O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
16.07.2019

OZBEKISTONNI SOGINAMIZ

Semyuel MAZERS, Prinston universiteti, AQSh:

— Bu yozda men professorlar Farhod Eshmatov va Rustam Turdiboyev rahbarligida ilmiy ish olib boryapman. Bizninng guruhimizda yana bir nafar amerikalik bitiruvchi kurs talabasi va bir nafar o‘zbekistonlik ilmiy izlanuvchi bor. Biz ilmiy ishimizda Salogero-Moserning turli xil mutanosibligini butunlay algebraik konteksda organib chiqyapmiz. Dastlab metematik fizikadagi masaladan ilhomlangan holda matematik fizika uslubidan foydalanib oldin isbotlangan natijalarni qayta takrorlashni va uni kengaytirishni niyat qilganmiz.

Tadqiqotlarimizni Matematika institutidagi tajribali hamroh izlanuvchilar bilan birga olib borayotganimizdan juda ham mamnunmiz. Ozbekistonlik ustozlarimiz ilmiy ishimiz mavzusi bilan tanishtirib, Salogero-Moser modelining mukammalligini va uning boshqa sohalar bilan bogliqligini tushunmasdan ham bu ilmiy ishga oz hissamizni qoshadigan darajagacha muammoni osonlashtirib berdi.

Matematika institutidagi barcha professor va talabalar juda ochiqkongil ekan. Men Ozbekistonga kelishdan avval moslashib ketishim qiyin bolsa kerak, deb oylagandim. Lekin yangi muhitga moslashishim men oylagandan ancha silliq otdi. Haqiqatda men ikki tomonlama ham matematikada, ham oddiy hayotda katta tajribaga ega boldim. Bu yerdagi bir martalik dasturimizni oz ichiga olgan 3 hafta yakuniga yetgach, albatta Ozbekistonni soginamiz.

Jakob KESTEN, Rays universiteti, AQSh:

Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Matematika institutida bir oydan ziyodroq vaqt davomida matematika tadqiqotlari bilan shugullanmoqdaman. Ozbekistonlik buyuk matematik Farhod Eshmatov bilan ishlash, matematika va algebraik geometriya sohasi haqida koproq ma’lumotga ega bolish meni juda quvontiradi. Olimning kirish darslari goyatda qiziqarli boldi. Professorlar Farhod Eshmatov, Rustam Turdiboyev va doktorantlar bilan loyiha ustida ish olib borarkanman, institutda hamkorlik va dostona muhitni his qildim. Har bir inson birgalikda ishlash va bir-biriga yordam berishga tayyor, chunki har bir kishi bajariladigan ishni tushunishi taminlanadi va hech kim orqada qolmaydi. Ushbu muhit tadqiqot va tajriba uchun juda qulay bolib, matematikani yanada qiziqarli va hayajonli organishda yordam beradi. Madaniy jihatdan, Toshkentda yashash katta tajriba boldi. Ozbek oilasida biz xalqingizga xos bolgan urf-odat va ananalarni organdik. Shaharning chiroyli binolari va diqqatga sazovor joylarini korish imkoniga ega boldik. Shuningdek, biz Ozbekistonda yangi odamlar, joylar va goyalar bilan tanishdik. Bu yerda oqish juda ajoyib tajriba boldi va kelgusi uch haftani sekinroq otishini istayman.

Shahboz SAIDOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: