirilib, shagal yotqizilib, asfalt bilan qoplanmoqda, deydi Shahrixon avtomobil yollaridan foydalanish unitar korxonasi rahbari Mirzohid Nurmatov. Yolning chetlariga lotoklar yotqizilib, piyodalar uchun yolakchalar ham qurilmoqda. Bu ishlar nafaqat avtomobil haydovchilari, balki piyodalar uchun ham katta qulayliklar yaratadi.

Umuman, yuqoridagi dasturlar doirasida tuman hududidagi qariyb 60,3 kilometr uzunlikdagi yollarda qurilish, ta’mirlash, asfaltlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan bolib, ayni kunga qadar 24,6 kilometr yolga shagal yotqizildi, 16,2 kilometri asfaltlandi. Yol chetlariga 840 dona beton lotok ornatildi.


Bundan tashqari, dasturlar asosida hamda mahalliy byudjet mablaglari hisobiga 92 kilometr masofaga yangi suv tarmogi tortilishi, 7 ta suv qudugini tamirlash ishlari belgilangan bolsa, shu kunga qadar 69 kilometrga yangi suv tarmogi tortilib, 3 ta ichimlik suvi qudugi tamirlandi. Shuningdek, 10,8 kilometr oqova suv tarmogi tortish, yangi oqova suv tozalash inshootini barpo etish boyicha ishlar olib borilmoqda, Karkidon suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinmoqda.

Kochamizda asosan yosh oilalar yashaydi, deydi Navroz mahallasi, Alpomish kochasida yashovchi Rahima Ahmadaliyeva. Ichimlik suvi masalasi bizni ancha qiynardi, bir necha naridagi kochadan tashib olib kelinardi. Ayniqsa, men kabi yosh bolali ayollar qiynalardi. Mana, qisqa vaqt ichida kochamizga ichimlik suvi keltirildi. Bundan behad mamnunmiz.

Joriy yilda 13,7 kilometr masofaga yangi gaz tarmogi tortish, 1,2 kilometrda demontaj ishlari, 7 ta gaz taqsimlash punktini tamirlash rejalashtirilgan. Ayni kunga qadar qariyb 20 kilometr masofadagi tarmoq yangilandi, demontaj ishlari bajarildi, 10 ta gaz taqsimlash punkti tamirlandi. Tabiiy gaz yetib bormagan kochalar aholisini suyultirilgan gaz bilan taminlash maqsadida shu yilning otgan davrida 252 ta xonadonga gaz ballonlari yetkazib berildi. Bu boradagi ishlar yana davom ettirilmoqda.

Keyingi ikki yil ichida amalga oshirilgan ishlar natijasida tumanda elektr energiyasi taminoti tubdan yaxshilandi. Elektr taminotidagi uzilishlarga barham berildi.

Joriy yilda birgina Obod tuman markazi dasturi asosida 492 ta simyogochni betonli ustunlarga almashtirish, 12,5 kilometr masofadagi elektr liniyalarini qoplamali kabellarga almashtirish ishlari bajarilib, 4 ta yangi transformator ornatildi.

Kochamiz qishda loy, yozda chang, tuproq bolardi, deydi Qovunchi mahallasi Oltin meros kochasida yashovchi uy bekasi Shoiraxon Mamayeva. Kochamiz shagallandi, ichimlik suvi keltirildi. Ayniqsa, kochamizdagi shamol bolsa, egilib turadigan simyogochlar betonlisiga almashtirilib, kabelli simlar tortilganidan xursandmiz.

Dasturlar amalga oshirilayotgan qaysi mahalla, kochaga bormaylik, bolayotgan ishlardan odamlarning mamnunligini kordik. Obod joyga mehmonlar kop keladi. Hududga sayyohlar oqimining ortishi esa iqtisodiyotning rivojiga tasirini korsatishi tabiiy.


Boboxuroson mahallasida yashovchi ozbek sirki, dorbozlik sanatining ustalaridan biri Yunusali ota Goziyevning xonadonida boldik. Otaxon nafaqaga chiqqach, el xizmatidan ortib, nafaqat xonadonini, balki uyi yonidan oqib otuvchi zax suv oqadigan ariq boylarini jannatmonand bogga, dam olish maskaniga aylantirdi. Bu yerdagi mevali, manzarali daraxtlar, gullar har qanday kishining havasini keltiradi. Dam oluvchilar uchun esa barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, tibbiyot xonasida kerak boladigan dori-darmonlar bor, voleybol hamda mashgulotlar maydonlari esa bolajonlar bilan gavjum.

Ushbu maskanda aholiga yanada kengroq qulaylik yaratish, ichki turizmni rivojlantirishga komaklashish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan umumiy qiymati 30 million som bolgan sanitariya-gigiyena maskani qurib berildi.

Xonadon ortasiga esa dor tikilgan. Otaxon rahbarligidagi Andijon samosi oilaviy dorbozlar guruhi oz tomoshalari bilan dam oluvchilarni xushnud etadi.

Ketish chogida ushbu dam olish maskani faxriy mehmonlari ozlarining dil sozlarini yozib qoldirgan kattagina daftarga koz yugurtirdik. Qancha-qancha nufuzli mehmonlar, sanatkorlar, Qirgiziston, Tojikiston, Rossiya, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Polsha singari xorijlik sayyohlarning dil sozlarini kordik.

Bir necha kun avval viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov turizmni rivojlantirishga qoshayotgan hissasi, umrining salmoqli qismini mana shunday xayrli ishlarga bagishlagani uchun Yunusali ota Goziyevga Spark avtomashinasi sovga qilgani otaning kop yillik ezgu ishlariga berilgan munosib baho boldi.

Marhamat tumanida turizmni rivojlantirish borasida ham etiborga molik ishlar olib borilmoqda. Malumki, tumanda Mingtepa arxeologik yodgorligi joylashgan.


Xalqimizning kohna tarixini aks ettiruvchi Mingtepa yodgorligi nafaqat yurtimiz, balki xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uygotmoqda, deydi Mingtepa madaniy meros jamoat fondi rahbari Ortiqali Husanov. Mingtepa xarobalari xalqimizning qadim tarixi haqida koplab malumotlarni beradi.

Xitoylik va ozbekistonlik olimlar tomonidan olib borilgan qazishmalar chogida topilgan noyob osori atiqalar qimmatli ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega. Ana shuni hisobga olib, turistlarni jalb etish maqsadida ochiq osmon ostidagi Mingtepa muzeyini tashkil etish boyicha ham ishlar olib borilmoqda.

Yurtimiz obodligi, xalqimiz turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlardan tuman ahli behad xursand. Bu yerda kim bilan suhbatlashmaylik, ularning qalbida ozod va obod yurtga bolgan mehr, uning yuksalib, yanada taraqqiy etib borayotganidan faxr-iftixor tuygulari josh urayotganligiga guvoh boldik.

Faxriddin UBAYDULLAYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: